Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
O‘yin hisobi. Tomonlardan birortasi xatoga yo‗l qo‗ysa, bitta ochko
yutqazadi. Tomonlardan birining ochkosi 11 ga etsa va shu bilan birga bu ochko raqib tomon ochkolaridan kamida ikki ochko ortiq bo‗lsa, shu tomon partiyani yutgan hisoblanadi. Hisob 10 tadan bo‗lib qolsa, o‗yin to raqiblarning bittasi ikkinchisidan ikki ochkoga o‗zib ketmagunga qadar davom ettirilaveradi. Uchrashuvlar uch yoki besh partiyadan iborat bo‗ladi. Tomonlardan biri uch partiyadan ikkitasini yoki besh partiyadan uchtasini yutsa, uchrashuv tamom bo‗lgan hisoblanadi. YAkkama-yakka o‗yinda har ikki ochko o‗ynalib bo‗lgandan keyin koptok uzatgan o‗yinchi qabul qiluvchi, koptok qabul qilgan o‗yinchi esa uzatuvchi bo‗lib qoladi. Hisob 10 tadan bo‗lgandan keyin uzatish navbati har bir ochko sari almashinib turadi. Har bir partiyadan keyin o‗yinchilar tomonlarini va uzatish navbatini almashtiradilar. Juftlik uchrashuvlarga bir qancha qo‗shimcha qoidalar kiritiladi. Uzatilgan koptok avval uzatuvchilar stolining o‗ng yarmiga yoki o‗rta chizig‗iga tegishi kerak. Aks holda uzatuvchi tomon ochko yutqizgan hisoblanadi. Juftlik o‗yinda sheriklar orasida o‗rnatilgan qabul qilish va uzatish tartiblariga jiddiy rioya qilinishi zarur. Uzatilgandan keyin qabul qiluvchi tomonidan qaytarilgan koptokni uzatuvchining sherigi va nihoyat, uzatuvchining o‗zi qaytaradi. Bundan keyin koptokni har qaysi o‗yinchi shu ko‗rsatilgan tartibda navbat bilan qaytaraveradi. Koptokni navbatsiz qaytargan tomon ochko yutqizgan 146 hisoblanadi. Partiyani boshlaydigan juft sheriklardan qay biri koptokni avval uzatishni, so‗ngra esa qabul qiluvchi juft koptokni kim birinchi qabul qilishini kelishib oladi. Juftlik o‗yinda ham har ikki ochko o‗ynalgandan keyin koptok uzatadi, koptok uzatgan o‗yinchining sherigi esa koptok qabul qiladi. Hisob 10 tadan bo‗lib qolgan hollarda uzatish navbati har bir ochko o‗ynalgandan keyin bir tomondan ikkinchi tomonga o‗tib turadi va mos ravishda uzatgan o‗yinchi bilan uning sherigi o‗rinlarini almashtirib turadilar. Hal qiluvchi partiyada juftlardan biri 5 ochko olgandan keyin tomonlar almashtirilayotganda shu partiyada birinchi bo‗lib koptok uzatgan o‗yinchilar o‗z hoxishiga qarab, ular shu paytda koptok uzatishi yoki qabul qilishiga qaramasdan, o‗zaro o‗rinlarini almashtirishga yoki o‗zraqiblaridan o‗zaro o‗rinlarini almashtirilishlarini talab etishga haqli bo‗ladi. Koptok uzatishda yoki uzatilgan koptokni qabul qilishda navbatni buzgan tomon ochko yutqizadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling