Логистика
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullaev A. Logistika amaliy mashg\'ulotlar o\'quv qo\'llanma Fergana AL-FERGANUS 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agrologistika
- Maqsad va vazifalar
9-
MAVZU Asosiy atamalar: Agrologistika, agrologistika infratuzilmasi, APK ta'minot zanjirini boshqarish, agrologik audit Reja: 1. Agrologistika tushunchasi, agrologistikaning maqsadi va vazifalari. 2. O'zbekistonda agrologistikani shakllantirish va qishloq xo'jaligi. 201 1. Agrologistika tushunchasi, agrologistikaning maqsadi va vazifalari. Logistika resurslardan oqilona foydalanish, mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish yo‘lida vaqt va pul sarflashni kamaytirish vositasidir. Moddiy oqimlarni sotib olish, tashish, saqlash va taqsimlash jarayonlarining samaradorligini oshirishda logistika imkoniyatlari butun dunyoda tan olingan va inson faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi. Agrologistika-marketing, tovarshunoslik va logistika chorrahasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xomashyolarni yetkazib berish zanjirlarini boshqarishga zamonaviy integratsiyalashgan yondashuvdir. Agrologistika infratuzilmasi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorining samaradorligini oshirish uchun zamonaviy infratuzilma obyektlari tarmog‘iga asoslangan zamonaviy agrologistika tizimini yaratish zarur. Infratuzilma qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.. Maqsad va vazifalar: * qishloq xo ‘jaligi xomashyosi, qishloq xo‘ jaligi mahsulotlari, dizel yoqilg‘isi, yonilg‘i-moylash materiallari moddiy oqimlarini ratsionalizatsiya qilish va optimallashtirish, asbob-uskunalar va qishloq xo‘ jaligi texnikalarini yetkazib berish, shuningdek xo ‘ jalik ichidagi ishlab chiqarishni ratsionalizatsiya qilish; * korporativ va hududiy bo‘limlarda barqaror ta’minot va sotish tizimini yaratish; * qishloq xo ‘ jaligi mahsulotlarini territorial va xalqaro tovar ayirboshlashning barqaror tizimini yaratish; *qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil olib borish uchun keng imkoniyatlar; * qishloq xo ‘jaligi mahsulotlarini avtomatik identifikatsiyalash tizimini joriy etish hisobiga innovatsiya faoliyatining keskin o‘ sishi; * samarasiz vositachilarning savdo tarmog‘idan chiqishi; * mahsulotlarni kerakli joyga va o‘z vaqtida yetkazib berish prinsipini amalga oshirish; * aylanma mablag‘lardan oqilona foydalanish; * qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlanishini yaxshilash va ularga zarar yetkazishni kamaytirish; * qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va tashishda samarasiz ishlarni kamaytirish orqali xarajatlarni tejash; Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling