Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti a. Xudaynazarov
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. MAKSIMAKS QOIDASI
- 4.3. MAKSIMIN QOIDASI (VALD QOIDASI).
- 4.6. GURVITS QOIDASI (OPTIMIZM-PESSIMIZM QOIDASI).
- Yechimlar bo‘yicha umumiy xulosa
- Tashqi muhit holatlari
- MUSTAQIL ISHLASH UCHUN KEYSLAR. Keys 4.1. X
61 4-MAVZU. NOANIQLIK SHAROITIDA MURAKKAB TIZIMNI BOSHQARISH: TASHQI MUHIT HOLATINING NOANIQLIGI VA STRATEGIK QARORLAR Reja: 4.1. Umumiy tushunchalar 4.2. Maksimaks qoyidasi 4.3. Maksimin qoidasi (Vald qoidasi) 4.4. Minimaks qoyidasi 4.5. Sevidj qoyidasi 4.6. Gurvits qoidasi (optimizm-pessimizm qoidasi) 4.7. Laplas qoyidasi 4.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR. Qaror qabul qiluvchi shaxs (QQQSH) qarorlar qabul qilganda olinadigan tegishli yutuqlarni bir biri bilan solishtiradi. Muayan qaror tashqi muhitning muayan holatida eng katta yutuq keltirishi mumkin, tashqi muhitning boshqa holatida esa boshqa qaror eng katta yutuq keltirishi mumkin. Agar tashqi muhitning turli holatlari ma’lum bo‘lsa, lekin ularning qachon, qanaqa ehtimollik bilan ro‘y berishi ma’lum bo‘lmasa, tashqi muhit holati noaniq bo‘ladi. Xayotda bunday vaziyatlar ko‘plab uchraydi. Masalan, foyda solig‘i hukumat qarori bilan past, o‘rta yoki yuqori qilinib o‘rnatilishi mumkin. Agar foyda solig‘i qanaqa bo‘lishi tadbirkorlar uchun oldindan ma’lum qilinmasa, ular kelasi yil uchun investitsiyalarni rejalashtirganda “foyda solig‘i turli bo‘lishi mumkin” degan axborotdan kelib chiqishadi. Ya’ni noaniqlik sharoitida qaror qabul qilinganda tizimning tashqi muhit holati ehtimolini baholashning imkoniyati yo‘q. Demak, QQQSH bir necha tashqi muhit holatlaridan aynan qanaqasi yuzaga kelishini bilmay turib, qaror qabul qiladi va natija aynan qanaqa holat yuzaga kelishidan bog‘liq bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, xattoki shunday vaziyatlarda ham qaror qabul qilish qoidalariga asoslanib qaror qabul qilish talab qilinadi. Bunday sharoitda QQQSH o‘zining tajribasi, intuitsiyasi va rahbarlik tajribasiga asoslanadi. Masala (keys). Faraz qilaylik, huquqni muhofaza qiluvchi organlari (HMQO) jinoyatga qarshi kurashi tizimi doirasida birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni kelasi uy yillikda amalda bajarishlari kerak. Aytaylik xozirgi kunda, asosan ikkita turdagi moliyaviy jinoyatlar keng uchramoqda – soliq to‘lamaslik jinoyatlari va valyutani noqonnuniy ayirboshlash jinoyatlar. Ikkita dastur loyihasi ishlab chiqildi deb faraz qilamiz: biri aynan ko‘roq soliq to‘lash sohasidagi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan, ikkinchisi esa – ko‘proq valyutani ayirboshlash sohasidagi jinoyatlarni oldini olishga. Ikkalasidan bittasini tanlash kerak, chunki birdaniga ikkita dasturni amalga oshirishga imkoniyat yo‘q. Dastur ishlab chiquvchilar moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimining tashqi 62 muhitidagi kutiladigan o‘zgarishlarni o‘rganib chiqishdi. Tashqi muhitda asosan hukumat tomonidan foyda solig‘i stavkalari o‘zgartirilishi kutilmoqda, ammo aynan qanaqa stavkalar o‘rnatilishi haqida ma’lumot deyarli yo‘q. Shuning uchun uchta holat yuz berishi mumkin: birida – o‘rta hisobda foyda solig‘i past (ya’ni 15-25% atrofida), ikkinchisida – o‘rta (ya’ni 26-35% atrofida), uchinchisida esa – yuqori (ya’ni 36-45% atrofida) bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, oltita natijalardan biri uchrashi mumkin. Muqobil strategiya (Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak) Tashqi muhit holatlari Foyda solig‘i past Foyda solig‘i o‘rta Foyda solig‘i yuqori Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish -700 500 2100 Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 300 300 300 Har bir natija muayan yutuq bilan bog‘liq: jinoyatlarni oldini olish natijasida byudjetga tushgan tushumlar va dasturni amalga oshirishda qilingan harajatlar orasidagi farqlar aynan tegishli jadvalning kataklarida keltirilgan. Bu jadval – ilmiy tilda yutuqlar jadvali yoki to‘lov matritsasi deb ataladi. 37 Optimizm koeffitsientini 0,8 ga teng deb qabul qilgan holda mazkur masala yechimlarini ko‘rsating. Demak, aytilgan fikrlarni tizimlashtiramiz: - tizim nomi: moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi; - tizimli muammo: soliq to‘lash va valyuta ayirboshlash sohasidagi jinoyatlarni oldini olish; - tizimning maqsadi: moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi faoliyati samarasini oshirish – moliyaviy jinoyatlar sonini minimallashtirish; - muqobil strategiyalar (qarorlar): soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olish dasturi loyihasini qabul qilish va amalga oshirish; noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olish dasturi loyihasini qabul qilish va amalga oshirish; - qaror qabul qilish usuli: noaniqlik sharoitida qarorlar qabul qilish qoidalari. Ushbu bobda biz quyidagi belgilardan foydalanamiz: – optimal yutuq miqdori; – i- strategiyasi tanlanganda va j-xolati ro‘y berganda olinadigan yutuq miqdori 38 ; – yutuqni j ustunlari bo‘yicha maksimal qilish; – yutuqni j ustunlari bo‘yicha minimal qilish; – yutuqni i qatorlari bo‘yicha maksimallashtirish; – yutuqni i qatorlari bo‘yicha minimallashtirish; – i-strategiyasi tanlanganda va j-xolati ro‘y berganda boy berilgan imkoniyat; – optimizm koeffitsienti. Keyingi paragraflarda biz noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish qoidalarini tushuntirib ketamiz va yuqorida keltirilgan masalani o‘sha qoidalar yordamida yechishni o‘rgatib boramiz. 4.2. MAKSIMAKS QOIDASI. Maksimaks qoyidasiga ko‘ra, eng 37 Umumiy eslatma: agar jadvaldagi sonlar salbiy ko‘rsatkichni ifodalashsa, u holda ular manfiy qilib olinadi, chunki qanchalik son katta bo‘lsa, shunchalik QQQSH uchun zarar katta bo‘ladi. 38 Yutuqni shartli birliklarda o‘lchaymiz. 63 yuqori yutuqlarga keltiradigan strategiyalar orasidan eng yuqori yutuqqa keltiradigani tanlanadi: Bu qoidani amalda nihoyatda omadga ishonuvchi, ehtiyotsiz, qaror qabul qiluvchi shaxslar (ya’ni ashaddiy optimistlar) qo‘llaydi. Yechim. Maksimaks qoidasi bo‘yicha masalaning yechimi quyidagicha: eng yuqori yutuqlarga (ya’ni 2100 va 300 ga) keltiruvchi strategiyalardan eng yuqori yutuqqa (ya’ni 2100 ga) keltiruvchisi tanlanadi. Muqobil strategiya (Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak) Tashqi muhit holatlari Eng yuqori yutuq- lar Foyda solig‘i past Foyda solig‘i o‘rta Foyda solig‘i yuqori Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish -700 500 2100 2100 Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 300 300 300 300 Demak, soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish kerak. 4.3. MAKSIMIN QOIDASI (VALD QOIDASI). Vald qoidasiga ko‘ra eng past yutuqlarga keltiruvchi strategiyalardan eng yuqori yutuqqa keltiruvchisi tanlanadi: Bu erda minimal yoki kafolatlangan yutuqni maksimallashtirish nazarda tutiladi. Bu qoidani kafolatlangan yutuqni maksimallashtirish qoidasi desa ham bo‘ladi. Bu qoidani amalda ehtiyotkor qaror qabul qiluvchi shaxslar (pessimistlar) qo‘llaydi. Yechim. Maksimin qoidasi bo‘yicha masalaning yechimi quyidagicha: eng past yutuqlarga (ya’ni -700 va 300 ga) keltiruvchi strategiyalardan eng yuqori yutuqqa (ya’ni 300 ga) keltiruvchisi tanlanadi. Demak, noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish kerak. Muqobil strategiya (Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak) Tashqi muhit holatlari Eng past yutuq -lar Foyda solig‘i past Foyda solig‘i o‘rta Foyda solig‘i yuqori Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish -700 500 2100 -700 64 Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 300 300 300 300 4.4. MINIMAKS QOIDASI. Minimaks qoyidasiga ko‘ra eng yuqori yutuqlarga keltiruvchi strategiyalardan eng past yutuqqa keltiruvchisi tanlanadi: Bu qoidani amalda ehtiyotkor qaror qabul qiluvchi shaxslar (pessimistlar) qo‘llaydi. Yechim. Minimaks qoidasi bo‘yicha masalaning yechimi quyidagicha: eng yuqori yutuqlarga (ya’ni 2100 va 300 ga) keltiruvchi strategiyalardan eng past yutuqqa (ya’ni 300 ga) keltiruvchisi tanlanadi. Muqobil strategiya (Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak) Tashqi muhit holatlari Eng yuqor i yutuq -lar Foyda solig‘i past Foyda solig‘i o‘rta Foyda solig‘i yuqori Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish -700 500 2100 2100 Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 300 300 300 300 Demak, noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish kerak. 4.5. SEVIDJ QOIDASI. Sevidj qoyidasiga ko‘ra eng katta yutkazishlarga keltiruvchi strategiyalardan eng kichik yutkazishga keltiruvchisi tanlanadi: Bu qoidani amalda ehtiyotkor qaror qabul qiluvchi shaxslar (pessimistlar) qo‘llaydi. Yutkazish deganda boy berilgan imkoniyat tushuniladi. Avval yutkazishlar (boy berilgan imkoniyatlar) matritsasi quriladi, so‘ng aytilgan qoida qo‘llaniladi. Yechim. Sevidj qoidasi bo‘yicha masalaning yechimi quyidagicha: eng katta yutkazishlarga (ya’ni 1000 va 1800 ga) keltiruvchi strategiyalardan eng kichik yutkazishga (ya’ni 1000 ga) keltiruvchisi tanlanadi. Demak, soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish kerak. 65 Muqobil strategiya (Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak) Tashqi muhit holatlari Eng katta yutqa- zishlar Foyda solig‘i past Foyda solig‘i o‘rta Foyda solig‘i yuqori Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 1000 0 0 1000 Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 0 200 1800 1800 4.6. GURVITS QOIDASI (OPTIMIZM-PESSIMIZM QOIDASI). Gurvits qoidasiga ko‘ra, har bir -strategiya uchun formulasi bo‘yicha tegishli yutuq hisoblanib, so‘ng strategiyalar orasidan eng katta yutuqqa ega bo‘lgan strategiya tanlanadi: Bu erda, – optimizm koeffitsienti, ya’ni u qanchalik yuqori bo‘lsa, QQQSH shunchalik optimist bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatkichning qiymatlari 0 va 1 oralig‘ida yotadi. Agar bo‘lsa, u holda QQQSH pessimist sifatida maksimin qoidasini qo‘llovchi bo‘lib chiqadi.Agar bo‘lsa, u holda QQQSH ashaddiy optimist sifatida maksimaks qoidasini qo‘llovchi bo‘lib chiqadi. Yechim. Masala berilishida edi. Gurvits qoidasi bo‘yicha masalaning yechimi quyidagicha: har bir strategiya bo‘yicha vaznga solingan maksimal va minimal yutuq yig‘indilaridan (ya’ni 1540 va 300 dan) eng katta yig‘indi (ya’ni 1540 ga) ega bo‘lgan strategiya tanlanadi. Muqobil strategiya (Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak) Tashqi muhit holatlari Vaznga solingan yutuqlar V az nga soli nga n yutuql ar yig‘indi si Foyda solig‘i past Foyda solig‘i o‘rta Foyda solig‘i yuqori Vaznga solingan maksimal yutuq Vaznga solingan minimal yutuq Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish -700 500 2100 2100*0,8 -700*0,2 1540 66 Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 300 300 300 300*0,8 300*0,2 300 Demak, soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish kerak. 4.7. LAPLAS QOIDASI. Laplas qoyidasiga ko‘ra, o‘rtacha yutuqlarga keltiruvchi strategiyalardan eng yuqori o‘rtacha yutuqqa keltiruvchisi tanlanadi: Aynan qaysi tashqi muhit holati yuzaga kelishini bilmas ekanmiz, demak har bir holatning yuzaga kelishini bir hil ehtimolli desak bo‘ladi. Bu qoidani amalda o‘rtacha yutuqni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan qaror qabul qiluvchi shaxslar qo‘llaydi. Yechim. Laplas qoidasi bo‘yicha masalaning yechimi quyidagicha: o‘rtacha yutuqlarga (ya’ni 633 va 300ga) keltiruvchi strategiyalardan eng yuqori o‘rtacha yutuqqa (ya’ni 633 ga) keltiruvchisi tanlanadi. Muqobil strategiya (Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak) Tashqi muhit holatlari Hisoblash yo‘li O‘rtacha yutuqlar Foyda solig‘i past Foyda solig‘i o‘rta Foyda solig‘i yuqori Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish -700 500 2100 (-700+500+ 2100)/3 633 Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 300 300 300 (300+300+ 300)/3 300 Demak, soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish kerak. XULOSA. Biz tavakkallik tushunchasisiz noaniqlik holatida qarorlar qabul qilish qoidalarini ko‘rib chiqdik. Masalan, Valdning maksimin qoidasiga qo‘ra – umuman tavakkal qilinmaydi. Maksimaks qoidasiga qo‘ra esa tavakkal umuman e’tiborga olinmaydi (ya’ni bu - kelajakka o‘ta optimist sifatida qarashga mos yondashuv). Tavakkallik tushunchasi ehtimollik bilan bog‘liq. Agar tashqi muhit holatlarining ehtimolliklari ma’lum bo‘lganda, yuqorida ko‘rsatilgan qoidalar qaror qabul qilish uchun 67 to‘g‘ri kelmagan bo‘lar edi. Mazkur darslikning alohidagi bobida ehtimollik sharoitida qaror qabul qilish qoidalarini ko‘rib chiqamiz. Yechimlar bo‘yicha umumiy xulosa. To‘rtta qoida bo‘yicha QQQSH birinchi strategiyani, qolgan ikkita qoida bo‘yicha esa ikkinchi strategiyani ma’qul topdi. Umumiy xulosa: soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish kerak. Muqobil strategiya (Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak) Tashqi muhit holatlari Ma ks im aks qoi d as i Ma ks im in q oi d as i Mi n im aks q oi d as i Sevi d j qo idas i G ur vi ts qo ida si Lapl as qo idas i Foyda sol ig‘ i pa st Foyda sol ig‘ i o‘ rt a Foyda sol ig‘ i yuqor i Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish -700 500 2100 2100 -700 2100 1000 1540 633 Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 300 300 300 300 300 300 1800 300 300 TAYORLANISH UCHUN SAVOLLAR: 1. Tizim va uning tashqi muhiti holati noaniqligi deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring. 2. Maksimaks, minimaks va maksimin qaror qabul qilish qoyidalarini tushuntirib bering? Ular qaysi hollarda qo‘llanadi? 3. Laplasning qaror qabul qilish qoyidasini tushuntirib bering. U qaysi holda qo‘llanadi? 4. Gurvitsning qaror qabul qilish qoyidasini tushuntirib bering. U qaysi holda qo‘llanadi? MUSTAQIL ISHLASH UCHUN KEYSLAR. Keys 4.1. X mamlakatida aholi huquqiy madaniyatini oshirish jarayoni xozirgi kunda etarli darajada talabga javob bermayotganligi e’tirof etildi. Aholining huquqiy madaniyati nisbatan olganda past bo‘lganligi sababli hukumat keyingi 10 yillik (2016-2025) uchun aholi huquqiy madaniyatini oshirish chora-tadbirlari dasturini qabul qilmoqchi. Kelajakda jinoyatlar soni bo‘yicha ma’lumot yo‘qligi sababli, kelajakda uchta jinoyatchilik holatlari ro‘y berishi mumkinligi faraz qilindi: 68 jinoyatchilik darajasi past, jinoyatchilik darajasi o‘rtacha, jinoyatchilik darajasi yuqori. Jami uchta dastur tayorlandi va tanlab olish uchun taqdim etildi. Moliyaviy imkoniyatlar faqatgina bitta dasturni amalga oshirish etarli bo‘lganligi sababli, to‘rttasidan bittasini tanlash boyicha qaror qabul qilish lozim. Adliya vazirligi “Aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida chora-tadbirlar dasturini“ ishlab chiqdi va tanlash uchun taqdim etdi. Mazkur dastur bo‘yicha huquqiy madaniyat indeksi: jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lsa 3, jinoyatchilik darajasi o‘rtacha bo‘lsa 6, jinoyatchilik darajasi past bo‘lsa 9 ni tashkil etishi mumkin ekan. Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi esa “Huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida chora-tadbirlar dasturini“ ishlab chiqdi. Uchbu dastur bo‘yicha huquqiy madaniyat indeksi: jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lsa 2, jinoyatchilik darajasi o‘rtacha bo‘lsa 7, jinoyatchilik darajasi past bo‘lsa 10 ni tashkil etishi mumkin ekan. Madaniyat va ma‘rifat masalalari bo‘yicha vazirlik esa “Huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish dasturi” ni ishlab chiqdi. Uchbu dastur bo‘yicha huquqiy madaniyat indeksi: jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lsa 4, jinoyatchilik darajasi o‘rtacha bo‘lsa 5, jinoyatchilik darajasi past bo‘lsa 8 ni tashkil etishi mumkin ekan. Ushbu keysni yechish jarayonida quyidagi savollarga javob berib keting: 1. Tizimli muammo nima? 2. O’rganish ob’ekti nima? Tizim nomini keltiring. 3. O’rganish predmetini ta’riflang (tizimdagi qanaqa jarayon o‘rganilyapti?). 4. Qaror qabul qilish usulini aniqlang (Qaror qabul qilishning qaysi usuli qo‘llanyapti?). 5. Keys shartlaridan kelib chiqqan holda tegishli belgilar kiriting, hamda qaror qabul qiluvchi shaxsning muqobil qarorlari va tashqi muhit holatlarini aniqlang. 6. Yutuqlar jadvali (matritsasi) ni tuzing. Keysni noaniqlik sharoitida qarorlar qabul qilish qoidalarini qo‘llagan holda eching. 7. Maksimaks qoidasi: uning mohiyatini yoriting, uni keysni yechishda qo‘llang, optimal qarorni qabul qiling va xulosa chiqaring. 8. Valdning maksimin qoidasi: uning mohiyatini yoriting, uni keysni yechishda qo‘llang, optimal qarorni qabul qiling va xulosa chiqaring. 69 9. Minimaks qoidasi: uning mohiyatini yoriting, uni keysni yechishda qo‘llang, optimal qarorni qabul qiling va xulosa chiqaring. 10. Sevidj qoidasi: uning mohiyatini yoriting, uni keysni yechishda qo‘llang, optimal qarorni qabul qiling va xulosa chiqaring. 11. Laplas qoidasi: uning mohiyatini yoriting, uni keysni yechishda qo‘llang, optimal qarorni qabul qiling va xulosa chiqaring. 12. Gurvits qoidasi: uning mohiyatini yoriting, uni keysni yechishda qo‘llang, optimal qarorni qabul qiling va xulosa chiqaring. Pesssimizm koeffitsientini 0,4 gan teng deb faraz qiling. 13. Barcha olingan natijalarni jadval ko‘rinishida umumlashtiring. 14. Olingan natijalarni solishtiring va yakuniy qaror qabul qiling. 15. Tizimli muammoni yechish bo‘yicha taklif bering. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling