Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti a. Xudaynazarov


-MAVZU. MURAKKAB TIZIMLARNING KO‘P MEZONLI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana05.11.2017
Hajmi5.01 Kb.
#19474
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16

7-MAVZU. MURAKKAB TIZIMLARNING KO‘P MEZONLI 
TAHLILI: IERARXIYALAR TAHLILI USULI 
Reja: 
7.1.  Ierarxiyalar taxlili usuli: asosiy tushunchalar 
7.2.  Ierarxik tahlili usulini EHM yordamida qo‘llash 
 
Ierarxiyalar  taxlili  usuli  (ITU)  —  bir  necha  ob’ektlardan  bittasi 
tanlanish  kerak  bo‘lgan  hollarda  qo‘llaniladi.  Mazkur  usul  yordamida  bir 
necha  ob’ektdan  bittasi,  mezonlarga  ko‘ra  eng  yaxshisi  (sifatlisi, 
samaralisi,  kam  tavakkkalli,  yuqori  nafli  va  xok.)  tanlanadi.  Ushbu  usul 
amerikalik olim Tomas Saati
41
 tomonidan ishlab chiqilgan.  
Misollar: huquqiy-me’yoriy hujjatlar loyihalari ichidan eng ustuvorini tanlash  (qaysi me’riy 
hujjat  loyihasi  birinchilar  qatorida  qabul  qilinishi  kerak?);  muayan  tezkor-qidiruv tadbirda  eng 
yaxshi strategiyani tanlash (tezkor-qidiruv strategiyalar ichida qaysi biri eng ustuvor?). 
7.1. 
IERARXIYALAR 
TAXLILI 
USULI: 
ASOSIY 
TUSHUNCHALAR.  ITU  ni  qo‘llash  bosqichlari  quyidagicha:  vaziyatni 
tahlil  qilish  va  muammoni  aniqlash;  muammoni  baholash;  tanlash 
mezonlarini  aniqlash;  yechim  variantlarini  ishlab  chiqish;  eng  yaxshi 
natijani tanlash.  
 
Rasm 7.1. Ierarxik tuzilma  
ITUni  qo‘llash  bosqichlari  quyidagicha:  maqsadni  ierarxiya 
ko‘rinishida  tasvirlash;  mezonlarni  ishlab  chiqish  va  ular  uchun 
ustivorliklarni belgilash; har bir mezon buyicha yechimlar ustuvorliklarini 
belgilash; global ustuvorliklarni aniqlash va eng yaxshi yechimni  tanlash. 
Ierarxik tuzilma — maqsadning daraxt ko‘rinishidagi grafik tasviri bo‘lib, 
bunda  xar  bir  element  bir  yoki  bir  necha  elementlarga  ierarxik  tartibda 
bog‘liq.  Boshida  muammoni  tahlil  qilib  chiqamiz.  Uning  sabablari  va 
oqibatlarini  aniqlagach  hamda  muqobil  choralar  (yechimlar)  ni 
                                                           
41
 Saaty T. Decision Making with Dependence and Feedback: The Analytic Network Process. - Pittsburgh: 
RWS Publications, 1996. 

93 
 
belgilagach,  maqsad  daraxtini  quramiz.  Ikki  mezonni    solishtirish 
jarayonida quyidagi savollar beriladi: qaysi biri maqsad uchun muhimroq? 
Mezonga nisbatan muqobil yechimlarni solishtirganda: qaysi biri afzalroq?  
A element 
Qiyoslash 
B element 

element A va element B bir xil muhimroq 


element A element B dan ozroq muhimroq 
1/3 

element A element B dan muhimroq 
1/5 

element A element B dan ancha muhimroq 
1/7 

element A element B dan o‘ta muhimroq 
1/9 
Bunda juftlikdagi nisbatan muhim elementga 0 dan 9 gacha butun son, 
muhim  bo‘lmagan  elementga  esa  butun  songa  teskari  son  mos  ravishda 
qo‘yiladi. 2,4,6,8 raqamlari esa oraliq qiymatlar uchun ishlatiladi. 
7.2. 
IERARXIK  TAHLILI  USULINI  EHM  YORDAMIDA 
QO‘LLASH.  Endi  biz  ierarxik  tahlili  usulini  amaliyotda  qo‘llanishini 
o‘rganamiz. Quyida huquqiy sohaga oid misol keltirilgan.
 
Misol. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishga qaratilgan “Kichik tadbirkorlik” to‘g‘risidagi 
qonunning  3  ta  loyihasi  parlament  muhokamasiga  kiritildi.  Qaysi  loyiha  tanlanishi  kerak? 
Me’yoriy-huquqiy hujjatni tanlash mezonlari quyidagicha: qonuniylik mezoni, ya’ni barcha qonun 
sub’ektlari  tomonidan  bajarilishi  shartligi;  ziddiyatsizlik  mezoni,  ya’ni  qonunlarning 
Konstitutsiyaga  va  boshqa  qonunlarga  zid  bo‘lmasligi;  tenglik  mezoni,  ya’ni  qonunning  tegishli 
munosabatlar  sub’ektlari  uchun  bir  xil  amal  qilishi;  adolatlilik  mezoni,  ya’ni  qonunda  tegishli 
munosabatlar  sub’ektlari  uchun  teng  imkoniyatlar  yaratishi;  insoniylik  mezoni,  ya’ni  qonunda 
umuminsoniylik  tamoyiliga  amal  qilinishi;  iqtisodiy  samaradorlik  mezoni,  ya’ni  qonunning 
iqtisodiy  samaradorlikka  salbiy  ta’sir  etmasligi;  antikorrupsionlik  mezoni,  ya’ni  qonunda 
bo‘shliqlarning  yo‘qligi  darajasi;  madaniyatga  moslik  mezoni,  ya’ni  qonunda  urf-odatlar  va 
mentalitetning e‘tiborga olinganligi. Endi maqsadning ierarxik tasvirini qursak bo‘ladi. 
 
Endi ushbu ierarxik tuzilmani Mpriority 1.0 dasturiga kiritamiz. Yangi masala ma’lumotlarini 
kiritish  uchun  «Создать  новый  проект»  tugmasini  bosamiz.  Chiqqan  oynadagi  kataklarga  mos 

94 
 
ravishda  loyihaning  nomini,  ierarxiya  pog‘onalari  sonini  (ya’ni  3  ni),  maksimal  elementlar  sonini 
(ya’ni,  mezonlar  soni,  8  ni)  kiritamiz  va  so‘ng  «ДА»  tugmasini  bosamiz.  Vertikal  daraxt 
ko‘rinishidagi  ierarxik  tasvir  vujudga  keladi.  Ierarxiya  orientatsiyasini  o‘zgartirish  uchun  chap 
vertikal  paneldagi  eng  yuqori  tugmani  bosamiz.  Gorizontal  ierarxik  tuzilma  paydo  bo‘ladi,  ammo 
uning  uchinchi  pog‘onasida  8  ta  element  bor.  Ortiqcha  elementlarni  olib  tashlaymiz  va  faqatgina 
uchta element qoldiramiz. Barcha bo‘sh kataklarga tegishli nomlarni kiritib chiqamiz. 
 
Keyingi  bosqichda  mezonlarni  o‘zaro  solishtiramiz  va  ularning  ustuvorliklarini  belgilaymiz. 
Solishtirish natijalari tegishli jadvalda keltirilgan.  
Qonun loyihasi 
ustuvorligini 
aniqlash mezonlari 
Qonuniyli
k
 
Ziddi
ya
tsi
zli
k
 
T
engli
k
 
Adola
tl
il
ik
 
Insoniyli
k
 
S
amar
adorlik
 
Antikorr
upsi
onli
k
 
Ma
da
niyatga
 
mosl
ik
 
Qonuniylik  








Ziddiyatsizlik 








Tenglik 








Adolatlilik 








Insoniylik 








Samaradorlik 








Antikorrupsionlik 








Madaniyatga moslik 








Endi  bu  jadvaldagi  raqamlarni  kompyuterga  kiritamiz.  Buning  uchun  “Режим  эксперта”  ga 
o‘tish  lozim.  Ushbu  rejimga  o‘tish  uchun  chap  vertikal  paneldagi  yuqoridagi  ikkinchi  tugmani 
bosamiz.  So‘ng maqsadni ifodalaydigan elementga sichqonchani olib borib, uning chap tugmasini 
ikki marotaba tez bosish kerak. Natijada mezonlarni o‘zaro solishtirish muloqot oynasi ochiladi va 
solishtirish  natijalarini  EHM  ga  kiritsa  bo‘ladi.  Masalan,  tenglik  va  adolatlilik  mezonlarini 
solishtirmoqchi bo‘lsak, quyidagi oyna paydo bo‘ladi: 

95 
 
 
Barcha  kataklarni  to‘ldiramiz  va  “Применить”  tugmasini  bosamiz.  Natijadi  mezonlar 
ustivorliklari EHM tomonidan hisoblab beriladi va ular quyidagicha: 
Qonun loyihasini tanlash mezonlari
 
Ustuvorlik vektori
 
Qonuniylik  
0,458 
Ziddiyatsizlik 
0,038 
Tenglik 
0,0621 
Adolatlilik 
0,1329 
Insoniylik 
0,0347 
Samaradorlik 
0,1594 
Antikorrupsionlik 
0,0938 
Madaniyatga moslik 
0,0206 
Mulohazalardagi  ziddiyatlarni  tekshirish  uchun  «Исследовать»  tugmasini  bosamiz.  Agar 
mantiqiy  ziddiyatlar  paydo  bo‘lsa,  ya’ni  tranzitivlik  qoyidasi  buzilsa,  solishtirishni  to‘g‘rilash 
lozim. Bundan tashqari, muvofiqlik nisbati (отношение согласованности) qiymati 0-0,2 oralig‘ida 
yotishini ham tekshirish lozim. 
Keyingi  bosqichda  har  bir  mezon  bo‘yicha  muqobil  yechimlar  solishtiriladi.  So‘ng  mezonni 
ifodalaydigan  elementga  sichqonchani  olib  borib,  uning  chap  tugmasini  ikki  marotaba  tez  bosish 
kerak.  Natijada  muqobil  yechimlarni  o‘zaro  solishtirish  muloqot  oynasi  ochiladi  va  solishtirish 
natijalarini EHM ga kiritsa bo‘ladi. 

96 
 
 
 
Global ustuvorliklarni aniqlash uchun chap vertikal paneldagi eng pastdagi tugmani bosamiz va 
quyidagi diagrammani hosil qilamiz: 
 
Ko‘rinib turgandek, 3-qonun loyihasi ustuvor bo‘lib chiqdi. 
 
TAYORLANISH UCHUN SAVOLLAR: 
1.
 
Iyerarhiyalar tahlili usuli bosqichlarini sanab o’ting. Iyerarhiyalar 
tahlili usuli qanaqa vaziyatda qo‘llaniladi? 
2.
 
“Qaror qabul qilish mezonlari” tushunchasi ostida nimani 
tushunasiz?
  
3.
 
Obyektlarni o’zaro solishtirishda “tranzitivlik sharti” va 
“Muvofiqlik nisbati” nimani anglatadi? 
4.
 
„Global ustuvorlik“ tushunchasi nimani anglatadi? 
 
MUSTAQIL ISHLASH UCHUN KEYSLAR
Keys  7.1.  (O‘rta  va  yirik  korxonalarning  foyda  solig‘i  to‘lovlarini 
tartibga  soluvchi  Qonun  loyihalari  ustuvorligini  aniqlash  masalasi).  Oliy 
Majlisning  Qonunchilik  Palatasi  muhokamaga  taklif  etilgan  loyihalar 
orasidan respublika uchun eng dolzarb va foydalisini tanlab, uning amalga 

97 
 
oshirilishini  ta’minlashi  kerak.  Tanlanajak  loyiha  qonuniylik  va 
normalarning zid emasligi tamoyillariga mos kelishi kerak, shu bilan birga 
uning  soliq  to‘lovchilarga  tushadigan  og‘irligi  ko‘rsatkichi  past  bo‘lishi 
kerak.  Bundan  tashqari,  tayyor  mahsulotni  eksportga  chiqaruvchi 
korxonalarga  ham  loyiha  imtiyozlar  yaratib  berishi  lozim.  Fan,  AKT  va 
ta’lim  sohasida  xizmat  qiluvchi  korxonalarga  ham  imtiyozlar  yaratilishi 
lozim.  Agar  korxona  o‘z  ishchilarining  malakasini  oshirish  va  ilmiy 
tadqiqotga  sarflar  qilsa,  soliq  bazasi  kamayishi  lozim.  Chet  el 
sarmoyalarini  jalb  etish  uchun  loyiha  qo‘shma  korxonalar  uchun 
imtiyozlar  yaratib  berishi  kerak.  Muxokama  uchun  quyidagi  loyihalar 
taklif etilgan:  

 
Vazirlar Mahkamasi loyihasi; 

 
Iqtisodiy tadqiqotlar markazi loyihasi; 

 
Xalqaro valyuta jamg‘armasi loyihasi. 
Mezonlar: 

 
qonuniylik va normalarning zid emasligi tamoyillariga amal qilish; 

 
aholi boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotning o‘sishi; 

 
loyihaning soliq to‘lovchi korxonalarga ta‘siri (soliq stavkasi); 

 
loyiha amal qilishi muddati; 

 
loyihaning fan, AKT yoki ta’lim sohasiga ijobiy ta’siri; 

 
loyihaning  chet  el  investitsiyalarini  jalb  etishga  va  eksportni 
oshirishga qaratilganligi;  

 
loyihaning  korxona  ishchilari  malakasi  oshishiga  qaratilganligi 
(ja‘ni inson resurslarini rivojlantirishga); 

 
loyihaning  korxonada  ilmiy-amaliy  tadqiqotlar  olib  borilishiga 
qaratilganligi. 
Masaladagi  qo‘yilgan  shartlar.  Loyiha  tanlashda  asosiy  e’tibor 
qonuniylik  va  normalarning  zid  emasligi  tamoyillarining  amal  qilishi, 
aholi  boshiga  to‘g‘ri  keladigan  yalpi  ichki  mahsulotning  o‘sishi  va 
loyihaning soliq to‘lovchi korxonalar uchun og‘irligiga beriladi. 
Loyihalarning  amal  qilishi  muddati  turlicha  bo‘lib,  Vazirlar 
Mahkamasi loyihasi 10 yilni, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi loyihasi 15 yil 
va  Xalqaro  valyuta  jamg‘armasi  loyihasi  20  yilni  tashkil  etadi  (qancha 
uzoq bo‘lsa, shunchalik yaxshi).  
Iqtisodiy  tadqiqotlar  markazi  loyihasi  boshqa  loyihalardan  farqli 
o‘laroq,  avvalam  bor,  korxona  ishchilari  malakasi  oshishiga,  korxonada 
ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishiga va fan, AKT yoki ta’lim sohasiga 
ijobiy ta’sir etishga qaratilgan.  
Xalqaro  valyuta  jamg‘armasi  loyihasi  boshqa  loyihalardan  farqli 

98 
 
o‘laroq  birinchi  navbatda  loyihaning  soliq  to‘lovchi  korxonalar  uchun 
og‘irligini kamaytirishga, ya’ni soliq stavkalarining pasayishiga qaratilgan. 
Vazirlar  Mahkamasi  loyihasi  birinchi  navbatda  aholi  boshiga  to‘g‘ri 
keladigan yalpi ichki mahsulotning o‘sishini ko‘zlaydi, boshqa loyihalarda 
esa bunga asosiy e’tibor berilmagan. 
Aytish joizki, Vazirlar Mahkamasi loyihasida bundan tashqari boshqa 
loyihalardan  farqli  o‘laroq  katta  e’tibor  chet  el  investitsiyalarini  jalb 
etishga va eksportni oshirishga qaratilgan. 
Keys 7.2. O‘z sohangizga yaqin mavzuda ko‘p mezonli qabul qilishga 
doir muammo toping. Sohalar bo‘yicha  tavsiyaviy taxlil mavzulari quyida 
keltirilgan.  Muammoning  moxiyatini  tushuntiring  va  masalaning 
qo‘yilishini  bering.  Keys  uchun  ishlatilgan  ma’lumotlar  manbalarini 
keltiring (kitob, jurnal yoki internet manzil). Keysni yeching (alternativalar 
kamida 3 ta, mezonlar kamida 5 ta bo‘lishi shart). 
Huquq sohasi mutaxassislari uchun ba’zi tavsiyaviy mavzular: 
-
 
 Jinoyatchilik ko‘rsatkichi bo‘yicha hududlar (tuman, viloyatlar, ...) 
reytingini aniqlash; 
-
 
Ichki ishlar xodimlari reytingini aniqlash; 
-
 
Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha 
xududlar reytingini aniqlash; 
-
 
Huquqiy-me’yoriy xujjatlar loyihalaridan eng maqbulini aniqlash; 
-
 
Jinoyatchilikka qarshi kurashish dasturlaridan eng yaxshisini tanlash; 
-
 
Korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlash. 
 
 
 
 

99 
 
8-MAVZU. EHTIMOLLI SHAROITDA MURAKKAB TIZIMNI 
BOSHQARISH: TAVAKKALLI VAZIYATLARDA STRATEGIK 
QARORLARNI QABUL QILISH    
Reja: 
8.1.  Umumiy tushunchalar: ehtimollik va tavakkallik tushunchasi 
8.2.  Bayes qoyidasi 
8.3.  Bayes-Sevidj qoyidasi 
8.4.  Maksimal ehtimollik qoidasi 
8.5.  Tavakkalni minimallashtirish qoidasi 
8.6.  To‘liq ma’lumot (ya’ni aniqlik) ning narhi 
8.7.  Qarorlar daraxti yordamida qaror qabul qilish: statik va dinamik 
qarorlar 
 
8.1. 
UMUMIY 
TUSHUNCHALAR: 
EHTIMOLLIK 
VA 
TAVAKKALLIK  TUSHUNCHASI.  Xodisaning  ehtimolligi  -  o‘sha 
xodisaning  qay  darajada  ro‘y  berishi  mumkinligi  o‘lchaydigan  statistik 
ko‘rsatkich. Masalan, agar A holati 5 marotaba, B holati 2 marotaba va C 
xolati  3  marotaba  ro‘y  bersa,  u  holda  A  ning  ehtimolligi  0,5,  B  ning  
ehtimolligi  0,2  va  C  ning  ehtimolligi  0,3  ga  teng  bo‘lishi  kutiladi.  Agar 
muayan  holat  umuman  ro‘y  bermasa,  u  holda  o‘sha  holatning  ehtimolligi 
nolga  teng.  Agar  faqatgiga  muayan  bir  holat  ro‘y  berib,  boshqa  holatlar 
umuman  ro‘y  berishmasa,  ro‘y  bergan  holatning  ehtimolligi  birga  teng. 
Demak, ehtimollik qiymati 0 va 1 oralig‘ida yotadi. Tavakkallik sharoitida 
muayan  natija  o‘zining  kutiladigan  qiymatidan  chetlashgan  holda 
uchraydi: u kutiladigan natijadan yaxshi bo‘lib chiqadi yoki u kutiladigan 
natijadan  yomon  bo‘lib  chiqadi  yoki  u  kutiladigan  natijaga  yaqin,  gohida 
teng, bo‘lib chiqadi. 
Masala  (keys).  Faraz  qilaylik,  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlari  (HMQO)  jinoyatga 
qarshi  kurashi  tizimi  doirasida  birgalikda  moliyaviy  jinoyatlarga  qarshi  kurashish  dasturini  ishlab 
chiqib,  uni  kelasi  uy  yillikda  amalda  bajarishlari  kerak.  Aytaylik  xozirgi  kunda,  asosan  ikkita 
turdagi  moliyaviy  jinoyatlar  keng  uchramoqda  –  soliq  to‘lamaslik  jinoyatlari  va  valyutani 
noqonnuniy  ayirboshlash  jinoyatlar.  Ikkita  dastur  loyihasi  ishlab  chiqildi  deb  faraz  qilamiz:  biri 
aynan ko‘roq soliq to‘lash sohasidagi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan, ikkinchisi esa – ko‘proq 
valyutani  ayirboshlash  sohasidagi  jinoyatlarni  oldini  olishga.  Ikkalasidan  bittasini  tanlash  kerak, 
chunki birdaniga ikkita dasturni amalga oshirishga imkoniyat yo‘q.  
Dastur  ishlab  chiquvchilar  moliyaviy  jinoyatlarga  qarshi  kurashish  tizimining  tashqi 
muhitidagi  kutiladigan  o‘zgarishlarni  o‘rganib  chiqishdi.  Tashqi  muhitda  asosan  hukumat 
tomonidan  foyda  solig‘i  stavkalari  o‘zgartirilishi  kutilmoqda,  ammo  aynan  qanaqa  stavkalar 
o‘rnatilishi haqida ma’lumot deyarli yo‘q. Shuning uchun uchta holat yuz berishi mumkin: birida – 
o‘rta  hisobda  foyda  solig‘i  past  (ya’ni  15-25%  atrofida),  ikkinchisida  –  o‘rta  (ya’ni  26-35% 
atrofida), uchinchisida esa – yuqori (ya’ni 36-45% atrofida) bo‘lishi mumkin.  
Soliq  sohasida  ishlovchi  ekspertlarning  keyingi  besh  yillik  davrda  foyda  solig‘i  qanaqa 
darajada  bo‘lishi  to‘g‘risidagi  fikrlari  jamlandi.  Keyingi  besh  yillik  davrda  foyda  solig‘i  past 

100 
 
bo‘lishi haqidagi fikr javoblarning 50% da aniqlandi,   foyda solig‘i o‘rtacha bo‘lishi to‘g‘risidagi 
javob 40% ni tashkil qildi va javoblarning faqat 10% foyda solig‘i yuqori bo‘lishi haqida edi.  
Shundan kelib chiqqan holda, oltita natijalardan biri uchrashi mumkin.  
Har  bir  natija  muayan  yutuq  bilan  bog‘liq:  jinoyatlarni  oldini  olish  natijasida  byudjetga 
tushgan tushumlar va dasturni amalga oshirishda qilingan harajatlar orasidagi farqlar aynan tegishli 
jadvalning kataklarida keltirilgan. 
Muqobil strategiya (Huquqni 
muhofaza qilish organlari birgalikda 
moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish 
dasturini ishlab chiqib, uni amalda 
bajarishlari kerak) 
Tashqi muhit holatlari 
Foyda 
solig‘i past  
Foyda 
solig‘i o‘rta 
Foyda    
solig‘i yuqori 
p
1
=0,5 
p
2
=0,4 
p
3
=0,1 
Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini 
olishga qaratilgan dastur loyihasini 
qabul qilish va amalga oshirish 
-700 
500 
2100 
Noqonuniy valyuta ayirboshlash 
jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan 
dastur loyihasini qabul qilish va amalga 
oshirish 
300 
300 
300 
Bu  jadval  –  ilmiy  tilda  yutuqlar  jadvali  yoki  to‘lov  matritsasi  deb  ataladi.  Mazkur  masala 
yechimlarini ko‘rsating. 
Demak, aytilgan fikrlarni tizimlashtiramiz: 
-
 
tizim nomi: moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi; 
-
 
tizimli muammo: soliq to‘lash va valyuta ayirboshlash sohasidagi jinoyatlarni oldini olish; 
-
 
tizimning  maqsadi:  moliyaviy  jinoyatlarga  qarshi  kurashish  tizimi  faoliyati  samarasini 
oshirish – moliyaviy jinoyatlar sonini minimallashtirish; 
-
 
muqobil strategiyalar (qarorlar): soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olish dasturi loyihasini 
qabul  qilish  va  amalga  oshirish;  noqonuniy  valyuta  ayirboshlash  jinoyatlarini  oldini  olish  dasturi 
loyihasini qabul qilish va amalga oshirish; 
-
 
qaror qabul qilish usuli: ehtimollik sharoitida qarorlar qabul qilish qoidalari. 
Ushbu  bobda  biz  quyidagi  belgilardan  foydalanamiz: 
  –  optiaal  yutuq  miqdori; 
  –  i-
strategiyasi tanlanganda va  j-xolati ro‘y berganda olinadigan yutuq miqdori
42

 – yutuqni j 
ustunlari bo‘yicha maksimal qilish; 
 – yutuqni j ustunlari bo‘yicha minimal qilish; 
 
–  yutuqni  i  qatorlari  bo‘yicha  maksimallashtirish; 
  –  yutuqni  i  qatorlari  bo‘yicha 
minimallashtirish; 
 –  yutqazishlar miqdori  (boy  berilgan  imkoniyatlar);
  – tashqi  muhitning  -
holati ehtimolligi. 
Keyingi  paragraflarda  biz  ehtimollik  sharoitida  qaror  qabul  qilish 
qoidalarini  tushuntirib  ketamiz  va  keltirilgan  masalani  o‘sha  qoidalar 
yordamida yechishni o‘rgatib boramiz. 
8.2. 
BAYES  QOIDASI.  Bayes  qoyidasiga  ko‘ra,  kutilayotgan 
yutuqlarga  keltiruvchi  strategiyalardan  eng  yuqori  kutilayotgan  yutuqqa 
keltiruvchisi tanlanadi: 
 
                                                           
42
 Yutuqni shartli birliklarda o‘lchaymiz. 

101 
 
Bu qoidani amalda  kutilayotgan natijaga intiluvchi QQQSH lar qo‘llaydi. 
Tegishli  jadvalda  muqobil  qarorlar  va  tashqi  muhit  holatlari,  hamda 
ularning ehtimolliklari ko‘rsatilgan. Mos ravishda, tashqi muhitning har bir 
holati  sharoitida  qabul  qilinadigan  har  bir  qaror  oqibatida  olinadigan 
tegishli yutuq jadvalda keltirilgan. 
Muqobil strategiya (Huquqni 
muhofaza qilish organlari birgalikda 
moliyaviy jinoyatlarga qarshi 
kurashish dasturini ishlab chiqib, uni 
amalda bajarishlari kerak) 
Tashqi muhit holatlari 
Hisoblash 
yo‘li 
 
Foyda 
solig‘i 
past  
Foyda 
solig‘i 
o‘rta 
Foyda 
solig‘i 
yuqori 
Kutila-
yotgan 
yutuqlar 
p
1
=0,5 
p
2
=0,4 
p
3
=0,1 
 
Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini 
olishga qaratilgan dastur loyihasini 
qabul qilish va amalga oshirish 
-700 
500 
2100 
(-700)*0,5 
+500*0,4+ 
2100*0,1= 
60 
Noqonuniy valyuta ayirboshlash 
jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan 
dastur loyihasini qabul qilish va 
amalga oshirish 
300 
300 
300 
300*0,5 
+300*0,4+ 
300*0,1= 
300
 
Yechim. Bayes qoyidasiga ko‘ra, kutilayotgan yutuqlarga (ya’ni 60 va  300 ga) olib keluvchi 
strategiyalardan maksimal kutilayotgan yutuqqa (ya’ni 300 ga) keltiruvchisi tanlandi.  
Demak,  noqonuniy  valyuta  ayirboshlash  jinoyatlarini  oldini  olishga  qaratilgan  dastur 
loyihasini qabul qilish va amalga oshirish kerak. 
Yutuqlarning  kutilayotgan  chetlashishining  (ya’ni  tavakkalning) 
inobatga  olinmasligi  –  Bayes  qoidasining  kamchiligi.  Keyinroq,  ushbu 
bobda,  biz  qaror  qabul  qilishda  tavakkalni  inobatga  oladigan  qoidani 
ko‘rib chiqamiz. 
 8.3.  BAYES-SEVIDJ  QOIDASI.  Bayes-Sevidj  qoyidasiga  ko‘ra, 
kutilayotgan  yutkazishlarga  keltiruvchi  strategiyalardan  eng  kichik 
kutilayotgan yutkazishga keltiruvchisi tanlanadi:  
 
 
Bu  qoidani  amalda  ehtiyotkor  QQQSH  lar  qo‘llaydi.  Kutilayotgan 
yutkazish deganda kutilayotgan boy berilgan imkoniyat tushuniladi. Avval 
yutuqlar 
matritsasidan 
yutkazishlar 
(boy 
berilgan 
imkoniyatlar) 
matritsasini keltirib chiqaramiz. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling