Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

To‘p uzatish – sherigiga hujum uyushtirish uchun yoki raqib maydoniga 
to‗p o‗tkazish uchun bajariladigan texnik harakat. To‗p uzatish usullari joydan trib 
ikki qo‗llab uzatish, sakrab ikki qo‗llab uzatish, sakrab bir qo‗llab, ikki qo‗llab 
tashlanib va ikki qo‗llab orqaga yiqilib uzatish shakllarida bo‗ladi. To‗p uzatish 
yo‗nalishiga qarab oldga, tepaga va orqaga uzatiladi. SHuningdek to‗p uzatish 
uzun – zonalar osha, o‗rtacha – zonalar aro va qisqa – zona ichida, balandligiga 
qarab – baland - 2 mdan ortiq, o‗rta – 2 mgacha, past – 1 mgacha shakllarida 
bo‗ladi. 


141 
Hujum zarbalari – hujum harakatlaridan tashkil topgan usullar. Hujm 
urishlarining asosiy shakli o‗yinchining to‗r tepa qismidan to‗pni o‗tkazishga 
asoslangan bo‗ladi. To‗g‗riga urishlarda qo‗l harakati to‗pni to‗g‗riga o‗tkazishga 
qaratilgan bo‗lsa, yon tamondan urishda qo‗l harakati yon tamondan bajariladi. 
Hujum urishlari bir yo‗la urish va to‗p o‗tkazish shakllariga bo‗linadi. Bir yo‗la 
urishda hujumchi yugurib kelib sakrab hujum urishini amalga oshiradi. To‗p 
o‗tkazishda o‗yinchi sakrash bilan to‗pni noaniq yo‗nalishda raqib maydoniga 
o‗tkazib yuboradi.
Hujum urishlarini o‗rgatishda to‗g‗ridan urish harakatiga o‗rgatishdan 
boshlanadi. So‗ngra to‗pni aldov harakatlari bilan maydonning har hil joylariga 
yo‗naltirish malakalari shakllantiriladi. Hujum urishlarini o‗rgatishda dastlab 
yugurib kelish va sakrash harakatlari malaka va ko‗nikmalari shakllantiriladi. 
SHunga muvofiq qo‗llar harakati hamda to‗pga zarba berish harakatlari ham 
rivojlantirib 
boriladi. Hujum urishlariga o‗rgatish hamda malakalarni 
takomillashtirishda har ikkala qo‗lda hujum zarbalarini berish va to‗pni o‗tkazish 
malaka va ko‗nikmalarini rivojlantirish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
To‘siq qo‘yish – raqib hujum zarbalariga to‗sqinlik qilish harakatlari bo‗lib 
hisoblanadi. To‗siq qo‗yish harakatlari hujum zarbalarini to‗sishning eng ishonchli 
va mukammal usullari bo‗lib hisoblanadi. To‗siq qo‗yishlar bir o‗yinchi 
tamonidan bajarilsa yakka to‗siqlar va ikki-uch o‗yinchi tamonidan bajarilsa guruh 
to‗siqlari deb ataladi. To‗siq qo‗yish xarakatlarining dastlabki bosqichida o‗yinchi 
to‗r oldida turib qo‗llar baland ko‗tarilgan, oyoqlar bir biriga parallel qo‗yilgan 
bo‗ladi. U to‗r bo‗ylab qadamlab yoki qaychisimon yugurishlar bilan 
harakatlanadi. Hujum uyushtirish joyida u baland sakraydi, qo‗llarni to‗g‗rilab 
yonma yon qilib to‗r ustidan ko‗taradi. Qo‗l va bilak muskullari tarang qilingan, 
barmoqlar keng yozilgan bo‗ladi. Qo‗llar hujum zarbalarini to‗sish va to‗pni raqib 
maydoniga qaytarish uchun bir oz raqib tamonga o‗tkaziladi. Hujum zarbalaridan 
to‗p maydon chetiga chiqib ketmaslik uchun to‗siq qo‗yishda kaftlar qo‗l ichkari 
qismiga burilgan bo‗lishi kerak. 
Hujum urishlarini o‗rgatishda har bir harakatlarni alohida o‗rgatish usullari 


142 
qo‗llaniladi. Buning uchun yugurib kelish, sakrash va qo‗llarni to‗r ustiga 
chiqarish harakatlari alohida bajariladi. Har bir harakatlarni aniq va to‗liq bajarish 
malaka va ko‗nikmalari shakllantirilishi bilan harakatlarni yaxlit holda bajarish va 
takrorlash tavsiya etiladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling