Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Tezkorlik – harakatlarni qisqa vaqt ichida bajara olish qobiliyati bo‗lib 
hisoblanadi. Tezkorlik insonning boshqa fazilatlaridan farqli o‗laroq juda qiyin 
rivojlanadigan 
jismoniy 
fazilat. 
Tezkorlikning 
fiziologik 
asoslari 
nerv 
tugunlarining impulslarni o‗tkazish qobiliyatini tug‗ma takomillashganligiga 
bog‗liq. Harakatlar jarayonlarida tezkorlikni namoyon bo‗lishiga ta‘sir etuvchi 
asosiy omillar quyidagilar: 
- Muskul to‗qimasi tuzilishida tez qisqaruvchi muskul tolalarining ko‗pligi: 
- Muskullarni yaxshi bo‗shashtirish qobiliyati: 
- Dinamik kuch va egiluvchanlik qobiliyati: 
- Inson iroda sifatlari: 
- Organizm morfologik xususiyatlari – tana qismlari tuzilishi, oyoq va 
qo‗llarning uzunligi. 
- Tezkorlik mashqlari texnikasini yuqori sifatda bajarish qobiliyati 
hisoblanadi. 
Tezkorlik fazilatini uch hil ko‗rsatkichi uchraydi. Bular: 
- Harakatlar reaksiyasining tezkorligi; 
- YAkka harakatlarni bajarish tezkorligi; 
- Harakatlarni takrorlash tezkorligi. 
Bu qobiliyatlar bir biri bilan deyarli bog‗liq bo‗lmay, mustaqil jismoniy sifat 
deb qarash mumkin. Masalan yugurishga ruxsat berish uchun to‗pponcha ovoziga 
birinchilardan bo‗lib reaksiya ko‗rsatib startdan otilib chiqqan sportchi marraga 
birinchi bo‗lib etib kelishi mumkin emas. CHunki unda harakatlarni takrorlash 
tezligi yaxshi rivojlanmagan bo‗lishi mumkin. 
Tezkorlikni namoyon qilishda diqqatni jamlash ham muhim axamiyatga ega. 
Avvaldan ma‘lum bo‗lgan signalga e‘tibor qaratish tez bo‗lib, noma‘lum signalga 
javob harakatlari sekinroq boshlanadi. Tezkorlik harakatlari muskullarni tezlik 
bilan qisqarishi natijasida hosil bo‗lib, tezkorlik tinch holatda ularning vaziyatiga 
ham bog‗liq bo‗ladi. SHuning uchun signalga javob harakatlarida tana 
qismlarining harakat tezkorligi har hil shaklda namoyon bo‗ladi. SHuningdek 


114 
tugmani bosib signal berganga nisbatan qo‗llar bilan harakat qilgan signalga javob 
harakatlari tezkorligi har hil shaklda namoyon bo‗ladi. 
Oddiy reaksiyalar – avvaldan ma‘lum bo‗lgan signalga javob harakatlari 
hisoblanib, yugurishda to‗pponchada yoki qo‗l bilan start berishga javob 
harakatlari, kurash harakatlarini hakam buyrug‗i bilan boshlash yoki to‗xtatishni 
misol qilish mumkin. Tezkor mashqlarni bajarish oddiy reaksiya tezligini 
rivojlantirishga katta yordam beradi. Oddiy reaksiya tezligini rivojlantirishda, 
harakatlarni yoki mashqlarni ko‗plab takrorlash, beriladigan signalga 
tayyorgarlikni takomillashtirish uslublaridan foydalaniladi.
Noma‘lum signalga javob harakatlari yoki signallarni muhimlik darajasiga 
muvofiq saralash harakatlari murakkab reaksiyalar deb ataladi. Murakkab 
reaksiyalarda bir signalga boshqacha yana bir signalga boshqacha tezlikda reaksiya 
ko‗rsatish bo‗lishi mumkin. Murakkab reaksiyalar quyidagicha taqsimlanadi: 
- Reaksiya ko‗rsatishni tanlash; 
- Harakatlanayotgan ob‘ektga nisbatan reaksiya ko‗rsatish. 
Reaksiya ko‗rsatishni tanlashda harakatlarni shakllari, tezligi va murakkabligi 
hamda muhimligi va raqibning holati, sharoitlarning talablariga muvofiq harakatlar 
saralanadi. Ba‘zi harakatlarga javob reaksiyalari ko‗rsatilsa ba‘zi harakatlarga 
e‘tibor qaratilmaydi. Masalan bokschi raqibining muhim zarbalariga himoya 
to‗siqlarini qo‗yadi, aldov harakatlari va engil zarbalarga e‘tiborni kamaytirishi 
mumkin. 
Tanlash reaksiyani rivojlantirishda ―oddiydan murakkabga intilish― 
tamoyillariga amal qilinadi. Masalan kurash turlarida dastlab aniq bir hujum 
shakliga himoya usullarini o‗rgatib boriladi. So‗ng hujum harakatlarini 
murakkablashtiriladi yoki shakllarini o‗zgartiriladi. Kurashchi deyarli barcha 
hujum harakatlariga tayyorgarlik taktikasini egallagach, bellashuvlarda hujum 
harakatlarining barcha shakllariga javob reaksiyasini ko‗rsata oladi. 
Harakatlanayotgan ob‘ektga nisbatan reaksiya ko‗rsatish – harakatlanayotgan 
raqib, to‗p, sport buyumi va boshqalarga javob harakatlarini bajarishda namoyon 
bo‗ladi. Harakatlanayotgan ob‘ektga nisbatan reaksiya ko‗rsatishda katta tezlik 


115 
bilan harakatlanayotgan jismni ko‗rish va uni orlig‗idagi masofalarni, uni tezligini 
baholay olish muhim ahamiyatga ega bo‗lib hisoblanadi. Sportchilarda shu 
jihatlarni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratiladi. Mashg‗ulotlarda buyumlarni 
tezda paydo bo‗lishi, buyumlarning tez harakatlari va ular orasidagi masofalarni 
tez tez o‗zgartirib turish mashqlarini qo‗llash talab etiladi. Kichik to‗plar – tennis 
to‗plari bilan mashqlar, harakatli o‗yinlar o‗tkazish shug‗ullanuvchilarda murakkab 
reaksiyalarni rivojlantirishga katta yordam beradi. 
Murakab reaksiyani namoyon qilish vaqtini kamaytirishga raqibni 
harakatlarini oldindan bila olish maxorati ta‘sir etadi. Bunday malakalar raqibni 
harakatlarga tayyorgarlik jarayonlariga e‘tiborni kuchaytirish bilan paydo qilish 
mumkin. Masalan o‗n bir metrli jarima to‗plarini qaytarishda darvozabonning 
maxorati to‗pning yo‗nalishini aniq bilishida bo‗ladi. Tezkorlik reaksiyasi kundalik 
hayotda ham muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy texnika asboblari juda 
takomillashib ketgan shuning uchun ular tezkor reaksiyalarni talab etadi. 
YAkka harakatlar tezkorligi – bir harakatni bajarish tezkorligi.
Harakatlar va ular takrorlanish tezkorligi – ma‘lum bir vaqt davomida 
takrorlanadigan harakatlar tezkorligi. Masalan 10 soniya davomida bajariladigan 
harakatlar yoki qadamlar.
Tezkorlikni rivojlantirish vositalariga o‗zaro bellashuv mashqlari, tezkor kuch 
mashqlari, harakatli va sport o‗yinlarini kiritish mumkin. Tezkorlikni 
rivojlantirishning asosiy uslublari takroriylik uslubi bo‗lib hisoblanadi. Takrorlash 
uslubining mazmuni bir hil shakldagi jismoniy mashqlar ma‘lum bir vaqt 
oralig‗ida takrorlanadi. Mashqlarni qo‗llashda quyidagi talablarga rioya qilish 
kerak: 
- Mashqlar maksimal tezlikda bajarilishi kerak; 
- Mashqlar davomiyligi qisqa bo‗lib 20-25 soniyadan ortmasligi kerak. 
- Mashqlar tezkorlik so‗nishi vujudga kelgunga qadar takrorlanishi kerak
- Mashqlar oralig‗idagi dam olishlar to‗liq bo‗lishi kerak; 
- Harakatlar texnikasi mukammal o‗rganilishi kerak; 


116 
- Maksimal tezlikda bajariladigan harakatlarda jarohatlanishlar ko‗p 
uchrashini hisobga olib, muskullarni qizdirish mashqlarini to‗liq o‗tkazish kerak. 
Tezkorlikni 
rivojlantirishda 
takrorlish 
uslubi 
bilan 
bir 
qatorda 
musobaqalashish uslubidan ham samarali foydalaniladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling