Lok va bo'yoq materiallarning asosiy tarkibiy qismlari
Download 0.63 Mb.
|
Lok- boʻyoq 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asfaltbitum loklar
Asfaltbitum loklar neft bitumi, toshko‘mir qumining benzinda eritilgani, skipidar, solvant-naft eritmalarining aralashmasidir. Qattiq bitumlarni yuqori harorat (110-120oS) da eritib asfalbitum loklarini tayyorlash mumkin. Asfaltbitum loklari arzon xom ashyodan olinadi.ular namlik, kimyoviy ta’sirga chidamli va elektroizolyatsiya xususiyatlarga ega bo‘lgan yaltiroq, qora parda hosil bo‘ladi. Bu loklar temir ashyolarni zanglashdan, yog‘ochni chirishdan himoyalash uchun ishlatiladi.
Asfaltbitum loklarining kamchiligi- ular issiqqa chidamsiz, oftob nuri ta’sirida loklangan yuza yoriladi. Bu kamchilik asfaltbitum loklariga polimer smolasi,yog‘ va kanifol mahsulotlarini aralashtirish natijasida bartaraf etiladi. Asfaltbitum moyli loklarini 280o S haroratda bitum va o‘simlik moyi yoki kanifolni qayta ishlashdan chiqqan mahsulotlarni eritishda sikkativalarni qo‘shish va sovutish, keyin eritgichlarda eritish natijasida hosil qilishadi.Kanifol mahsulotlarini asfaltbitum loklariga aralashtirish natijasida lok pardani xususiyatlari yaxshilanadi.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling