Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti a. Xudaynazarov
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.4. TIZIMNING TASHQI VA ICHKI MUHIT OMILLARINI ANIQLASH, UNING MUAMMOVIY HOLATINI TASVIRLASH VA
- SWOT-tahlili usulining afzalliklari
- SWOT-tahlili usulining kamchiliklari
- SWOT-tahlilining maqsadi, vazifalari va bosqichlari
- SWOT-tahlilining maqsadi
- SWOT-tahlili bosqichlari
- SWOT-tahlili usulining amalda qo‘llanilishi
- Misol. A mamlakatining B universitetidagi barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim sifatining SWOT-tahlili.
- Ichki muhit omillari Tashqi muhit omillari Kuchli tomonlar Imkoniyatlar
- Zaif tomonlar Tahdidlar
Misol. Buxoro viloyatining huquqiy sohasi hususiyatlarini yaxshi biladigan tajribali 10 ta yurist-ekspertlar guruhi to‘rtta elementdan iborat bo‘lgan anketani to‘ldirib chiqishlari kerak. t/r Element B a ho (ek sp er t to m o n id an b er ilad i) Y u ristni ng ko mp et ent lig i ko ef fit sient i (0 d an 5 or alig ‘id a ek sp er t o‘ zig a b ah o b er ad i) B a ho ni a so sla sh (y o zm a r av is h d a ek sp er t to m o n id an to ‘ld ir ilad i) B a ho nin g a so sla ng a nli g i da r a ja si (0 d an 5 or alig ‘id a, ta d q iq o tc h i to m o n id an am alg a o sh ir ilad i) 1 Buxoro viloyatida huquqiy madaniyat qay darajada? (0 dan 5 ball orasida tanlang: 1 – “juda qoniqarsiz”, 2 – “qoniqarsiz”, 3 – “qoniqarli”, 4 – “yaxshi”, 5 – “a’lo”) 2 Buxoro viloyatida kelasi yilda jinoyatlarning necha foizi ochilishi kutiladi? 3 Buxoro viloyati sud’yasi lavozimiga da’vogar Eshmatov T. 144 ning malakasiga baho bering (0 dan 5 ball orasida tanlang: 1 – “juda qoniqarsiz”, 2 – “qoniqarsiz”, 3 – “qoniqarli”, 4 – “yaxshi”, 5 – “a’lo”) 4 Buxoro viloyati sud’yasi lavozimiga da’vogar Toshmatov E. ning malakasiga baho bering (0 dan 5 ball orasida tanlang: 1 – “juda qoniqarsiz”, 2 – “qoniqarsiz”, 3 – “qoniqarli”, 4 – “yaxshi”, 5 – “a’lo”) Faraz qilaylik, 10 ta ekspert anketadagi to‘rtta elementni baholashdi va quyidagi natijalar olindi. 0,8 0,9 0,85 3 60 5 1 2,55 51 4,25 0,85 0,5 0,4 0,45 5 70 1 5 2,25 31,5 0,45 2,25 1 0,9 0,95 4 40 4 4 3,8 38 3,8 3,8 0,9 0,9 0,90 4 50 1 2 3,6 45 0,9 1,8 0,8 1 0,90 4 90 4 4 3,6 81 3,6 3,6 0,8 0,7 0,75 3 95 5 1 2,25 71,25 3,75 0,75 0,7 0,8 0,75 4 48 3 5 3 36 2,25 3,75 0,5 0,5 0,50 5 55 2 3 2,5 27,5 1 1,5 0,6 0,6 0,60 3 60 2 2 1,8 36 1,2 1,2 0,5 0,6 0,55 4 70 4 5 2,2 38,5 2,2 2,75 27,55 455,75 23,4 22,25 7,2 3,83 63,30 3,25 3,09 0,64 18,03 1,44 1,52 16,66 28,49 44,19 49,27 145 Anketaning ikkita savoliga ishonchi baholar olindi, chunki ularning variatsiya koeffitsientlari 33% dan kam chiqdi. Buxoro viloyatida aholining huquqiy madaniyati darajasi “yaxshi” bahoni, jinoyatlarning keyingi yilda fosh qilinishi darajasi esa 63,3% tashkil etishi bashorat qilindi, ya’ni va . Mos ravishda, va . Endi qolgan ikkita elementning bahosi ishonchligi etarli bo‘lmaganligi sababli, so‘rovning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. Balki birinchi bosqichda ekspertlarda, sud’yalikka ikkita nomzod haqida ma’lumot etarli bo‘lmagandir. Ekspertlarga olingan natijalar taqdim etiladi. Ma’lumki, o‘rta bahodan ancha pastroq yoki ancha yuqoriroq baho bergan ekspertning ishonchliligi past bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda, ushbu ishonchlilikni oshirish uchun, o‘rta bahodan ancha pastroq baho bergan ekspertlarga o‘rta bahodan ancha yuqoriroq baho bergan ekspertlarlarning asosnomalari alohida taqdim etiladi. Anketada faqatgina ikkita element qoldiriladi. t/r Element B a ho (ek sp er t to m o n id an b er ilad i) Y u ristni ng ko mp et ent lig i ko ef fit sient i (0 d an 5 or alig ‘id a ek sp er t o‘ zig a b ah o b er ad i) B a ho ni a so sla sh (y o zm a rav is h d a ek sp er t to m o n id an to ‘ld ir ilad i) B a ho nin g a so sla ng a nli g i da r a ja si (0 d an 5 or alig ‘id a, ta d q iq o tc h i to m o n id an am alg a o sh ir ilad i) 3 Buxoro viloyati sud’yasi lavozimiga da’vogar Eshmatov T. ning malakasiga baho bering (0 dan 5 ball orasida tanlang: 1 – “juda qoniqarsiz”, 2 – “qoniqarsiz”, 3 – “qoniqarli”, 4 – “yaxshi”, 5 – “a’lo”) 4 Buxoro viloyati sud’yasi lavozimiga da’vogar Toshmatov E. ning malakasiga baho bering (0 dan 5 ball orasida tanlang: 1 – “juda qoniqarsiz”, 2 – “qoniqarsiz”, 3 – “qoniqarli”, 4 – “yaxshi”, 5 – “a’lo”) So‘ng qaytadan anonim so‘rov o‘tkaziladi. Balki ayrim ekspertlar oldingi bergan baholarini o‘zgartirmasdan yana berishadi, ayrimlari esa boshqalarning asosnomalarini o‘qib chiqib, o‘z kompetentliligini oshirib, fikrlarini o‘zgartirishadi va elementlarga yangi baho berishadi. Quyidagi natijalar olindi deb faraz qilamiz . 0,8 0,9 0,85 5 2 4,25 1,7 0,37 0,08 0,6 0,6 0,6 4 2 2,4 1,2 0,07 0,06 1 0,9 0,95 5 3 4,75 2,85 0,41 0,46 0,9 0,9 0,9 4 1 3,6 0,9 0,11 1,53 146 0,8 1 0,9 5 3 4,5 2,7 0,39 0,43 0,8 0,7 0,75 5 2 3,75 1,5 0,32 0,07 0,7 0,8 0,75 4 3 3 2,25 0,09 0,36 0,7 0,6 0,65 3 2 1,95 1,3 1,17 0,06 0,8 0,8 0,8 3 2 2,4 1,6 1,44 0,07 0,7 0,7 0,7 5 3 3,5 2,1 0,30 0,34 7,85 34,1 18,1 4,34 2,31 4,67 3,47 0,60 0,44 0,77 0,66 17,76 28,82 Anketaning uchinchi va to‘rtinchi elementi uchun ishonchi baholar olindi, chunki ularning variatsiya koeffitsientlari 33% dan kam chiqdi. Buxoro viloyatida sud’yalikka da’vogar qiluvchi Eshmatov T. ning malakasiga berilgan o‘rta baho 4,34 ni, Toshmatov E. ga berilgan o‘rta baho esa 2,31 ni tashkil qildi, ya’ni va . Mos ravishda, va . Ko‘rib turganimizdek, Delfi usuli ekspertli baholashning mukammal usullaridan biridir. Shu bilan birga, mazkur baholash usuli quyidagi kamchiliklarga ega: - ekspertlar malakasi bir hil bo‘lmasligining baholash natijalariga ta’siri; - ekspertlarga etarli boshlang‘ich ma’lumot taqdim etilmaganligi; - savollarni aniq va ravshan tuzish doimo ham qo‘ldan kelmaydi; - ba’zi ekspertlar yuzaki tahlil asosida baho berishadi; - pessimizm, optimizm yoki boshqa emotsional omillarning natijaga ta’siri; - ekspertlarning javob berishda xolis bo‘lmasligi; - tashkiliy jihatdan yuzaga kelgan kamchiliklar. Shunday qilib, biz mazkur misolda Delfi usuli yordamida nafaqat ko‘rsatkichning joriy qiymatini baholashni, balki uni bashorat qilishni o‘rgandik. Bundan tashqari, muqobil qarorlar ichidan maqbulini tanlashni ham misolda ko‘rdik. 10.4. TIZIMNING TASHQI VA ICHKI MUHIT OMILLARINI ANIQLASH, UNING MUAMMOVIY HOLATINI TASVIRLASH VA 147 STRATEGIYALARNI ISHLAB CHIQISH: SWOT-TAHLILI USULI. SWOT-tahlil - tizimning ichki va tashqi muhiti omillarini aniqlashga yo‘naltirilgan operativ baholash, hamda strategik rejalashtirish usuli. Agar tizim omillarga ta’sir qila olsa, bunday omillar ichki omillar deyiladi. Agar tizim omillarni o‘zgartirishga qodir bo‘lmasa, u holda bunday omillar tashqi omillar deb ataladi. Agar tashqi omillar ehtimollik bilan yuzaga kelsa, u holda tavakkalli tashqi muhit haqida gapirsa bo‘ladi. Demak, mazkur tahlil usuli tavakkallarni aniqlashga ham yordam beradi. Tizimning barcha ichki omillari - kuchli tomonlar (strengths) va zaif tomonlar (weaknesses) ga bo‘linadi. Tizimning barcha tashqi omillari esa - imkoniyatlar (opportunities) va tahdidlar (threats) ga bo‘linadi. SWOT-tahlili usulining afzalliklari: - usuldan foydalanish maxsus bilimni talab qilmaydi; - maqsadlarga ko‘ra tizimning tahlil qilinayotgan elementlarini tanlash bemalol kechadi (masalan, shaharni jinoyatchilik yoki huquqiy madaniyat holati nuqtai nazar tahlil qilish); - Tizimning ob’ektlari turlicha bo‘lishi mumkin: shaxs, tashkilot, shahar, viloyat, mamlakat va xok. - Miqdoriy ma’lumot yo‘qligida ushbu usul sifatiy tahlil qilish imkoniyatini beradi. SWOT-tahlili usulining kamchiliklari: - faqat umumiy omillar aniqlanadi va maqsadga erishish chora- tadbirlari alohida ishlab chiqilishi zarur; - agar mazkur usul qo‘llanishi davomida, malakali mutaxassislarning fikrlari inobatga olinmasa, tahlil natijalari sub’ektiv bo‘lishi mumkin; - omillar kreativ tarzda aniqlanadi va gohida omillar orasida birinchi va ikkinchi darajali omillar paydo bo‘lib qoladi; - ushbu usul faqatgina muammoning boshlang‘ich tahlilida qo‘llanilishi mumkin; - tahlil ko‘proq holatning statik ko‘rinishini beradi, uning dinamik ko‘rinishi esa chuqur tahlil qilinmay qoladi; - miqdoriy ma’lumot mavjudligida ushbu usul faqatgina sifatiy tasvirlash bilan cheklanib qoladi; - ushbu tahlil ko‘pincha sub’ektiv bo‘lib, uni olib boruvchining dunyoqarashi va kasbiy tajribasiga bog‘liq bo‘ladi; - ushbu usulning samarasini oshirish uchun turli sohalarga oid ma’lumotlar (sohalararo axborot) kerak bo‘ladi, ammo mutaxassislar 148 bilimi ko‘proq bir sohaga yaqin bo‘lganligi tufayli ko‘pincha bunga imkoniyat bo‘lmaydi. SWOT-tahlilining maqsadi, vazifalari va bosqichlari. SWOT-tahlili aqliy hujumdan so‘ng o‘tkazilishi tavsiya etiladi, chunki aqliy hujum natijasida tizimning maqsadlari, muammoviy holati va muammoning sabablari aniqlanadi. Bu sabablar ichki muhit va tashqi muhit omillariga bo‘linadi. SWOT-tahlilining maqsadi – chora-tadbirlar va ularning bajarilishi rejasini ishlab chiqish yoki ishlab chiqishga ko‘maklashish. SWOT-tahlilining vazifalari – vaziyatni tizimli ravishda tasvirlab berish, muammoviy holat to‘g‘risida xulosalar chiqarish va strategik harakatlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqarishdir. Demak, ushbu usul muammoviy vaziyatni tahlil qilib, uni to‘g‘ri yoritib berishga, hamda strategiyalarni (qarorlarni) ishlab chiqishga qaratilgan. Rasm 10.6. SWOT-tahlili bosqichlari SWOT-tahlilda maxsus strategiyalar matritsasi qurilib, turli strategiyalar ko‘rsatib beriladi. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu usulning amaliy ahamiyatini yanada oshiradi va shu tariqa eng to‘g‘ri strategiyani tanlash juda oson kechadi. SWOT-tahlili bosqichlari quyidagilardan iborat: 149 1) boshida tashqi muhit tahlil qilinadi, uning elementlari aniqlanadi va tizimga ta’sir etuvchi tashqi muhit omillari tahdid va imkoniyatlarga ajratiladi; 2) so‘ng tashqi muhit omillari ta’siri sharoitida ichki muhit tahlili amalga oshiriladi, ya’ni ichki muhit elementlari aniqlangach, elementlar doirasidagi ichki muhit omillari kuchli va zaif tomonlarga ajratiladi; 3) keyingi bosqichda SWOT-matritsasi qurilib, strategiyalar to‘plami aniqlanadi; strategiyalar baholangcha, eng yaxshi strategiya to‘g‘risida xulosa qilinadi va uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar taklif etiladi. Jadval 10.2. SWOT-matritsasi Barcha omillar ustuvorligiga qarab joylashtiriladi: ustuvorlik ballar bilan o‘lchanadi. Shu bilan birga, tashqi muhit omillarining ustuvorliklaridan tashqari ehtimolliklari ham baholanadi. Ehtimolliklar – “yuqori ehtimolli”, “o‘rta ehtimolli” va “past ehtimolli” kabi tushunchalar yordamida baholanishi mumkin. SWOT-matritsasi qurilganda maxsus to‘rt katakli jadval qurililib, uning ustunlarida tashqi muhit omillari – imkoniyatlar va tahdidlar kesimida – ko‘rsatiladi, uning qatorlarida esa ichki muhit omillari – kuchli va zaif tomonlar kesimida – ko‘rsatiladi. Mazkur matritsadagi kataklar ma’nosi quyidagicha talqin etiladi: 150 - KI katagi tashqi muhit imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida qanaqa kuchli tomonlaridan foydalanish lozimligini ko‘rsatadi; - ZI katagi tashqi muhit imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida qanaqa zaif tomonlarni bartaraf etish lozimligini ko‘rsatadi; - KT katagi tashqi muhit tahdidlaridan samarali saqlanish maqsadida qanaqa kuchli tomonlaridan foydalanish lozimligini ko‘rsatadi; - ZT katagi tashqi muhit tahdidlaridan samarali saqlanish maqsadida qanaqa qanaqa zaif tomonlarni bartaraf etish lozimligini ko‘rsatadi. Jadval 10.3. SWOT-matritsasi: umumiy sxema SWOT-tahlili usulining amalda qo‘llanilishi. Professor- o‘qituvchilar keyslarni ishlab chiqishda SWOT-tahlili usulidan foydalanishlari va uning asosida yechimlar (chora-tadbirlar, qarorlar, strategiyalar) ni taklif qilishni talabalarning o‘ziga qo‘yib berishlari mumkin. Bakalavriat va magistratura bitiruvchilari o‘z bitiruv-malakaviy ishlarining maxsus bobida - ko‘pincha, ikkinchi bobda - o‘rganish predmetiga oid muammoviy holatni mazkur usul yordamida tasvirlab berishlari, keyingi bobda esa – chora-tadbirlar to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqishlari mumkin. Ekspertlar va mutaxassislar ham o‘zlarining hisobotlarida mazkur usuldan foydalanishlari mumkin: ular o‘zlarining boshliqlariga tizimning muammoviy holatini yoritib beruvchi va taklif qilinayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotnomani taqdim qilishlari mumkin. Misol. A mamlakatining B universitetidagi barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim sifatining SWOT-tahlili. Bu erdagi ko‘rilayotgan tizimni – B universitetidagi sifatli ta’limni ta’minlash tizimi deb nomlaymiz. Boshida ichki muhit elementlarini aniqlaymiz. Bular: ta’lim sifatining boshqaruvi, universitetning resurslari. Endi tashqi muhit elementlarini aniqlaymiz. Bular: oliy ta’lim sohasidagi oliygohlarning funksiyalari, vazifalari, majburiyatlari va vakolatlarini belgilovchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bazasi, davlat tomonidan oliy ta’lim sohasiga ajratilgan mablag‘lar, mamlakatdagi jamiyatni axborotlashtirish ko‘lami, maktabdagi ta’lim sifati darajasi, 151 umumdavlat test o‘tkazish tizimi tomonidan tashkil qilingan abiturientlarning tanlovi mexanizmi, universitetlar orasidagi raqobat, mehnat bozoridagi vaziyat. Ichki muhit omillari Tashqi muhit omillari Kuchli tomonlar Imkoniyatlar Universitet rahbarlarining ta’lim sifatini oshirishni anglashlari; Professor-o‘qituvchilar tarkibining nisbatan yoshligi Imkoniyatlarning maqsadga ta’siri Imkoniyatlardan foydalanish ehtimolligi Mehnat bozorida yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj oshayotganligi Ehtimollik yuqori Zamonaviy pedagogik texnologiyalar paydo bo‘lishi; Ehtimollik yuqori Mehnat bozorida ilmiy kadrlarga ehtiyoj oshishi; Ehtimollik yuqori Jamiyatda ta’lim sifatini yaxshilashga intilish borligi; Ehtimollik o‘rta Hukumatning oliygohlar uchun moliyaviy imtiyozlar yaratayotganligi; Ehtimollik o‘rta Hukumatning oliygohlardagi ta’lim sifatini va ular reytingini dunyo darajasiga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlari; Ehtimollik o‘rta Oliygohlarning vakolatlarini kengaytirish va o‘zini-o‘zi boshqarish darajasini oshirish Ehtimollik past Zaif tomonlar Tahdidlar O‘rta bo‘g‘indagi ma’muriy-boshqaruv personalning ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha tajribasi va kompetentligi pastligi; O‘rta bo‘g‘indagi ma’muriy-boshqaruv personalning ta’lim sifatini oshirish maqsadini unchalik anglamasligi; Professor-o‘qituvchilar tarkibining pedagogik mahorati etarli emasligi; Professor-o‘qituvchilar tarkibining ta’lim sifatini oshirishni unchalik anglamasligi; Kompyuter xonalaridagi EHM larning ma’naviy eskirganligi va aksariyatining ishlamasligi; Ma’ruza zallarining aksariyatida proektor (mikrofon, kaleydoskop) ning ishlamasligi; Kutubxonada dunyoda tan olingan zamonaviy darsliklarning o‘zbek tilidagi tarjimalari yo‘qligi; Tahdidlarning maqsadga ta’siri Tahdidlarning ta’siri ehtimolligi Maktab ta’limi monitoringi tizimi shakllanmaganligi tufayli maktabdagi ta’lim sifatining pasayishi Ehtimollik o‘rta O‘qish uchun pul to‘lovi oshishi Ehtimollik o‘rta Ish qidirayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik mahorati pasayishi Ehtimollik yuqori Ish qidirayotgan professor-o‘qituvchilarning chet tilini va AKT foydalanishni bilishi darajasi pasayishi Ehtimollik o‘rta Mehnat bozorida X kasbiy yo‘nalishidagi kadrlarning malakasiga qo‘yilgan talablarning o‘zgarishi (mas., kadrlarning mustaqil va to‘g‘ri qaror qila olish qobiliyatiga, chet tilini va AKTdan foydalanishni bilishiga talab oshishi) Ehtimollik o‘rta Muqobil oliygoh, ya’ni xalqaro universitet filiali yoki hususiy universitetning ochilishi Ehtimollik past Hukumat qaroriga asosan oliygohlarning umumjahon QS reyting tizimida qatnashishi Ehtimollik past Umumdavlat qabul test sinovlarining o‘tkazilishi natijasida salohiyatsiz talabalar kontingenti shakllanishi (test savollarining sifati pastligi, ularning mantiqiy fikrlash va qaror qabul qila olishni sinashga qaratilmaganligi, test sinovlarini samarasiz tashkillashtirilishi) Ehtimollik past SWOT-tahlili shuni ko‘rsatdiki, A mamlakatining B universitetida ta’lim sifatini oshirish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim 67 : 1) Jamiyatda ta’lim sifatini yaxshilashga intilishni inobatga olgan holda, hamda mehnat bozorida yuqori malakali va ilmiy kadrlarga ehtiyoj oshayotganligidan samarali foydalanish maqsadida quyidagilar amalga oshirilishi lozim: - ta’lim sifati boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida trening kurslarini tashkil qilish va shu orqali orqali o‘rta bo‘g‘indagi ma’muriy-boshqaruv personalning boshqaruv mahoratini oshirish; 67 Ustuvor chora-tadbirlarni aniqlashda bu yerda imkoniyatlardan foydalanish va tahdidlarning ehtimolliklarini inobatga olinishi lozim. 152 - o‘quv jarayonlarida zamonaviy ilmiy-pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha trening kurslarini tashkil qilish va shu tariqa professor-o‘qituvchilar tarkibining pedagogik mahoratini oshirish; - xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliygohlarini bitirib qaytayotgan yosh mutaxassislar diplomlarini nostrifikatsiya qilish jarayonlarini osonlashtirish, ularni OTM professor- o‘qituvchilari safiga jalb etib, ularning kasbiy o‘sish imkoniyatlarini milliy pedagogik kadrlarning imkoniyatlari bilan tenglashtirish; 2) Hukumat tomonidan oliygohlar uchun yaratilgan moliyaviy imtiyozlar natijasida to‘planman mablag‘larni ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirish (ma’naviy eskirgan EHMlarni alishtirish va ishlamayotgan EHMlarni ta’mirlash; o‘quv auditoriyalarini proektor, kaleydoskop, doska va mikrofon bilan to‘liq jihozlanganligini ta’minlash; professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish maqsadida ularnini chet elga jo‘natish va xok.); 3) Universitetning o‘zini-o‘zi tashki etish darajasini oshirish, uning tizimli yahlitliligi ta’minlash va shu orqali ta’lim sifatini yanada yaxshilash maqsadida hukumatga oliygohlarning vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risida takliflarni taqdim etish; 4) Kutubxonalarda jahon andozalariga mos bo‘lgan sifatli o‘quv materiallarini muhayo qilish maqsadida har bir fan bo‘yicha jahonda tan olingan ikki-uchta ingliz tilidagi darslikni o‘zbek tiliga o‘girtirishni tashkil etish va o‘quv dasturlarini o‘sha darsliklar asosida tuzish; 5) Maktabda ta’lim sifati pasayotganligi tufayli o‘qishga qabul qilingan abiturientlarning umumta’lim bilimi darajasini oshirish maqsadida ularga darsdan tashqari (matematika, AKT, ingliz tili bo‘yicha) qo‘shimcha darslarni tashkil etish; 6) Ish qidirayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik mahorati, hamda ularning chet tilini va AKT foydalanishni bilishi darajasi pasayishi tufayli, ularni ishga qabul qilishdan oldin attestatsiya qilish, ya’ni (kamida IELTS 5.0 darajasida) ingliz tilini bilishini, o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha maxsus kompyuter dasturlari bilan ishlay olish qobiliyatini, chet elda o‘zining ilmiy maqolalarini chop eta olishi va pedagogik mahoratini tekshirish; 7) Abiturientlarning umumta’lim bilimini oshirish va oliygohlarga bilimi salohiyati yuqori bo‘lgan talabalarning o‘qishga kirishini ta’minlash maqsadida maktab ta’limi monitoringi tizimini shakllantirish lozim (mas., maktabdagi ta’lim sifatini PISA uslubiyati yordamida monitoring qilib borish); 8) Kelajakda universitetning umumjahon QS reyting tizimida munosib o‘rinni egallashi uchun, xozirdan ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan strategik chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling