Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


CHaqqonlik (harakatlarni muvofiqlashtirish – koordinasion qobiliyatlar)


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

CHaqqonlik (harakatlarni muvofiqlashtirish – koordinasion qobiliyatlar) 
yangi harakatlarni tez o‗zlashtira olish hamda sharoitlarga muvofiq harakatlarni 
samarali qo‗llay olish maxorati hisoblanadi. SHu bilan birga chaqqonlik 
harakatlarning aniqligi va mo‗ljalga olish qobiliyati ham bo‗lib sanaladi. 
CHaqqonlik fazilati insonning jismoniy sifatlarining uyg‗un rivojlanganligi 
bilan bir qatorda, tashabbuskorlik, ijodkorlik jihatlariga bog‗liq bo‗ladi. 
CHaqqonlikning hamma ko‗rinishlarini barcha yoshlarda samarali rivojlantirish 
mumkin, chaqqonlik bolalik yoshida yaxshi rivojlanishi mumkin. 
CHaqqonlikni rivojlantirishning quyidagi yo‗nalishlari mavjud: 
- Tana holatini o‗zgartirishda namoyon qilinadigan chaqqonlik harakatlari – 
yotgan, o‗tirgan, turgan, egilgan, o‗girilgan holatlar: 
- Marakkab jarayonlar va o‗zgaruvchan sharoitlardagi chaqqonlik – to‗siqlarni 
oshib o‗tish, tirmashib chiqish harakatlari: 
- Qarshiliklari o‗zgaruvchan bo‗lgan harakatlarda chaqqonlik – tortishishda, 
qarshiliklarda, yakkakurash turlarida: 
- Buyumlar bilan harakatlardagi chaqqonlik – uloqtirish, tashlash, qabul 
qilish, uzatish, jonglyorliklar: 
- Bir 
necha ishtirokchilarning o‗zaro muvofiqlikdagi harakatlarida 
chaqqonliklar: 
- Spor o‗yinlari va harakatli o‗yinlarda raqiblar bilan muloqatdagi 
chaqqonliklar: 
- Muvozanat saqlash harakatlari va mashqlaridagi chaqqonliklar. 
CHaqqonlikni rivojlantirish mashqlari barcha mashqg‗ulotlarda tashkil 
etilishi zarur. CHaqqonlikni rivojlantirishda turli hil uslublardan foydalanish 
mumkin. Ular quyidagicha bo‗ladi: 


117 
- Muntazam yangi shakldagi harakatlarga o‗rgatish. Jismoniy harakatlarning 
ko‗p shakllarini egallash jismoniy harakatlar jarayonida hosil bo‗ladigan 
vaziyatlarni samarali hal etishga yordam beradi; 
- Har hil jixozlar, buyumlar va tashqi ta‘sirlar yordamida harakatlar 
jarayonlarini tez tez o‗zgartirib turish; 
- Murakkab jarayonlarda muvozanat saqlash qobiliyatlarini rivojlantirib 
borish; 
- Harakatlarni aniq bajarish – boksda zarbani aniq berish, mo‗ljalga olish 
malakalarini shakllantirish – to‗pni savatga aniq tashlash kabi harakatlarni 
takomillashtirish. 
CHaqqonlikni rivojlantirishda barcha mashqlardan foydalanish mumkin
faqat mashqlar murakkab va tez o‗zgaruvchan bo‗lishi kerak. Jismoniy yuklamalar 
harakatlar murakkablashib borish darajasiga muvofiq ortirib borilishi kerak. 
Harakatlarni o‗rgatishda tana qismlarini o‗rtasidagi muvofiqlikni ta‘minlash, 
koordinasion qobiliyatlarni rivojlantirish muhim. Bu mashqlar sifatida akrobatika, 
badiiy va sport gimnastikasi mashqlari, sport va haraatli o‗yinlar, suvga sakrash, 
batutda sakrash va trompolin mashqlaridan keng foydalanish mumkin. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling