Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Gandbol jamo‘aviy o‗yin. O‗yin 40x20 m hajmda bo‗lgan maydonda 
o‗takaziladi, darvoza hajmi 2x3 m bo‗ladi. Jamoa 7 nafar o‗yinchidan iborat 
bo‗ladi. O‗yin 30 daqiqadan ikki taym o‗tkazilib, 10 daqaqa tanaffus qilinadi. 
O‗yin maqsadi raqib darvozasiga ko‗p to‗p kiritish. Gandbolchi maydonda yurib, 
yugurib, to‗xtab va sakrab harakatlanadi. SHu harakatlar bilan o‗yinchi raqiblar 
qaromog‗idan qochadi, hujumlar uyushtiradi, himoyalar tashkil etadi. 
YUrishoddiy va qadamlab bajarilib, gandbolchi maydon bo‗ylab 
harakatlanish va joy almashtirish uchun harakatlanganda amalga oshiriladi. 
Harakatlanish yuzlanib old tamonga, orqa tamonga, yon tamonlarga bajarilish 
mumkin.
YUgurisho‗yinchining asosiy harakatlanish shakli bo‗lib hisoblanadi. 
YUgurishlar har hil tezlikda va har hil shakllarda bo‗lib, oyoq uchida va qadamni 
to‗liq bosib yugurishlar bo‗lishi mumkin. YUgurish harakatlari ham oldga, orqaga 
va yon tamonlarga bajariladi. 


129 
To‘xtashlar – bir oyoqda va ikkala oyoqda bajariladi. Bir oyoqda to‗xtashda 
gandbolchi gavdani keskin orqaga tashlab, tayanch oyoqni oldga qo‗yadi, harakat 
yo‗nalishiga yon tamoni bilan yuzlanadi. Keyingi oyoqni esa tizzalarda bukib, 
to‗xtashni sekinlashtiradi. 
Ikki oyoqlab to‗xtash sakrash harakati bilan bajariladi. Ikki oyoqlab 
oyoqlarga tayangan holda sakrashda tezlanish sekinlashtiriladi va harakatlanishdan 
to‗xtaydi. Gavda 45-90° buriladi, navbatdagi harakatga shaylaniladi. Sakrab 
tushishda oyoqlarni tizzalarda bukish, gavda og‗irligini har ikkala oyoqqa 
taqsimlash va har qanday yo‗nalishda yugurishni davom ettirish uchun tayyor 
bo‗lish kerak.
Sakrash – tepadan va baland kelayotgan to‗plarni ushlash, to‗pni uzatish va 
darvozaga uloqtirishda bajariladi. Sakrash bir oyoqda yoki ikkala oyoqda depsinish 
bilan bajariladi. Ikki oyoqda depsinish joydan turib bajariladi. O‗yinchi bunda bir 
oz o‗tiradi, qo‗llarni orqaga tortadi, oyoqlarni birdan to‗g‗rilab depsinadi, qo‗llar 
esa yuqoriga-tepaga siltanadi. Bir oyoqda sakrash ko‗proq yugurib kelib bajariladi. 
YUgurish tezligi past bo‗lsa depsinish kuchli bo‗lishi kerak, agar yugurish katta 
tezlikda bo‗lsa oxirgi qadam keng tashlanadi. Depsinish oyog‗i tovondan oyoq 
uchiga qarab qo‗yiladi. Boshqa oyoq esa tizzadan bukilib oldga-tepaga siltanadi. 
Sakrashdan tushish qulay va yumshoq bo‗lishi, muvozanat yo‗qotilmasligi uchun 
oyoqlar kengroq qo‗yilishi va tizzalarda bir oz bukilishi kerak. 
To‘p ushlash – to‗pni egallash va uni olib yurish, hujum harakatlarini 
amalga oshirishda keng foydalaniladi. To‗pni ushlash bir qo‗lda va ikki qo‗lda 
bajariladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling