128
bunday tashlash usulida bo‗ydor o‗yinchilar juda mahoratli bo‗ladi. SHuningdek
to‗pni bir qo‗llab tepadan tashlashda ilmoq usulda tashlash ham mumkin. Bu
usulda o‗yinchi to‗pni raqib qarama qarshi tamonidan
olib chiqib bosh ustidan
savatga tashlaydi. Bunda to‗p ilmoq shaklda traektoriya bo‗yicha uchib savatga
kelib tushadi.
Jarima to„pi tashlash raqib jamoa o‗yinchisi o‗yinda xatoga va
qo‗polliklarga yo‗l qo‗yganda jarima to‗pi belgilanadi. Jarima to‗pi
belgilangan
joydan tashlanadi. Jarima to‗pi tashlashda asosan to‗pni bir qo‗llab elkadan va ikki
qo‗llab ko‗krakdan uloqtish usullari qo‗llaniladi.
Basketbolda to‗pni urib yuborish va to‗pni sug‗irib olish harakati ham keng
o‗llaniladi. To‗pni urib yuborish harakati raqib to‗pni olib yurganda yoki
uchayotgan to‗pga egalik qilishda baland sakraganda barajariladi. To‗pni
musht
bilan urib yuborish taqiqlanadi. To‗pni sug‗irib olish harakati esa raqib to‗pni
qattiq ushlab olganda bajariladi. Agar bir urinishda to‗p sug‗irib olinmasa, hakam
baxsli to‗p e‘lon qilib to‗pni maydon doiralarining birida o‗yinchilar o‗rtasiga
tashlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: