Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Sakrash: basketbolda sakrash usullari ikki hil bo‗lib, biri ikki oyoqda 
sakrash, ikkinchisi bir oyoqdi sakrash hisoblanadi. Ikki oyoqda sakrash harakati 
asosan joydan sakrash bo‗lib, o‗yinchi bir oz o‗tirgan holdan depsinib sakraydi. 
Bunda qo‗llar orqa tamonga uzatiladi, bosh sakrash yo‗nalishi tamonga qaratilgan 
bo‗ladi. 
To‘xtash: basketbolda to‗xtash harakatlari sakrash va ikki qadamlab 
bajariladi. Sakrab to‗xtashda o‗yinchi uncha baland bo‗lmagan sakrash bilan 
to‗xtaydi. Sakrash tayanch oyoqlar bilan bajarilishi va tushishda dstlab bir oyoqqa 
so‗ng ikkinchi oyoqqa ham bo‗lishi mumkin. Ikki qadamlab to‗xtashda, basketbol 
harakatlarining asosi bo‗lgan ikki qadamlab harakatlanish shakli qo‗llaniladi. 
O‗yinchi oxirgidan oldingi qadamini yarim o‗tirgan holda va og‗irlik markazini 
harakat yo‗nalishi tamonga o‗tkazib bajaradi. So‗ng oxirgi qadamni uzun va keng 
qilib qo‗yadi. 
Qayrilishlar: bu harakatlar ham ikki hil shaklda oldinga va orqaga 
qayrilishlar ko‗rinishida bo‗ladi. Oldinga qayrilishda gavda harakati basketbolchi 
yuzlangan tamonga bajariladi. Orqaga qayrilishda gavda harakati o‗yinchi orqa 
tamoniga yo‗naltiriladi. Qayrilish har ikkala tamondan bajarilishi mumkin. Bunda 
oldinga qo‗yilgan oyoqning ichki tamoniga qayrilish oson bo‗ladi. 
To‘pni ushlash – to‗pni qabul qilish usuli bo‗lib, o‗yinchini to‗p bilan 
harakati shu usuldan boshlanadi. To‗pni ushlash barcha harakatlar uchun dastlabki 
holat bo‗lishi, o‗yinchi to‗pni ushlagandan so‗ng uni olib yurishi, uzatishi, 
uloqtirishi mumkin. To‗pni ushlashdagi harakatlar barqaror turish holatida bo‗lish, 


126 
tizzalar bir oz bukilgan, sakrab ushlanganda oxista tushishni amalga oshirish 
kerak. To‗pni ushlash harakatlari bir necha shaklda bo‗ladi.
To‗pni ikki qo‗llab ushlash eng oddiy va ishonchli usul. Qo‗llar oldga 
uzatiladi, barmoqlar keng qilinib, qo‗llar to‗pdan kattaroq holatda ochiladi. To‗p 
barmoqlarga kelib tegishi bilan uni qattiq ushlab qo‗llar chig‗andan bukiladi. 
Qo‗llarni chig‗anda bukish bilan to‗p tezligi va kuchi sekinlashtiriladi. To‗pni 
qabul qilgan o‗yinchi gavdani bir oz oldga egib, to‗pni oldga olib chiqib 
navbatdagi harakatlarga shaylanadi. 
To‗pni bir qo‗llab ushlash uchun o‗yinchi to‗p yo‗nalishi bo‗yicha qo‗lini 
cho‗zadi, to‗p barmoqlarga tegishi bilan to‗pni yo‗nalishi bo‗yicha qo‗lni 
harakatlantirib, uni to‗xtatadi va ikkinchi qo‗liga olib kelib gavda tamon tortadi. 
To‗pni ushlashda ushlash uchun uzatilgan qo‗l tamonga ham gavda burilishi 
amalga oshiriladi. 
To‘p uzatish: bu usulninig ko‗plab shakllari mavjud. Ular ko‗krakdan ikki 
qo‗llab uzatish, ikki qo‗llab tepadan uzatish, ikki qo‗llab pastdan uzatish, ikki 
qo‗llab yon tamonlardan uzatish, bir qo‗lda elkadan uzatish, bir qo‗lda tepadan 
uzatish, bir qo‗lda pastdan uzatish, bir qo‗lda yon tamonlardan uzatish usullarida 
uchraydi. Ular o‗yin sharoitlariga muvofiq qo‗llaniladi. To‗p uzatish va qabul 
qilish bilan o‗yinchi hujum harakatlarini amalga oshiradi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling