Logoritmik mashg’ulotlarida nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar fonematik idrokini rivojlantirish usullari


Logoritmik mashg’ulotlarning maqsadi va vazifalari


Download 132 Kb.
bet4/8
Sana24.12.2022
Hajmi132 Kb.
#1051534
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Logoritmik mashg’ulotlarida nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar fonematik idrokini rivojlantirish usullari

1.2 Logoritmik mashg’ulotlarning maqsadi va vazifalari
Logopedik ritmikaning obyekti nutqiy nuqson, nutqida patologiyasi bo‘lgan shaxslarda nutqiy buzilishlar va nutqqa taalluqli bo‘lmagan psixik funksiyalar tuzilmalari hisoblanadi.
Predmeti – psixomotorli, sensor funksiyalar va harakat tizimining turli-tuman buzilishlarini musiqa hamda so‘z bilan uyqunlashtirish.
Maqsadi – nutqiy buzilishlarni nutqiy va nutqiy bo‘lmagan psixik funksiyalar va yakuniy natijada insonning tashqi va ichki muqitga moslashuvini korrektsiya qilish hamda rivojlantirish yo‘li bilan bartaraf etish.
Logopedik ritmikaning vazifalari soglomlashtiruvchi, ta’limiy (anglash), tarbiyalovchi, korrektsiyalovchi sifatida belgilanadi.
Nutqida buzilishi bo‘lgan odamlarda sog‘lomlashtiruvchi vazifani qal qilish natijasida suyak-muskul apparatlari mustaqkamlanadi, nafas olish, motor, sensor funksiyalar rivojlanadi, muvozanat tuyg‘usi, to‘g‘ri qad-qomat, qadam tashlash, chiroyli harakat tarbiyalanadi.
Ta’lim beruvchi vazifaning amalga oshirilishi harakat malakasi va ko‘nikmasining shakllanishiga, makon tasavvurlari va qobiliyati ixtiyoriy ravishda borliqda boshqa odamlar va predmetlarga nisbatan siljish, epchillik, kuch, chidamlilik, bir harakatdan boshqasiga o‘tish, harakatlarning uyqunlashuvi, tashkilotchilik qobiliyatining rivojlanishiga imkon beradi. Ta’limiy vazifalarni amalga oshirishda nutqiy patologiyasi bo‘lgan odamlar metroritmika, musiqiy madaniyat, musiqiy fonematik idrok va ta’sirchanlik soxasidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtiradilar. Tarbiyaviy vazifalarni qal qilish nutqiy patologiyasi bo‘lgan odamlarda aqliy, ma’naviy, estetik va meqnat tarbiyasida yordam ko‘rsatadi. Tarbiyaviy vazifalarni xal qilish aynan quyidagilarga ko‘maklashadi:
Ohangni sezish, musiqada, harakatda va nutqda ohang ta’sirchanligini xis qilish qobiliyatini rivojlantirish; musiqiy obrazlar va malakani ushbu obraz bilan mos ravishda ohangli, ta’sirchan harakatlantira olish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni yangicha shakl olishni uddalash, badiiy-ijodiy qobiliyatni ko‘rsata olish;
ijobiy shaxsiy sifatlar, jamoatchilik tuyg‘usi, turli faoliyat turlarining qoidalarini o‘rganish va boshqalarni tarbiyalash.
Mashg‘ulotlarning korreksion yo‘nalishi nutqiy buzilishlar mexanizmi va tuzilmalarini, logopedik ishning bosqichliligi va majmuaviyligini hisobga olishni shart qilib qo‘yadi. Logoped patsiyentning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini, uning harakat tizimi qolatini, nutqiy va nutqiy bo‘lmagan jarayonlarning buzilish xarakteri va darajasini: praksis, gnozis jarayoni, eshitish va ko‘rish idroki, diqqati, xotirasi va q.k. larni inobatga oladi.


Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling