Undoshlar. Urg`u qoidasi . Asosiy fonetik qoidalar.
Undoshlar(Consonantes)
1.Lotin tilining klassik davrida C harfi barcha holatlarda [k] tovushini berar edi. Buni esa nemis tiliga,lotin tilining klassik davridan kirib kelgan so‘zlarda ko‘rish mumkin.
Masalan :
Nemis tilida : Lotin tilida :
Kirsche Cerasum[kérasum] -olcha.
Keller Cellarium[kellarium]-xona,omborxona.
Eramizning IV-V asrlarida lotin tilida [k] tovushini e va I harflari oldida [ts] afrikatiga aylanishi paydo bo‘ldi, keyinchalik bu hol keng tarqaldi.C harfi talaffuzida fransuz va ingliz tillarida yuqoridagi holat o’z aksini topadi. Nemis tilida esa lotin tilidan kirib kelgan so‘zlarda seziladi, ikki xil harflar paydo bo‘ladi: K- antik davrlardan olingan so‘zlarda, Z- esa o‘rta asrlarda kitobiy tilda.
Hozirgi davrga kelib C harfining ikki xil o‘qilish yo‘li bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |