Bo’g’in.
Lotin tilida bo’g’inlar soni so’zdagi unlilar soniga qarab belgilanadi.Bo’g’in ko’chirish:
Bir undosh oldida (shuningdek qu oldida) quyidagicha bo‘ladi:
Masalan: ró – sa = atirgul , á – qua = suv ,
au – rum = oltin , Eu-ro-pa=Yevropa;
Muta cum luiquida birikmalari oldida va oxirgi undoshning boshqa undoshlar bilan birikmalari oldida
Masalan: pá – tri – a =vatan, sa – git –ta= kamon o‘qi,
for-tu-na=taqdir, punc-tum=nuqta
dis-ci-pli-na=fan,tartib;a-gri-co-la=yer bo’luvchi
Til o‘rta tovushi j (йoтa ) ikki unli o‘rtasida cho‘zib, qo‘shib o‘qilgan va ikki bo‘g‘in orasida joylashgan.
Masalan: pejor = pej – jor ( yomonroq , yomon)
Pristavka(old qo’shimcha) aniq ajratib qo’yiladi:
Masalan: de – scén – do = tushayapman.
Abs –cé –do = chekinayapman,
Ab-es-se =qatnashmaslik.
Bo’g’inlar ochiq(unli bilan tugasa) va yopiq(undosh bilan
tugasa) bo’ladi.
Bo‘g‘in soni.
Klassik lotin tilida har qaysi bo‘g‘in o‘zining soniga qarab cho‘ziq yoki qisqa bo‘ladi.
Qisqa unli bilan kelgan ochiq bo‘g‘in qisqa bo‘g‘in hisoblanadi.
Qolgan boshqa bo‘g‘inlar cho‘ziq bo‘g‘inlar hisoblanadi.
(Tarkibida qisqa unli bo‘lgan yopiq bo‘g‘in cho‘ziq bo‘ladi, chunki oxirgi undosh cho‘zib o‘qiladi yoki talaffuzi vaqt talab qiladi.) Masalan: Vi – ă = yo‘l =bu so‘zda Vi – qisqa,chunki unlisi unlidan oldin kelgan.
Pǐ-lă =koptok ochiq bo’g’inlar pǐ-va –lă qisqa,chunki ulardagi unlilar o’zi qisqa bo’lib, ˘ belgi bilan ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |