Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

To‘p qabul qilish: To‗pni pastdan qabul qilish usuli himoya harakatlarining 
asosiy shakllaridan biri bo‗lib hisoblanadi. O‗yinga kiritilgan birinchi to‗pni ko‗p 
hollarda ikki qo‗lda pastdan qabul qilish usulidan foydalaniladi. To‗pni qabul 
qilishda sakrash, qadamlash va kichik qadamlar bilan yugurish bajariladi. Oxirgi 
qadamlarga tayangan holda qo‗llar juftlanib oldga cho‗ziladi. Kaftlarni yarim 
musht holda bir biriga yaqin holda tutish mumkin. Tayanch oyoqni tizzalarda bir 
oz bukib oldga qo‗yish ham muvozanatni saqlashga katta yordam beradi. To‗pni 
bir qo‗lda qabul qilish to‗p o‗yinchining yon tamonidan o‗tayotganda hamda unga 
bo‗lgan masofa uzoq bo‗lganda qo‗llaniladi. To‗pga o‗yinchi intilish va qadamlab 
tashlanishi mumkin. SHuningdek oldidan kelayotgan to‗pga etib olish uchun ham 
bir qo‗lda qabul qilishda tashlanish harakati bajariladi. 
Voleybol o‘yini taktikasi -  o‗yin taktikasi hujum va himoya taktikalaridan 
iborat bo‗ladi. Taktik harakatlarga o‗rgatishda to‗pni qabul qilish va hujum 
kombinatsiyalari tuzish malaka va ko‗nikmalari shakllantiriladi. Hujum harakatlari 
hujum zarbalari bilan bir qatorda aldov harakatlari, fintlar va soxta harakatlar 
bo‗lishi mumkin. Hujum uyushtirishda ikki va undan ko‗p o‗yinchilar ishtirok 
etadilar. Taktik harakatlar yakka, guruh va jamoa taktik harakatlariga bo‗linadi. 
Taktik tayyorgarlikda quyidagi uslubiy tavsiyalarga katta e‘tibor qaratish kerak: 
1. 
o‗yinchilarda taktik fikrlashni, maydonni ko‗ra bilishni, murakkab harakatlar 
va usullarni o‗ylab topa olish va qo‗llash malakalarini shakllantirish. 
2. 
hujum va himoyada harakatlarni mustaqil hamda hamkorlikda bajarish, 
tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish. 
3. 
o‗yinchilarda o‗yin sharoitlariga muvofiq hujum va himoya harakatlarini bir 
hil maxorat bilan bajara olish saviyalarini takomillashtirish. 
Stol tennisi. Oliy ta‘lim muassasalar talabalar jismoniy tarbiya darslari 
jarayonlarida stol tennisi mashqlariga o‗rgatishga ham alohida e‘tibor qaratilgan. 


143 
Stol tennisi o‗yin talabalar organizmini jismoniy rivojlantirish, sog‗liklarini 
mustahkamlash bilan bir qatorda axloqiy va ma‘noviy ruhiy iroda sifatlarini 
tarbiyalashga ham katta yordam beradi. 
Stol tennisida ham bir vaqtda ikki kishi yoki to‗rt kishi o‗ynashi mumkin. 
O‗yinchilardan bittasi tselluloiddan yasalgan koptokni o‗yin qoidalariga amal 
qilgan holda raketka bilan urib, raqib tomonga o‗tkazadi. Qabul qiluvchi o‗yinchi 
esa koptok stoldan birinchi sakrab chiqishi bilanoq uni urib, raqib tomonga 
qaytaradi. O‗yinchilar shu tarzda navbatma-navbat koptokni o‗z tomonida stoldan 
birinchi sakrab chiqqanidan keyin raketka bilan qaytarib o‗ynaydilar.
Stol tennisi ma‘lum o‗lchamli va ma‘lum balandlikdagi to‗g‗ri burchakli 
stolda o‗ynaladi. Stol o‗rtasidan to‗r bilan teng ikkiga bo‗lingan bo‗lib, o‗yinchilar 
uning shu ikki tomonida o‗ynaydilar.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling