Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Sport turlari 
Basketbol: Basketbol o‗yinida har birida besh o‗yinchisi bo‗lgan ikki jamoa 
ishtirok etadi. O‗yin maqsadi o‗z savatiga raqibni to‗p tashlashiga xalaqit berish, 
undan to‗p olib qo‗yish, hujumlar uyushtirishdan hamda raqib savatiga ko‗proq 
to‗p tushirishdan iborat bo‗ladi. O‗yin hajmi 28x15 m bo‗lgan maydonda 
o‗tkaziladi. SHiftning balandligi 7 m.dan kam bo‗lmasligi kerak. O‗yin 4 davr 
davom etib, har bir davr 10 daqiqa bo‗ladi. Basketbolda to‗p bilan harakatlar to‗pni 
uzatish, uloqtirish, urib yuborish, yumalatish va har hil yo‗nalishlarda olib 
yurishdan iborat bo‗ladi. O‗yin yakunida savatga ko‗p to‗p tushirgan jamoa g‗olib 
jamoa bo‗lib hisoblanadi.
Basketbol o‘yini jixozlari asosan ikkita qalqon (shit) bo‗lib, ular shaffof 
materialdan tayyorlanadi. Ularning o‗lchami eniga 1,80 m va bo‗yiga 1,50 m
bo‗ladi. Balandligi maydon yuzasidan 2,90 m bo‗ladi. YUzasi tekis va chetlari oq 
rangli bo‗yoq bilan hoshiyalangan bo‗lishi kerak. Qalqon (shit) markazida savat 
o‗rnatilgan bo‗lib, uning diametri 45 sm bo‗ladi va to‗q sariq ranga bo‗yalgan 
bo‗ladi. Savat chetlariga bir necha xalqachalar biriktirilgan bo‗lib bu xalqachalarga 
to‗r ilinadi. 
Basketbol to‘pi: rezina materialdan tayyorlangan asosan jigarrangli bo‗ladi. 
Erkaklar to‗pi diametri 74,9 — 78 sm. To‗p og‗irligi 567-650 gr, ayollar to‗pi 
diametri 72,4—73,7 sm va og‗irligi 510-567 gr. 
Basketbolda harakatlanish shakllari: basketbolchi maydon bo‗ylab yurib, 
yugurib, sakrab, qayrilib, otilib chiqib harakatlanadi. 
YUrish basketbolda eng kam harakatlanish turi bo‗lib hisoblanadi. Joy 
almashtirish, harakatlarni boshlashdan avval, o‗yinchilarni tinchlantirish, o‗yin 
zonalarini kuzatish va o‗yinchilarni joylashuvini kutish maqsadida sekin 
harakatlanadi. Basketbolchi yurishda tizzalarni sal bukib harakatlanishi, uni doimo 
hujumga va tez harakatga tayyorligini bildiradi. 
YUgurish asosiy harakatlanish shakli hisoblanadi. Maydonda o‗yinchilar har 
hil shakllarda yuguradilar. YUgurishlar har hil tamonlarga yo‗naltirilishi mumkin. 
YUgurishlar tez, sekin va o‗zgaruvchan shakllarda bajariladi. Tezkor yugurishda 


125 
tayanch oyoq kuchi bilan o‗yinchi oldinga otilib chiqadi va qo‗llarning keskin 
harakatlari bilan tezlanish oladi. Otilib chiqib raqib nazoratidan qochishga va 
tezkor hujum uyushtirishga katta yodam beradi. 
Otilib chiqish harakatlarining daslabki 4-5 qadami qisqa lekin qattiq 
qadamlar bo‗lishi kerak. Keyinga qadamlar esa ancha keng va siltanish bilan 
bajariladi. Qo‗llarning harakati ham tana tezlanishiga katta yordam beradi. Gavda 
bir oz egilgan, bosh to‗g‗ri tutilgan, maydon bo‗sh tamoniga va raqib maydoniga 
yuzlangan bo‗lib, ba‘zan to‗p bilan harakatlar ham bajariladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling