Login parol tushunchalari Axborot xavfsizligi tushunchalari


Axborotning chiqib ketish texnik kanallari


Download 0.95 Mb.
bet16/18
Sana01.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1738465
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Reja axborot xavfsizliginingasosiy tushunchalari Axborot xavfsiz

Axborotning chiqib ketish texnik kanallari tasnifi
Ma’lumki, axborot maydon yoki moddiy buyum orqali uzatiladi. Bu akustik to‘lqin yoki elektromagnit nurlanish yoki matn joylashgan qog’oz varag’i bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda u yoki bu fizik maydonlardan foydalangan holda inson axborot uzatish tizimini yoki aloqa tizimini yaratadi. Aloqa tizimi, umuman olganda uzatkich, axborot uzatish kanali, qabul qilgich va axborotni qabul kiluvchidan tashkil topadi. Legal aloqa tizimlari axborotni qonuniy ravishda almashish uchun hosil qilinadi va qo‘llaniladi. Biroq axborot uzatishning fizik tabiatini inobatga olganda, ma’lum bir shartlarni bajarishda aloqa tizimida axborotni jo‘natuvchi va qabul qiluvchiga bog’liq bo‘lmagan holda axborotni uzatuvchi aloqa kanali – axborotning chiqib ketish texnik kanali vujudga kelishi mumkin.
Chiqib ketish – konfedentsial ma’lumotning tashkilot yoki ma’lum bir shaxslar doirasidan nazoratsiz chiqib ketishidir.
Texnik kanal orqali ma’lumotlarning chiqib ketishi fizik muhit orqali himoyalangan axborot tashuvchidan axborotni tutib oluvchi texnik vositaga axborotning nazoratsiz chiqib ketishi. Axborotning chiqib ketish texnik kanali (ACHKTK) xuddi axborotni uzatish kanali kabi signal manbai, uni tarqatuvchi fizik muhit va g’arazgo‘y kimsaning qabul qilgich qurilmasidan tashkil topadi. Axborotning chiqib ketish texnik kanali tuzilishi 11.1-rasmda keltirilgan.
11.1-rasm. Axborotning chiqib ketish texnik kanali tuzilishi
Axborotning chiqib ketish texnik kanallarini toifalashning asosiy belgisi sifatida axborot tashuvchining fizik tabiati olinadi. Ushbu belgiga ko‘ra ACHKTK quyidagilarga bo‘linadi:

  • optik;

  • radioelektron;

  • akustik;

  • moddiy-buyumli.

Elektromagnit maydon (fotonlar) optik kanalda axborot tashuvchi hisoblanadi. Optik to‘lqinlar diapazoni quyidagilarga bo‘linadi:

  • olis infraqizil diapazon 100-10 mkm (3-30 TGts);

  • o‘rta va yaqin infraqizil diapazon 10-0,76 mkm (30-400 TGts);

  • ko‘rinuvchi diapazon (ko‘k-yashil-qizil) 0,76-0,4 mkm (400-750 TGts).

Axborotni chiqib ketish radioelektron kanalida axborot tashuvchi sifatida radiodiapazondagi elektr, magnit va elektromagnit maydonlar, shuningdek, metall o‘tkazgichlarda tarqaluvchi elektr toki (elektronlar oqimi) foydalaniladi. Radioelektron kanalda chastota diapazoni bir necha o‘n GGts dan tovush chastotasigacha bo‘lgan sohani egallaydi.
Moddiy-buyumli kanalda axborotning chiqib ketishi nazorat qilinuvchi sohada himoyalangan axborotga ega moddiy tashuvchilarning noqonuniy tarqalishi oqibatida yuzaga keladi. Aksariyat hollarda bunday moddiy tashuvchilar–hujjatlarning qoralanma varianti yoki nusxa ko‘chirishda foydalanilgan qog’oz bo‘lishi mumkin. Axborotning chiqib ketish kanallarini yana axborotlashtirilganligiga ko‘ra toifalash mumkin, ya’ni axborotlashtirilgan, kam axborotlashtirilgan va axborotlashtirilmagan. Kanalning axborotlashtirilganligi undagi uzatilayotgan axborotlarning qimmatliligiga ko‘ra baholanadi.
Paydo bo‘lish vaqtiga ko‘ra kanallar: doimiy, davriy va epizodik (har zamonda) turlariga bo‘linadi. Doimiy kanalda axborotning chiqib ketishi deyarli doimiy xarakterga ega bo‘ladi. Epizodik kanallarda bu holat tasodifiy bir martalik xarakterga ega bo‘ladi.
Axborotning chiqib ketish texnik kanallari quyidagi tahdidlarni yuzaga keltirishi mumkin:

  • akustik axborotning chiqib ketish tahdidi;

  • ko‘rinuvchi axborotning chiqib ketish tahdidi;

  • kanallarga yondosh bo‘lgan elektromagnit nurlanish orqali chiqib ketish tahdidi.

Uzatish qurilmasi, tarqalish muhiti va qabul qilish qurilmasidan iborat bo‘lgan axborotning chiqib ketish kanali bir kanalli hisoblanadi. Biroq, ayrim hollarda axborotning chiqib ketishi murakkabroq yo‘l bilan – bir nechta ketma-ket yoki parallel kanallar orqali amalga oshiriladi. Bunda axborotning bir tashuvchidan boshqasiga yozib olish usulidan foydalaniladi. Masalan, biror xonada maxfiy suhbat olib borilayotganda, axborotning chiqib ketishi faqatgina oyna, devor, eshik orqali akustik kanal vositasida emas, balki lazer nuri orqali oyna vositasida ma’lumotni olish – optik kanal orqali yoki xonaga radioo‘rnashma qo‘yish bilan radioto‘lqinlarni tutib olib, so‘ngra uzatish vositasida – radioelektron kanal orqali amalga oshirilishi mumkin. Keyingi ikki holatda akustik va optik yoki akustik va radioelektron kanallardan iborat bo‘lgan tarkibiy kanal hosil bo‘ladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling