Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir qo‘lda ushlash.
- To‘p uzatish
- To‘p olib yurish
Ikki qo‘lda ushlash. To‗pni egallash uchun gandbolchi to‗p qarshisiga
qo‗llarni uzatishi, kaftlar ichkariga qaragan, bilaklar erkin va panjalar keng yozilgan bo‗lishi kerak. To‗p yaqinlashishi bilan kaftlar yopilib panjalar yordamida to‗p ushlanadi. Qo‗llar bilakda va chig‗anda bir oz bukilib to‗p tezligi sekinlashtiriladi. Bir qo‘lda ushlash. Bir qo‗lda to‗pni ushlashda kaft yordamida ushlash va panjalar yordamida ushlash usullari mavjud. Kaft yordamida ushlashda o‗yinchi 130 qo‗lni cho‗zib, kaftni ochadi, to‗p kaftga tegishi bilan panjalar yordamida siqib ushlanadi, qo‗l orqaga tortilib, gavda ham to‗p kelayotgan tamonga burilib to‗p tezligi sekinlashtirladi. Panjalar bilan ushlashda qo‗l to‗p yo‗nalishiga uzatiladi, to‗p barmoqlarga tegishi bilan barmoqlar to‗pni qattiq siqib olib gavdaga tortadi, shu bilan uning tezligi so‗ndiriladi. To‘p uzatish – gandbolda to‗p bilan qilinadigan asosiy harakat shakli bo‗lib, sheriklarning hamkorlikdagi harakatlarni tashkil etishga katta yordam beradi. Aniq va tez to‗p uzatishlar bilan muvaffaqiyatli hujum harakatlarini tashkil etish mumkin. Gandbolda to‗p uzatish shakllari asosan bir qo‗lda joyda turib va harakatlanayotganda amalga oshiriladi. To‗pni joydan turib uzatishda tayanch oyoq oldinda qo‗yilgan bo‗ladi. YUgurib kelib to‗p uzatishda uch qadamdan ortiq qadam tashlash taqiqlanadi. To‗p uzatish shakllari asosan siltab, turtib va bilak yordamida bajariladi. To‗pni uchish traektoriyasiga muvofiq to‗g‗ridan uzatilgan, balandlatib uzatilgan va sapchitib uzatilgan to‗plarga bo‗linadi. To‗pni uzatishda uni qo‗lda ushlash muhim ahamiyatga ega. To‗p barmoq kuchlari hisobiga ushlab turilishi va bilak muskullari zo‗riqishda bo‗lmasligi kerak. To‘p olib yurish – o‗yinchini to‗p bilan maydon bo‗ylab har hil yo‗nalishlarda harakatlanishi, to‗p uzatishi, himoyachini aldab o‗tishi, darvozaga hujumlar uyushtirishida amalga oshiriladigan asosiy usul bo‗lib hisoblanadi. To‗p olib yurish shakllari bir marta urib va ko‗p marta urib olib yurish shakllariga bo‗linadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling