Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
To‘pni to‘sish – darvozaga hujumchi tamonidan uloqtirilgan to‗pni to‗sish
va yo‗nalishini o‗zgartish usullari bo‗lib hisoblanadi. Bu usul to‗pni uchish yo‗nalishiga muvofiq bir qo‗lda, ikki qo‗lda, gavda bilan, bir oyoqda va ikkala oyoqda to‗sish shakllarida bo‗ladi. Bel qismidan past darajada kelayotgan to‗plarni darvozabon oyoqlri bilan to‗sishi, gavda ro‗parasidan kelayotgan to‗plarni gavdasi bilan, boshqa yo‗nlashlarda kelayotgan to‗plarni esa qo‗llar bilan to‗sish mumkin. To‗g‗ridan pastdan kelayotgan to‗pni to‗sish uchun davozabon oyoqlarni juftlashi kerak. SHu bilan birga egilib qo‗llar bilan yon tamonlarni to‗sish kerak. CHunki ko‗p holda to‗p oyoqlardan qaytib qayrilib darvozaga kirib ketishi mumkin. To‗pni bir oyoqda to‗sishda oyoqni bir tamonga keng tashlash, chuqur o‗tirish hamda oyoqlarni ikkala tamonga keng yozish bilan bajarish mumkin. Oyoqni yon tamonlarga keng tashlashda harakatlar son qismida boshlanib, boldirlar sal orqada bo‗ladi. To‗pni oyoq bilan to‗sishda oyoq siltab yon tamonga tashlashda to‗pni tovon yoki to‗piq qismiga kelib tegishini hisobga olish kerak. Past kelayotgan to‗pni to‗sishda bir tamonga tashlanib, chuqur o‗tirish bilan to‗pni to‗sish harakati qo‗llaniladi. To‗p yo‗nalishiga muvofiq darvozabon oyoqni yon tamonga tashlab chuqur o‗tirish harakati bajaradi. To‗pni tavon, to‗piq yoki tizzaning ichki qismi bilan to‗siladi. Gavdani tik holda tutib qolishga harakat qilinadi. Qo‗llar yon tamonga yozilgan bo‗lib, oyoqga urilib qaytgan to‗pni tutib qolish yoki urib yuborish ko‗zda tutiladi. Darvoza burchagiga yo‗naltirigan 133 to‗plarni asosan oyoqlarni yon tamonga keng yozib to‗sib qolinadi. To‗p oyoqning ichki tamonining barcha qismi bilan to‗silishi mumkin. To‗pni ikki qo‗llab to‗sish harakati tepadan yoki pastdan amalga oshirilishi mumkin. Tepadan kelayotgan to‗pni darvozabon qo‗llarini baland ko‗tarib bilak, kaft va barmoqlari bilan to‗sishi mumkin. SHuningdek past kelayotgan to‗pni ham qo‗llarni to‗p yo‗nalish bo‗yicha pastga tushirib bilak, kaft va barmoqlari bilan to‗sishi mumkin. To‗pni to‗sishda kaftlar ochilgan va to‗p yo‗nalishiga qaratilgan bo‗lishi kerak. To‗pni bir qo‗llab to‗sish ham tepadan va pastdan amalga oshirilishi mumkin. Tepadan to‗sishda bir qo‗l ko‗tarilib to‗p qarshisiga chiqariladi, to‗p qo‗lning kaft va bilak qismi bilan to‗silishi mumkin. Pastdan to‗sishda ham bir qo‗l to‗p qarshisiga chiqariladi, bunda ham to‗pni qo‗lning barcha qismlari bilan to‗sish mumkin. To‗pni to‗sishda sakrash, tashlanish, qadamlash, yugurib chiqish harakatlarini bajariladi. To‗pni to‗sishda darvozabon to‗pni keyingi harakatlarini ham hisobga olishi kerak. SHuning uchun to‗pni to‗sishda uning tezligini va kuchini sekinlashtirish maqsadga muvofiq bo‗ladi. To‗pni to‗sishda qaytgan to‗pni ushlab olish yoki darvoza ortiga yo‗naltirish hamda maydon chetiga chiqarib yuborishni ko‗zda tutish mumkin. Ko‗p holda to‗pni gavda bilan to‗sish amalga oshiriladi. Bunda gavda to‗p yo‗nalishi qarshisiga qo‗yilib, to‗p tezlanishini va kuchini sekinlashtirish uchun sal egiladi. To‗pni ko‗krak qismi bilan to‗sishda qaytga to‗pni ushlab olishga harakat qilinadi. Qorin qismida to‗sishda to‗p qo‗l yordamida ushlab olinadi. To‗pni ushlab olish harakati ikki qo‗lda bajarilishi kerak. Tepadan tashlangan to‗pni ham ushlab olish oson bo‗ladi. Tez va kuch bilan kelayotgan to‗pni to‗sishda esa boshqa usullarni qo‗llash mumkin. Futbol – qiziqarli va ommaviy sport o‗yinlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Futbol – jamoaviy o‗yin bo‗lib, unda ikkita jamoa ishtirok etadi. Jamoada darvozabon bilan birga o‗n o‗yinchi, jami 11 bir ishitrokchi bo‗ladi. Futbol maydoni tabiiy yoki sun‘iy chim bilan qoplangan bo‗ladi. Maydon to‗g‗ri to‗rtburchak shaklida bo‗lib, min 45 m x 90 m max 90 m x 120 m. hajmda bo‗ladi. Xalqaro musobaqalar uchun maydonlar hajmi min 64 m x 100 m max 75 m x 110 134 m bo‗lishi mumkin. O‗yin maqsadi raqib darozasigi ko‗proq to‗p kiritish ya‘ni gol urish, o‗zining darvozasiga esa to‗p kiritmaslik bo‗lib hisoblanadi. Futbol o‗yining asosiy jahozi to‗p bo‗lib, teri yoki terini o‗rnini bosa oladigan maxsulotdan tayyorlanadi. Aylanasi 68-70 sm bo‗lib, og‗irligi 410-450 gr. bo‗ladi. Futbol o‗yini match deb yuritilib, 45 daqiqalik ikki taymdan iborat bo‗ladi. Asosiy o‗yin vaqtida hisob ochilmasi ikkita 15 daqiqalik ekstra taym belgilanadi. SHu holda ham hisob o‗zzgarmasa 11 metrli jarima to‗plari tepish – penal‘ti belgilanadi. Darvozalar maydon ikkala tamonining markazida joylashgan bo‗lib, ustunlari oraligi - 7,32 m, balandligi esa - 2,44 m. bo‗ladi. Darvoza ortiga to‗r ilingan bo‗lib, u yaxshi biriktirilgan bo‗lishi va darvozabonga xalqit bermasligi kerak. Darvoza ustunlari va to‗sini oq rangga bo‗yalgan bo‗ladi. Futbolchi maydon bo‗ylab harakatlanishda yurish, yugurish, sakrash, to‗xtash, qayrilish harakatlarini bajaradi. Bu harakatlar bilan o‗yinchi raqibining qo‗rig‗idan qochadi, hujum uyushtirish uchun qulay joyga o‗tadi, raqib darvozasiga hujumlar uyushtiradi va davrozaga to‗p tepadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling