Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Uzatish. Stol tennisida o‗yin koptok uzatish, ya‘ni koptokni o‗yinga kiritish 
bilan boshlanadi. Uzatuvchi stolning orqa chizig‗idan tashqarida turishi va koptok 
stolning raqibga qarashli tomoniga tushishi kerak. Quyidagi hollarda koptok 
noto‗g‗ri uzatilgan hisoblanadi va uzatuvchi ochko yutqazadi: 
koptok stol ustida uzatilsa; 
koptok yuqoriga tashlanmasa yoki noto‗g‗ri tashlansa;
uzatayotgan o‗yinchi uzatish uchun tashlagan koptokni qaytib ushlab olsa 
yoki urmoqchi bo‗lib, ura olmay qolsa
uzatilgan koptok raqib tomonga tushmasa; 
o‗yinchi koptokni yurib borayotib uzatsa. 
Agar to‗g‗ri uzatilgan koptok raqib tomonga tushayotib, to‗rga yoki uning 
ustunchasiga tegib ketsa, koptok yana qaytadan uzatiladi.
Ochko o‘ynash. Ochko o‗ynash koptok uzatilgan paytdan boshlanib 
tomonlardan biri ochko yutgunga qadar davom etadi. O‗yinchi yo‗l qo‗ygan har bir 
xato uning raqibiga bir ochko keltiradi. O‗yinchi raqibi urib o‗tkazgan koptokni 
o‗z tomonidagi stoldan birinchi sakrab chiqqandan keyin raketka bilan urib 
qaytarishi lozim. Qaytarilgan koptok raqib tomonidagi stolga tegishi kerak.
Raqib tomonida stolga tekkan koptok uchib o‗tayotgan to‗rga yoki 
ustunchaga urilgan, shuningdek, ustunchaning tashqi tomonidan uchib o‗tgan 
bo‗lsa ham to‗g‗ri qaytarilgan hisoblanadi. Quyidagi hollarda o‗yinchi ochko 
yutqazadi: 
koptokni noto‗g‗ri uzatsa; 


145 
koptokni stolga tegmasdan avval uchib kelayotganda ursa;
u qaytargan koptok raqib tomonida stolga tushmasdan boshqa tomonga uchib 
ketsa; 
koptokni qaytarayotganda, uni bir martadan ortiq ursa yoki koptokni raketka 
bilan ilib, keyin irg‗itsa; 
raqib to‗g‗ri qaytargan koptokni o‗z tomonidagi stoldan birinchi marta sakrab 
chiqqandan keyin qaytarishga ulgurmasa; 
ochko o‗ynalayotgan paytda raketka ushlamagan qo‗li bilan stol yuzasiga 
tegsa. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling