Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Umumrivojlantiruvchi mashqlar


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Umumrivojlantiruvchi mashqlar: buyumlarsiz va buyumlar bilan mashqlar, 
sherigi yordami bilan mashqlar, mashqlarni qatorda, doirada va yurib, yugurib 
bajarish shakllari, doira bekatlarda mashqlar bajarish usullari o‗rgatiladi. 
Gimnastik devorda, gimnastika skameykasida mashqlar bajarish, raqs elementlari
bilan mashqlar bajarish tashkil etiladi. gantellar, to‗ldirma to‗plar bilan, gimnastik 
tayoqcha, arqoncha, rezina to‗p va espanderlar, xalqalar bilan mashqlar bajarish 
harakatlari o‗rgatiladi. 
Tirmashib chiqish: Gimnastik devorga tirmashib chiqish va arqonga 
tirmashib chiqish harakatlarini o‗rgatish. Gimnastik devorga tepaga chiqish va 
pastga tushish, yon tamonlarga yurish, sakrab chiqish va sakrab tushish, orqa bilan 
chiqish va orqa bilan tushish harakatlarga o‗rgatish. Arqonga uch usulda tirmashib 


153 
chiqish harakatlariga o‗rgatish. Arqonga qo‗llarda tortilib, arqonni oyoqlarda qisib 
tirmashib chiqish, oyoqlar yordamisiz qo‗llar kuchi bilan tirmashib chiqish
siltanib tirmashib chiqish usullariga o‗rgatish. 
Muvozanat saqlash mashqlari (qiz bolalar): Tekislikda muvozanat saqlash 
mashqlarini bajarish. Bir oyoqda turish, ―to‗pponcha shaklida o‗tirish, qaldirg‗och 
shaklida‖ turish. Gimnastik to‗sinda muvozanat saqlash mashqlarini bajarish. 
Gimnastik to‗sinda tik turish, sekin yurish, yugurish, sakrab yugurish, yon 
tamonlama yurish, bir oyoqda turish, ―to‗pponcha shaklida o‗tirish, qaldirg‗och 
shaklida‖ turish harakatlariga o‗rgatish. Gimnastik to‗sinda bir oyoqni osiltirib 
o‗tirish, ikki oyoqni osiltirib o‗tirish, yuz tuban yotish, orqa bilan yotish, gimnastik 
to‗sindan har hil shaklda sakrab tushish mashqlariga o‗rgatish. 
Tayanish mashqlari (o‘g‘il bolalar): YOnma yon brus‘yalarda sakrab 
chiqish, osilib chiqish, ixtiyoriy chiqish, oyoqlarni keng yozib o‗tirish, qo‗llarga 
tayanib oyoqlarni orqa va oldga harakatlantirish, elkalarga tayanib gavdani va 
yoqlarni tik tutib turish, oldiga yumalash, qo‗llarga tayanib turib oyoqlarni juft 
qilib burchak tutib turish, qo‗llarga tayanib silkinib yon tamonlardan tushish 
harakatlariga o‗rgatish. Dastakli ―ot‖ga tayanish mashqlaridan qo‗llarga tayangan 
holda oyoqlarni ketma ket va bir yo‗la yon tamonlarga silkitish, ketma ket 
silkinishda ―ot‖ atrofida oyoqlarni aylantirish, oyoqlarni har ikkala tamonga 
aylantirish, yon tamonlarga silkitish bilan sakrab tushish harakatlariga o‗rgatish. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling