Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa masofaga yugurishlar
- YUgurishni boshlanishi (start).
Engil atletika. Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilan jismoniy tarbiya
darslarida engil atletika mashqlaridan asosan qisqa, o‗rta va uzoq masofalarga yugurish, yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash, uloqtirish mashqlari o‗rgatiladi. Engil atletika mashqlariga o‗rgatishda harakatlarni qismlarga bo‗lib o‗rgatish usullaridan foydalaniladi. Murakkab mashqlarni o‗rgatishda harakatlarni soddalashtirish hamda asosiy harakatlarni o‗rgatishga katta e‘tibor qaratish kerak bo‗ladi. Qisqa masofaga yugurishlar – tezkor mashqlar hisoblanib, qisqa vaqt ichida harakatlarni maksimal zo‗riqishda bajarish bilan ifodalanadi. Qisqa masofaga yugurishda past startdan chiqish qo‗llaniladi. Qisqa masofaga yugurishlar 100, 200 va 400 m, erkaklar va ayollar uchun 4x100 m., masofalarga estafeta yugurishlari shakllarida bo‗ladi. 30, 50, 60 va 300 m., masofaga yugurishlar yopiq sport inshootlarida o‗tkaziladigan musobaqalarda qo‗llaniladi. Asosan bu masofaga yugurishlar yoshlar va o‗smirlar o‗rtasida tashkil etiladi. Qisqa masofaga yugurish – sprint to‗rt bosqichga: start, startdan chiqish, masofa bo‗ylab yugurish va marraga kelishdan iborat bo‗ladi. 147 YUgurishni boshlanishi (start). Qisqa masofaga yugurishlar past startdan boshlanishi, startdan tezlik bilan chiqish boshlang‗ich masofalarni katta tezlikda bosib o‗tishni ta‘minlaydi. Engil atletikachilarning mashg‗ulotlarida qisqa masofalarga yugurishda start jixozlari va tagliklaridan keng foydalaniladi. Ular depsinish va tayanishga katta yordam bera oladi. «Startga!» buyrug‗i bilan yuguruvchi oyoqlarini start chizig‗iga mos qilib qo‗yadi. Bunda tayanch oyog‗i start chizig‗i oldida, qadam tashlash oyog‗i orqada bo‗ladi. Tayanch oyog‗ining tizzasi ko‗tarilgan bo‗lsa, qadamlash oyog‗i tizzasi erga tegar tegmas bukilgan holda bo‗ladi. Qo‗llar elka kengligida, bilak va elka muskullari erkin holda bo‗lib, bosh barmoq va qolgan barmoqlar chiziq bo‗ylab qo‗yiladi. Bosh to‗g‗riga tutilgan, gavda bir oz ko‗tarilgan bo‗ladi. Tana og‗irligi qo‗llar va old yoq hamda orqa oyoq bukilgan tizzalariga beriladi. «Diqqat!» buyrug‗i bilan yuguruvchi old oyoq va gavda tiklanadi, orqa oyoq tizzasi yo‗lkadan uziladi. Bu bilan tana og‗irlik markazi oldga va tepaga siljiydi. Bel tos qismi elkadan 15-20 sm balandroq ko‗tariladi. Bunda tizzalarning bukilishi muhim bo‗lib hisoblanadi. Tizzaning etarli darajada bukilgan bo‗lishi bilan dastlabki tezlikni yuqori darajada bo‗lishiga erishiladi. YUgurish buyrug‗i berilishi bilan yuguruvchi startdan otilib chiqadi. Otilib chiqish tayanch va qadamlash oyog‗ining ketma ket kuch bilan qilgan harakati evaziga vujudga keladi. Oldindagi oyoq tayanch harakat yordamida depsinish bilan gavda tiklanib oldga olib chiqiladi. Orqadagi oyoq esa tizzada to‗g‗rilanib oldga katta qadam tashlanish bilan chiqib keladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling