Lotin tili hind-yevropa tiliga mansubdir
Download 264 Kb.
|
lotin t-ma'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- QARSHI-2009 Mavzu: Lotin tilining tarixi haqida ma’lumot. Alfavit. Unlilar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI XORIJIY TILLAR FAKULTETI FRANSUZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI BIRINCHI BOSQICH TALABALARI UCHUN LOTIN TILI FANIDAN MA’RUZA MATNI QARSHI-2009 Mavzu: Lotin tilining tarixi haqida ma’lumot. Alfavit. Unlilar. Lotin tili hind-yevropa tillar oilasiga mansubdir. Bu tillar guruhiga yana slavyan, boltiq, german, eron, hind, qadimgi va yangi grek tillari kiradi. Qadimgi oslar va umbrlar tillari bilan birgalikda lotin tili hind-yevropa tillari guruhining italyan qismini tashkil etadi. Tarixiy rivojlanish jarayonida qadimgi Italiyada lotin tili boshqa tillarni muomaladan siqib chiqara boshlaydi va asta-sekin O‘rta yer dengizining g‘arbiy hududida asosiy til sifatida foydalanila boshlaydi. Lotin tilini taqqoslab o‘rganish davomida uni hind-yevropa tillari bilan aloqadorligi aniqlangan. Hind-yevropa tillarining asosi bir tildan kelib chiqqanligi,lotin tili so‘z tarkibining yangi yevropa tillari bilan o‘xshashligi kuzatiladi. Masalan: Lotin tilida Rus tilida Nemis tilida Ingliz tilida Fransuz tilida frater брaт bruder brother frère mater мать mutter mother mère tres три drei three trois est есть ist is est Lotin tilining tarixiy rivojlanishida bir nechta bosqichlar mavjud. Eramizdan avvalgi I – ming yillikning boshlarida lotin tilida (lingua Latina) Tibrning quyi oqimida, Apennin yarim orolining markaziy qismi g’arbida joylashgan Latsiya (Látium) viloyatining uncha katta bo‘lmagan hududi aholisi gaplashgan. Latsiyada yashovchi qabilani lotinlar(Latini),tilini esa lotin tili deb atashgan.Viloyatning markazi Rim (Róma) shahri bo’ldi.Uni atrofida joylashib olgan italyan qabilalari esa o’zlarini rimliklar (Románi) deb atashdi. Hozirda topilgan lotin tilining qadimiy yozma yodgorliklari taxminan eramizdan avvalgi VI asr oxiri V asr boshlariga tegishlidir.Adabiy til sohasida arxaik davrning yirik vakili bo’lgan qadimiy rimlik komediograf Plavtning (er.avv.254-184yy) bizgacha 20 ta komediyasi butunligicha,1 tasidan bir parcha yetib kelgan.Plavt komediyasi lug’at tarkibi va tilining fonetik qurilishi sezilarli darajada er.avv.I asrdan to eramizning I asrigacha bo’lgan davrdagi klassik lotin tili normalariga yaqinlashadi.
(er.av.43-eramizning18)larning poetik asarlarining adabiy tili nazarda tutiladi. Aynan o’sha davrdagi adabiy lotin tili hozirda fan sifatida o’quv muassasalarimizda o’qitilayapti. Er.avv.II asr oxiriga kelib lotin tili nafaqat Italiya hududida,balki,rasmiy davlat tili sifatida aholisi kelib chiqishi rimliklar bo’lgan Pireney yarim oroli ,hozirgi Fransiyada hukmronlik qila boshladi. Lotin tili va uning muloqot shakli rimlik askarlar va savdogarlar orqali egallangan hududlarning samarali romanlashuvi vositasidan biri bo’ldi. Lotin tilining mahalliy lotin tili nomi bilan yuritiladigan so’zlashuv shakli umumiy nom bilan roman tillari deb ataluvchi yangi milliy tillarning asosi bo’ldi. XVIII asrga qadar lotin tili diplomaitya va xalqaro fan tili bo’lib keldi. Va nihoyat lotin tili qadimgi grek tili bilan bir qatorda uzoq o’tmishdan to hozirgi davrgacha xalqaro ijtimoiy – siyosiy va ilmiy atamalar ta’limi uchun manba bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Download 264 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling