Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
Voleybol to‗p bilan o‗ynaladigan sport o‗yini bo‗lib, maxsus maydonda ikki
jamoa ishtirokida o‗tkaziladi. Maydon hajmi 18x9 m. bo‗lib, maydon o‗rtadan to‗r bilan ikkiga bo‗lingan bo‗ladi. Har bir jamoa a‘zolari olti nafar sportchidan iborat bo‗ladi. O‗yin besh partiyadan iborat bo‗lib shundan to‗rt partiyasi 25 ochkoga qadar davom etadi. Beshinchi partiya esa 15 ochkogacha o‗ynaladi. O‗yin maqsadi to‗pni to‗rdan oshirib raqib maydoniga tushirish hamda raqib jamoasi to‗plarini o‗z maydoniga tushishiga to‗sqinlik qilish. O‗yin davomida bir jamoa o‗yinchilari to‗pga uch marotaba tegishga ruxsat beriladi. To‗p maydon chetidan to‗p uzatish usuli bilan o‗yinga kiritiladi. To‗p uzatuvchi o‗yinchi to‗pni zarba bilan raqib maydoni tamon yo‗naltiradi. To‗p uzatish to‗p maydondan chiqib ketgunga qadar yoki raqib to‗pni qaytarib to‗p beruvchi jamoa maydoniga tushirgunga qadar davom etadi. To‗p o‗ynalganda g‗olib bo‗lgan jamoa ochkoga ega bo‗ladi. To‗pni qabul qiluvchi jamoa to‗pni yutib olsa ochkogo ega bo‗ladi va to‗pni uzatish xuquqini ham qo‗lga kiritadi. To‗p uzatishda o‗yinchilar soat strelkasi yo‗nalishida joy almashinib siljiydilar. Voleybol o‗yini jixozlari bo‗lgan to‗rni tutib turuvchi ustunlar balandligi 2,55 m bo‗ladi va maydon cheti yon chiziqlaridan 0,5—1,0 m. masofada o‗rnatiladi. Ustunlar yumaloq va yuzasi silliq bo‗lishi kerak. Antennalar uzunligi 1,8 m va diametri 10 mm, bo‗lib, egiluvchan bo‗lishi kerak. Antennalar maydon chegarisini 139 belgilaydi, to‗rning maydon cheti qismiga biriktirilgan bo‗lib, to‗rdan 80 sm balanlikka chiqarilgan bo‗ladi. Antennalar yorqin ranglarga, asosan qizil oq bo‗laklarga bo‗yalgan bo‗ladi. Antennalar o‗yin maydoni hisoblanib uning tashqi tamonidan maydonga kiritilgan to‗p hisobga olinmaydi. To‗rning tepa qismi balandligi erkaklar uchun 2,43 m, ayollar uchun 2,24 m, qilib belgilangan. To‗rning eni 1 m, uzunligi 9,5 m. bo‗lishi kerak. To‗rning katakchilari hozirgi nizomga muvofiq 10x10 smli kataklardan iborat bo‗ladi. To‗rning tepa qismi qalinligi 5 sm bo‗lgan oq tasma bilan o‗ralgan bo‗ladi. To‗rning tepa va past qismidan maxsus arqoncha orqali tarang tortilib ustunlarga bog‗lab qo‗yiladi. Voleybol to‗pi dumaloq shaklda bo‗lib, yuzasi elastik material yoki teridan ishlangan bo‗ladi. To‗pning rangi ikki hil yoki bir hil rangda bo‗lishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. To‗p aylanasi - 65-67 sm, og‗irligi 260-280 gr. bo‗ladi. Voleybol o‗yinini hakamlar hay‘ati boshqaradi. Ular birinchi hakam, ikkinchi hakam, kotib va chiziqlarda turuvchi hakamlar. O‗yin maydoni yuzasi tekis va silliq bo‗lishi kerak. Maydon to‗g‗ri to‗rt burchak shaklda bo‗ladi. Har bir jamoa maydoni ikki qismga, old va orqa liniyalarga bo‗linadi. 2, 3, 4 – zona o‗yinchilari oldingi qator o‗yinchilari, 1, 5, 6 – zona o‗yinchilari orqa qator o‗yinchilari sanaladi. O‗yinchilarning asosiy holatlari va harakatlanishlari: Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling