Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami
Download 4.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqal\'a-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- MOTIV VA MOTIVATSIYA, HAMDA ULARNING FARQLARI Annotasiya
PARDAYEV XUMOYUN FARXOD O'G'LI
2000 -yil 31-mayda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida tavallud topgan. Hozirgi kunda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Yoshlar psixologiyasi yoʻnalishi talabasi. MOTIV VA MOTIVATSIYA, HAMDA ULARNING FARQLARI Annotasiya: Ushbu maqola motiv va motivatsiya haqida, ularning farqlanishi, motivatsiyaning foydali tomonlari va insonlardagi motivatsiyalar haqida maʼlumot berilgan. Kalit soʻzlari: motiv, motivatsiya, xulq-atvor, inson, maqsad, xatti-harakatlar. Abstract: This article provides information about motive and motivation, their differences, the benefits of motivation, and motivations in people. 185 Key words: motive, motivation, behavior, person, purpose, behavior Rus olimi V. I. Kovalyov motivlarni ehtiyotlarni aks ettirishning eng yuqori shaklida yuzaga keladigan xatti-harakatlar va faoliyatning ongli motivatsiyalari sifatida aniqlaydi, yaʼni ularning xabardorligi. Ushbu taʼrifdan kelib chiqadiki, sabab ongli ehtiyojdir. Motivatsiya ehtiyojlarni qondirish istagi sifatida qaraladi. B. V. Zeygarnik, K. Levin va boshqalar – niyat ragʻbatlantiruvchi kuch, kuchli irodali harakat ekanligiga asoslanib, u motivatsiya va motivlar bilan chambarchas bogʻliq deb taxmin qilishadi. R. A. Pilayan, J. Gilford, E. R. Xilgard motiv ostidagi insonning har qanday holati, uni harakatga yoki harakatsizlikka majburlashi deyishadi. Ushbu olimlar motiv va motivatsiya haqida va uning qanday paydo boʻlishi, nimaga asoslanib paydo boʻlishi haqida oʻzlarining fikrlarini bildirib oʻtishgan. Juda koʻp insonlarda shunday savol bor: motiv va motivatsiyaning farqi nimada, ular qanday farqlanadi?! Ushbu fikrlarimiz orqali oz boʻlsa ham bu haqida maʼlumotga ega boʻlasiz. Motiv – inson xulq-atvorining ichki batqarorligi, harakatga undovchi tushunchadir. Motiv psixologiyada inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj. Motiv shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyot va inktinkt, mayl va hissiyot, idealar va boshqalar motivlar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida motiv atamasi subʼyekt yaʼni kishilarni faollashtiruvchi kuch, turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. Xatti-harakatlar va faoliyat motivlarning majmuasi motivatsiya deyiladi. Motiv ehtiyot negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini taʼminlaydi. Baʼzan motiv tushunchasini ―emotsiya‖, ―maqsad‖, ―ustanovka‖ atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qoʻzgʻovchi, undovchi tushunchali bilan ham adashtirishadi. ―Motivatsiya‖ tushunchasi ―motiv‖ tushunchasidan kengroq maʼno va mazmunga ega. Motivatsiya inson xulq-atvori, uning bogʻlanishi, yoʻnalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Motivatsiya – lotincha ―movere‖ harakatga turtki; insonning xatti-harakatlarini boshqaradigan, uning yoʻnalishini, tashkilotini, faoliyati va barqarorligini belgilaydigan fiziologik va psixologik rejaning dinamik jarayoni, insonning ehtiyojlarini faol ravishda qondirish qobilyati. Insonlarda motivatsiyaning bir necha turlari mavjud. Misol uchun ichki va tashqi motivatsiyalar. • Ichki motivatsiyalar – xatti-harakat egasining subʼektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (ehtiyojlar, maqsadlar, moʻljallar, istaklar, qiziqishlar va boshqalar). Ichki motivatsiya insonlarning tashqi taʼsirlar tufayli emas oʻzining ichki 186 his-tuygʻulari, maqsadlari, istaklari tufayli paydo boʻladi va samara berish jihati kuchli boʻladi. Tashqi motivatsiyadan koʻra ichki motivatsiyaning taʼsir qilishi kuchli boʻladi. • Tashqi motivatsiya – tashqi sabablar faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va harakatlariga aytiladi. Tashqi motivatsiyalar insonlarga tashqi tarafdan taʼsir oʻtkazishi natijasida yuzaga keladi. Tashqi motivatsiyalar soʻnuvchan xususiyatga ega boʻlib vaqt oʻtgach oʻz kuchini yoʻqotadi. Yaʼni tashqi motivatsiya ichki motivatsiyadan koʻra ancha taʼsir doirasi kuchsiz boʻladi. Misol uchun televizor yoki internet tarmoqlari orqali olgan motivatsiyaningiz baʼzan 2-3 kundan soʻng oʻz taʼsirini yoʻqotadi. Mening fikrimcha, barcha insonlarga motivatsiya zarur, aynan oʻsha motivatsiya tufayli insonlar biron ishni qilishga qodir hisoblanishadi. Download 4.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling