Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Granata va to‘p uloqtirish


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Granata va to‘p uloqtirish: talabalar bilan asosan granata va to‗p uloqtirish 
mashqlariga o‗rgatish tashkil etiladi. Uloqtirish harakatlari yugurib kelish
uloqtirish harakati va to‗xtash harakatlaridan iborat bo‗ladi. Granata dastagidan 
ushlashda katta barmoq yuqorida, kichik barmoq esa ostida bo‗ladi. Granata 
uloqtiruvchi qo‗l barmoqlari bilan o‗rtacha kuch bilan siqib ushlanadi. To‗pni 
ushlashda barcha barmoqlar to‗pni atrofini to‗liq o‗rab olib ushlanadi. Granata 
uloqtirishda dastlab qaychisimon yuguriladi. YUgurish uzunligi ixtiyoriy bo‗lib 5-
10 m atrofida bo‗lish mumkin. YUgurish harakati belgilangan chiziqqa qadar 
bo‗ladi. YUgurish davomida granata tutgan qo‗l orqadan ko‗tarilib elka darajada 
bo‗ladi. Oxirgi uch qadamda granata tugan qo‗l chig‗andan bukilib bosh ortidan 
ko‗tarilib siltash bilan uloqtiriladi. Bu vaqtda uloqtirish qo‗l tamondagi tayanch 
oyoq belgilangan chiziqqacha kelishi mumkin. Uloqtirish harakati tepaga va oldga 
bajariladi. To‗pni uzoqqa uloqtirishda ham uloqtirish harakati shunday bajariladi. 


152 
To‗pni nishonga uloqtirish esa joydan turib bajariladi. Bunda nishonni mo‗ljalga 
aniq olish imkoniyati bo‗ladi. 
Gimnastika mashqlari talabalarni sog‗lom va jismoniy rivojlangan qilib 
tarbiyalash bilan birga gimnastika mashqlari texnikasiga o‗rgatishni ta‘minlaydi. 
Gimnastika mashqlari harakat malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishga
jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga hamda talabalar axloqiy, ruhiy iroda 
sifatlarini tarbiyalashga katta yordam beradi. SHu bilan birga gimnastika 
mashqlari sog‗lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish bilan hayotiy zarur 
harakatlar yugurish, yurish, uloqtirish, sakrash, tirmashib chiqish, oshib o‗tish, 
tayanish va osilish harakatlarini o‗rgatishga ham asos bo‗ladi. Gimnastika 
mashqlarini o‗rgatishda jixozlar, asboblar keng foydalaniladi. 
Saf mashqlari: saflanish, qatorlar, qismlar, bo‗limlarga saflanish,
distantsiya, oraliq, boshlovchi, yakunlovchi vazifalaridan iborat bo‗ladi. 
Saflanishlarda ―saflan, tekislan, rostlan, erkin, hisob, qadam bos, joyda, to‗xta, 
bekor, tarqal, yozil, birlash‖ buyruqlarini bajarish o‗rgatiladi. Sanoq sanash, o‗nga 
va chapga, orqaga burilishlar, bir, ikki va ko‗p qatorlarga saflanishlar tashkil 
etiladi. Harakatlanishlar yurish va yugurish harakatlari, sanoq bilan yurish, keng 
qadam, kalta qadam, tez qadam, sekin qadam, yarim qadam, to‗liq qadam tashlash 
qoidalari o‗rgatiladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling