150
avtomobil shosselarida hamda dala va o‗rmonlarda
kross yugurishlari bilan
shug‗ullaniladi.
Kross – yugurishlar tabiat qo‗ynida dala va dashtlar, o‗rmonlar va tog‗
yonbag‗irlarida hamda avtomobil shosselarida bajariladi. Bunda tabiiy to‗siqlar
chuqurliklar, soy va anhorlar, irmoqlar, do‗ngliklar, daraxtzorlar, qumloq, toshloq
va botqoq yo‗llar uchraydi. Kross yugurishlari mustaqil sport turi bo‗lishi bilan
birga uzoq masofaga yuguruvchilarning umumiy va maxsus chidamliligini
rivojlantirishga katta yordam berish vositasi bo‗lib hisoblanadi.
Estafeta yugurishlar stadionda aylana bo‗ylab yugurish bilan bajariladi.
4x100, 4x200 m., masofalarga estafeta yugurishlari stadionning yugurish
yo‗lkalarida o‗tkaziladi. Boshqa shakldagi estafetalar esa umumiy yo‗lkalarda
o‗tkazish ham mumkin. Estafetaning birinchi bosqichda
yugurish past startdan
boshlanadi. YUguruvchi estafeta dastagini o‗ng qo‗lda tutib yuguradi. Navbatdagi
bosqichda yuguruvchilar sherigini belgilangan joyda kutib oladilar.
Estafeta
dastagini berish yuqori tezlikda bo‗lishi kerak. Uni berish uchun 20 m.,li zona
ajratilgan bo‗ladi. Bu zonaning 10 m birinchi bosqichining yakunida bo‗lsa, 10 m
ikkinchi bosqichning dastlabki masofalarini o‗z ichiga oladi. Estafeta
yugurishlarining asosiy vazifasi estafeta dastagini yugurish tezligini pasaytirmay
sherigiga
berishdan iborat, shuning uchun 20 m.,li zona ichida estafeta dastagini
berish davrida yugurish tezligi pasaymasligiga erishish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: