Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Basketbol o‘yini jixozlari
- Basketbol to‘pi
Sport turlari
Basketbol: Basketbol o‗yinida har birida besh o‗yinchisi bo‗lgan ikki jamoa ishtirok etadi. O‗yin maqsadi o‗z savatiga raqibni to‗p tashlashiga xalaqit berish, undan to‗p olib qo‗yish, hujumlar uyushtirishdan hamda raqib savatiga ko‗proq to‗p tushirishdan iborat bo‗ladi. O‗yin hajmi 28x15 m bo‗lgan maydonda o‗tkaziladi. SHiftning balandligi 7 m.dan kam bo‗lmasligi kerak. O‗yin 4 davr davom etib, har bir davr 10 daqiqa bo‗ladi. Basketbolda to‗p bilan harakatlar to‗pni uzatish, uloqtirish, urib yuborish, yumalatish va har hil yo‗nalishlarda olib yurishdan iborat bo‗ladi. O‗yin yakunida savatga ko‗p to‗p tushirgan jamoa g‗olib jamoa bo‗lib hisoblanadi. Basketbol o‘yini jixozlari asosan ikkita qalqon (shit) bo‗lib, ular shaffof materialdan tayyorlanadi. Ularning o‗lchami eniga 1,80 m va bo‗yiga 1,50 m bo‗ladi. Balandligi maydon yuzasidan 2,90 m bo‗ladi. YUzasi tekis va chetlari oq rangli bo‗yoq bilan hoshiyalangan bo‗lishi kerak. Qalqon (shit) markazida savat o‗rnatilgan bo‗lib, uning diametri 45 sm bo‗ladi va to‗q sariq ranga bo‗yalgan bo‗ladi. Savat chetlariga bir necha xalqachalar biriktirilgan bo‗lib bu xalqachalarga to‗r ilinadi. Basketbol to‘pi: rezina materialdan tayyorlangan asosan jigarrangli bo‗ladi. Erkaklar to‗pi diametri 74,9 — 78 sm. To‗p og‗irligi 567-650 gr, ayollar to‗pi diametri 72,4—73,7 sm va og‗irligi 510-567 gr. Basketbolda harakatlanish shakllari: basketbolchi maydon bo‗ylab yurib, yugurib, sakrab, qayrilib, otilib chiqib harakatlanadi. YUrish basketbolda eng kam harakatlanish turi bo‗lib hisoblanadi. Joy almashtirish, harakatlarni boshlashdan avval, o‗yinchilarni tinchlantirish, o‗yin zonalarini kuzatish va o‗yinchilarni joylashuvini kutish maqsadida sekin harakatlanadi. Basketbolchi yurishda tizzalarni sal bukib harakatlanishi, uni doimo hujumga va tez harakatga tayyorligini bildiradi. YUgurish asosiy harakatlanish shakli hisoblanadi. Maydonda o‗yinchilar har hil shakllarda yuguradilar. YUgurishlar har hil tamonlarga yo‗naltirilishi mumkin. YUgurishlar tez, sekin va o‗zgaruvchan shakllarda bajariladi. Tezkor yugurishda 125 tayanch oyoq kuchi bilan o‗yinchi oldinga otilib chiqadi va qo‗llarning keskin harakatlari bilan tezlanish oladi. Otilib chiqib raqib nazoratidan qochishga va tezkor hujum uyushtirishga katta yodam beradi. Otilib chiqish harakatlarining daslabki 4-5 qadami qisqa lekin qattiq qadamlar bo‗lishi kerak. Keyinga qadamlar esa ancha keng va siltanish bilan bajariladi. Qo‗llarning harakati ham tana tezlanishiga katta yordam beradi. Gavda bir oz egilgan, bosh to‗g‗ri tutilgan, maydon bo‗sh tamoniga va raqib maydoniga yuzlangan bo‗lib, ba‘zan to‗p bilan harakatlar ham bajariladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling