Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Turishlar o‗yinchilarning asosiy holatlari hisoblanib, o‗yin harakatlarini 
bajarishga tayyorgarlik holati hisoblanadi. Voleybolchining asosiy turish holati 
tayanch xarakat apparatini mustaxkam holati bilan belgilanadi. O‗yinchi tana 
vaznini oyoqlariga to‗g‗ri taqsimlashi yoki u oyoqdan bu oyoqqa ko‗chirishi 
mumkin. Bu holat o‗yinchi tayanch harakat apparati harakatchanligini ko‗rsatadi. 
Turish shaklining balandligi bel hamda oyoqlarning tizza va to‗piq qismida 
bukilishi hisobiga o‗zgartirilib turiladi.
O‗yinchi maydon bo‗ylab yurib, yugurib va sakrab hakrakatlanadi. 
YUrish. O‗yinchi oyoqlarni bukib, har hil kattalikda qadamlar tashlab 
harakatlanadi. Bu harakatlanish tana muvozanatini saqlashga yordam beradi. 


140 
To‗pni qabul qilishga va hujum yoki himoya harakatlariga tez tayyorlanishga ham 
asos bo‗ladi. 
YUgurish. YUgurish tez, otilib chiqish, har hil yo‗nalishda tashlanish 
shakllarida bo‗ladi. YUgurish ham yarim bukilgan oyoqlar bilan bajariladi. 
YUgurishning oxirgi qadami qat‘iy va tayanch bo‗lishi, hujum va himoya 
harakatlarini bajarishga asos bo‗lishi kerak. Bu holat tez to‗xtashga va harakat 
yo‗nalishini tez o‗zgartirishga imkon berishi kerak. 
Sakrash – voleybolda sakrash tashlanish shaklida bo‗lib, sakrash yugurish 
yoki yurish yakunida o‗zaro muvofiqlikda bajariladi. Voleybolda harakatlanish 
ko‗p holda tashlanish bilan yakunlanadi. Tashlanish oldga va yon tamonlarga 
bajariladi. Tashlanish hujum va himoya harakatlarini bajarish bilan yakunlanadi. 
To‘pni o‘yinga kiritish  – birinchi to‗pni raqib maydoniga kiritishning texnik 
usuli. Samarali to‗p uzatish ochko keltiradi. To‗p uzatishda o‗yinchi oyoqlarda 
qat‘iy turishi, to‗pga zarba berish qo‗li va elka bo‗g‗imi oldga chiqarilgan bo‗ladi. 
To‗pni pastdan uzatishda gavda oldga bir oz egilgan, tepadan uzatishda esa gavda 
tik holda bo‗ladi. Tana vazni ikkala oyoqlarga teng taqsimlangan bo‗lib, chap qo‗l 
to‗p bilan oldga uzatilgan, to‗p kaftga joylashgan bo‗ladi. O‗ng qo‗l elka 
kengligida zarbaga shaylangan holda bo‗ladi. To‗pni tepadan uzatishda to‗pni
havoga ko‗tarish harakati muhim bo‗lib hisoblanadi. Voleybolda to‗pni tepadan 
to‗g‗riga, tepadan yon tamonlama uzatish hamda pastdan to‗g‗riga va pastdan yon 
tamonlama uzatish shakllari mavjud. Tepadan to‗g‗riga uzatish usuli ko‗p holda 
sakrab bajariladi. Sakrab to‗pni uzatishda to‗pning kuchi va tezligi katta bo‗ladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling