¯(ā) cho‘ziq unlilarga qo‘yiladigan, ˘(ă) esa qisqa unlilarga qo‘yiladigan belgi.
Lotin tilida unlilarning cho‘ziq va qisqaligiga qarab so‘zlarning ma’nosi anglanadi.
Masalan: Līber – ozod
Lĭber – kitob
Sēro – kech
Sĕro – men ekayapman.
Shuningdek, unlilarning qisqa va cho‘ziqligi fe’llarning zamonini anglatib, ko‘p hollarda urg‘uning o‘rnini belgilagan.
Masalan: Vĕnit – u kelyapti ( qisqa unli ).
Vēnit – u keldi ( cho‘ziq unli ).
Lotin tilining rivojlanib borishi natijasida esa cho‘ziq va qisqa unlilar soni qisqarib borgan. Hozirda esa lotin tilini o‘qishda ular ishlatilmaydi.
Lotin alfavitida monoftonglar (bir unli) bor.Ular 6 ta:a,e,I,o,y,u.
Ammo ularning soni dastlab 12 tani tashkil etgan, ya’ni 6 ta cho‘ziq
va 6 ta qisqa unli bo‘lgan.
Unlilarning qisqaligini ajratishning qoidasi bor:
bir bo‘g‘indan ko‘p bo‘lgan so‘zlarda har qanday cho‘ziq unli oxirgi yopiq bo‘g‘inda oxirgi undosh oldida, faqat ─S undoshidan boshqa undoshlar oldida qisqaradi.
Masalan: Ornāre fe’li ( bezamoq ).
I shaxsda = ornā
II shaxsda = ornās
III shaxsda = ornāt
Shuningdek, lotin tilida diftonglar(2turli unlidan iborat ) mavjud.
Ular 4 ta : au, ea, ae, oe. Ular har doim cho‘ziq talaffuz etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |