Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


YUgurib kelib balandlikka sakrash


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

YUgurib kelib balandlikka sakrash: oliy ta‘lim muassasalari talabalari bilan 
asosan balandlikka sakrashning hatlab o‗tish usuli keng qo‗llaniladi. YUgurib 
kelish plankaga nisbatan 30-45° burchak ostida bo‗ladi. Depsinish joyi planka 
ostidan 70-80 sm uzoqlikda bo‗lishi mumkin. 30-40 m masofadan yugurib kelib 
sakrovchi planka ustidan hatlab o‗tish harakati bilan sakraydi. Sakrash yugurib 
kelish, depsinish, oyoqlar va qo‗llar hamda gavda harakati va tushish 
bosqichlaridan iborat bo‗ladi. YUgurib kelishdan so‗ng depsinish harakati 
bajariladi. Gavda tik holda bo‗lib siltanuvchi oyoq baland ko‗tariladi va planka 
ustidan olib o‗tiladi. Qo‗llar harakati ham baland ko‗tarilgan bo‗lib, gavdani 
planka ustidan olib o‗tishga yordam beradi. Bunda depsinuvchi oyoq ham 


151 
harakatni davom ettirib, palanka ustidan o‗tadi va sakrash harakatini yakunlaydi. 
Sakrashda qo‗lning siltash harakati va gavdani oldga olib o‗tish hamda tos bel 
qismini baland ko‗tarishga yordam beradi. 
YUgurib kelib uzunlikka sakrash: talabalar bilan jismoniy tarbiya 
darslarida asosan yugurib kelib uzunlikka sakrashning oyoqlarni bukib sakrash 
usuli keng qo‗llaniladi. YUgurib kelib uzunlikka sakrashning asosiy talablari katta 
tezlikda yugrib kelish, belgilangan joyga depsinish oyog‗ini to‗g‗ri qo‗yish hamda 
kuch bilan depsinish, uchish jarayonlarida oyoqlarni baland ko‗tarish va oldga 
engashgan holda qo‗nish hisoblanadi. YUgurib kelish boshlang‗ich tezlanishni 
olish va depsinish joyiga katta tezlikda kelib tayanch oyoqni belgilangan joyga 
to‗g‗ri qo‗yishdan iborat. Depsinishda qadam to‗liq bosiladi yoki tovondan 
depsinish boshlanadi. Tayanch oyoq bilan depsinilgandan so‗ng navbatdagi oyoq 
keng yozilib oldga balandga tashlanadi. Bunda qo‗llar siltanish va keng quloch 
yozish bilan yordam beradi. Uchish jarayonida depsinish oyoq tashlangan oyoq 
darajasida baland ko‗tariladi. Gavda bir oz oldga egilib tana og‗irligi oldga 
yo‗naltiriladi. Qo‗nishda gavda oldga yo‗naltiriladi, qo‗llar esa bu harakatga 
ko‗maklashadi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling