Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayrilishlar
- To‘pga oyoq bilan zarba berish usullari
YUgurish – futbolda harakatlanishning asosiy shakli bo‗lib hisoblanadi.
YUgurish harakatlari sekin, o‗rtacha va tezkor bo‗lishi mumkin. Sekin va o‗rtacha yugurishlar himoya va hujum uyushtirishda, maydon bo‗ylab harakatlanishda amalga oshiriladi. Tezkor yugurishlar esa tezkor hujum uyushtirish va otilib chiqish harakatlarida qo‗llaniladi. Sakrash – o‗yinchilarning futboldagi harakatlarining bir ko‗rinishi bo‗lib, to‗pga oyoq va bosh bilan zarba berishda, to‗pni oyoq, ko‗krak va bosh bilan to‗xtatishda foydalaniladi. Sakrash harakatlari bir oyoqda sakrash, ikki oyoqda sakrash va yugurib kelib sakrash harakatlariga bo‗linadi. To‘xtash – harakat yo‗nalishini o‗zgartirishning asosiy ko‗rinishi bo‗lib hisoblanadi. Sakrab to‗xtash uchun pastroq sakraladi va tushishda oyoqlar bir oz bukiladi. Tashlanib sakrashda bir oyoq kengroq qilib oldga qo‗yiladi va sakragandan so‗ng chuqurroq o‗tiriladi. To‗xtashdan so‗ng harakat yo‗nalishi o‗zgartirilishi mumkin. 135 Qayrilishlar – bu harakat yordamida futbolchi yugurish yo‗nalishini o‗zgartirish mumkin. Qayrilish harakatlari yugurib ham, joyda turib ham bajariladi. Ular sakrab qayrilish, qadamlab qayrilish, tayanch oyoqni uzmay qayrilish, yon tamonlarga qayrilish va orqaga qayrilish harakatlari shakllarida bo‗ladi. To‘pni boshqarish harakatlari – to‗pni boshqarish texnikasi to‗pga zarba berish, to‗pni olib yurish, to‗xtash, aldov harakatlari, to‗pni olib qo‗yish, to‗pni yon chiziqdan o‗yinga kiritish harakatlaridan iborat bo‗ladi. To‗pga asosan oyoq va bosh bilan zarba beriladi. To‘pga oyoq bilan zarba berish usullari: oyoq ichki tamoni bilan zarba berish, tovon, oyoq uchi va oyoq ustining ichki, o‗rtasi va tashqi tamoni bilan zarba berish usullariga bo‗linadi. To‗pga joyidan turganda, yumalab kelayotgan to‗pga, uchib kelayotgan to‗pga va to‗pga aylanib zarba berish usullari ham mavjud. SHuningdek o‗zdan ortirib tepish, erdan sapchigan to‗pni tepish harakatlari ham farqlanadi. Joydan turgan to‗pga zarba berish jarima to‗plari tepish va burchak to‗pini tepish vaqtida amalga oshiriladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling