Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
Akrobatik mashqlar: Oldga yumalash harakatlariga o‗rgatish. O‗tirgan
holda qo‗llarga tayanib, oyoqlarni ko‗tarib, tana og‗irligini qo‗llarga o‗tkazish, boshni egish va oldga tamon bosh, bo‗yin va kuraklarni tekizib yumalash. YUmalashni yakunlab, qo‗llar bilan tizzadan tutib, oyoqlarga o‗tirish. Orqaga yumalashda o‗tirgan holdan oldga bukilgan holda orqaga ketish, bunda dastlab orqaga o‗tirish, oyoqlarga depsinib, qo‗llarga tayanib bel, kurak, bo‗yin va bosh tegib orqaga yumalashni yakunlash va dastlabki holatga qaytish. Kuraklarda tik turish uchun orqaga yumalash harakatini bajarishda yumalash holati kurakka kelganda to‗xtash, qo‗llar belga tayanib muvozanatni saqlash, oyoqlarni juft qilib, tizzalarda to‗g‗ri qilib tik holda baland ko‗tarish. Kurakda turish harakati bir necha soniya bo‗ladi, so‗ng orqaga dastlabki holatga qaytish 155 yoki oldga yumalashni bajarish mumkin. Harakatni dastlabki o‗rganish bosqichida murabbiy yoki talabalar ko‗maklashishi kerak. Boshda tik turish uchun daslabki holat yarim o‗tirgan holda bo‗lib qo‗llar oldga qo‗yiladi, so‗ng bosh erga qo‗yilib qo‗llarga tanyagan holda gavda tiklanadi. Gavda tiklangach oyoqlar juft holda qilinib, tizzalarda to‗g‗rilanadi. Boshda turish harakati bir necha soniya bo‗ladi, so‗ng orqaga dastlabki holatga qaytish yoki oldga yumalashni bajarish mumkin. Harakatni dastlabki o‗rganish bosqichida murabbiy yoki talabalar ko‗maklashishi kerak. Oldga va orqaga yumalashlar yakunida oyoqlarni keng yozib o‗tirish harakatlariga o‗rgatish. YUmalash oddiy yumalash harkatlari kabi bajariladi. Oldga va orqaga yumalashlarning yakuniy bosqichida oyoqlarni keng yozish va qo‗llarga tayanib o‗tirish harakatlarini bajariladi. Uzun yumalash harakati yarim o‗tirgan va tik turgan holda bajariladi. Uzun yumalash harakati oddiy va sakrab amalga oshirish mumkin. Oddiy yumalashda yarim o‗tirgan holda qo‗llar oldga cho‗zilgan, oyoqlarga depsinib iloji boricha oldinga tashlanadi. Dastlab qo‗larga tayaniladi so‗ng bosh, bo‗yin va kuraklar tegib yumalash harakati amalga oshiriladi. yumalash harakati oyoqlar juft holda, tizzalarda bukilgan va qo‗llar bilan tizzlar ushlab olingan holda o‗tirish bilan yakunlanadi. Sakrab yumalashda harakat sakrash va oldga tashlanipsh bilan boshlansada qolgan haraatlar oddiy yumalash kabi takrorlanadi. ―CHarxpalak‖ aylanishi mashqini bajarishga o‗rgatishda dastlabki holat tik turish, oyoqlar elka kengligida, qo‗llar tepaga uzatilgan bo‗ladi. Mashqni o‗ng tamonga bajarishda dastlab o‗ng oyoq yon tamonga qo‗yiladi, yon tamonga gavda egilib qo‗llar navbat bilan erga qo‗yiladi. Dastlab o‗ng qo‗l so‗ng chap qo‗l qo‗yiladi, shu vaqtda oyoqlarga depsinilib tana holati teskarisiga vertikal holatga keladi. Mashq yakunida chap oyoq birinchi erga qo‗yilib so‗ng o‗ng oyoq yoniga qo‗yiladi. Mashqni bajarishda tana holati charxpalak shaklida aylanadi. Mashqni tez va sekin bajarish mumkin. Mashqni bajarish faqat yon tamonlama amalga oshirilib oyoqlarga qo‗nishda ham tana yon tamonlama holatga kelishi kerak. «Ko‗prik» yasash usuliga o‗rgatishda orqa bilan yotib, oyoqlar elka 156 kengligida tizzalardan bukilgan, qo‗llar bosh ortida chig‗anlardan bukilgan bo‗ladi. Qo‗llar va oyoqlarga tanyangan holda gavda va bel, tos son qismi ko‗tariladi, shu vaqttda qo‗l va oyoqlar ham ichkariga tortilib boradi. Gavda baland ko‗tarilish bilan u ko‗prik shakliga keltiriladi. Tik holdan ko‗prik yasash uchun oyoqlar elka kengligida turish, qo‗llar bosh ortidan tepaga uzatish kerak. Sekin asta orqaga egilish bolanadi, bunda bosh ichkariga tortilib egiladi dastlab qo‗llar erga tegadi. Tik holda ko‗prik yasash mashqini o‗rganishning dastlabki bosiqichida murabbiy yoki talabalar ko‗maklashishi kerak. Talabalarning jismoniy tayyorgarliklari yuqori darajada bo‗lishi va akrobatika mashqlarini bajarishga jismoniy qobiliyatlari etarli darajada shakllanishi natijasida qo‗shimcha bir oz murakkab akrobatik mashqlarni o‗rgatish mumkin. Bu mashqlardan ―Rondat, oldga qo‗l va bosh yordamida aylanish, orqaga sal‘to, teskari shaklda yumalashlar va boshqa‖ harakatlar malaka va ko‗nikmalarini shakllantirish tavsiya etiladi. Suzish mashqlariga o‗rgatishda sog‗likni mustahkamlash, chiniqtirish, gigienik qoidalarga o‗rgatish, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, suvda o‗zini tuta olish harakatlariga, sport suzish usullari texnikasiga o‗rgatish, suvda suzishda havfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda amaliy suzish usullari va cho‗kishda birinchi yordam berish qoidalariga o‗rgatish masalalari hal etiladi. Suzish harakatlariga o‗rgatishda suvning xususiyatlari, suzish usullari xaqida tushunchalar shakllantiriladi. SHuningdek sport suzish usullari texknikasining asoslariga o‗rgatish va ularni mashg‗ulotlar jarayonlarida takomillashtirib borish tashkil etiladi. Suzish mashg‗ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlar shug‗ullanuvchilar jismoniy fazilatlarini rivojlantirish bilan birga suzish usullari texnikasiga o‗rgatishni ta‘minlaydi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar quruqlikda ham suvda ham bajariladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling