Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti a. Xudaynazarov
tizim deyiladi. Odatda yuqori tizimni tashqi muhit
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. MURAKKAB TIZIMLAR TUZILMALARI
- - statsionar (yoki barqaror) tizim
- Reduktiv tuzilma
- 1.5. MURAKKAB TIZIM TURLARI
- Ochiq evolyusion tizimlar
- Tasniflash alomati Murakkab tizim turi Tizim ob’ekti yoki bevosita tizim (misollar)
- 1.6. FUNKSIONAL TIZIMLI TAHLIL VA UNING BOSQICHLARI
- Funksional tizimli muammo
- Tizimning iste’molchilari
- 1.7. MURAKKAB TIZIMLARNI TAHLIL QILISH USULLARI
- Yechish mexanizmiga ko‘ra usulning nomi Sharoit turi
tizim deyiladi. Odatda yuqori tizimni tashqi muhit deb ham atashadi. Rasm 1.1. Murakkab tizimning elementlari, uning yuqori va quyi tizimlari Tizim tahlilchisi ob’ektni tizim shaklida namoyon qilayotganda tadqiqot mavzusini inobatga oladi. Masalan, tadqiqot mavzusi “Toshkent davlat yuridik universitetida yuridik kadrlarni tayyorlash tizimining samaradorligi” deb nomlansa, bunda Toshkent davlat yuridik universitetidagi yuridik kadrlarni tayyorlash tizimi – tadqiqot ob’ekti bo‘lsa, mazkur tizimning ishlashi samaradorligi tadqiqot predmeti bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, o‘quv va ilmiy ishlarning 18 natijaviyligi va sifati, hamda resurslardan oqilona foydalanishga urg‘u beriladi va tegishli muhim quyi tizimlar va elementlar tizimni namoyon qilishda “universitet” degan ob’ektdan ajralib olinadi. 1.4. MURAKKAB TIZIMLAR TUZILMALARI. Murakkab tizimlarning tuzilmalarini aniqlash – tizimli tahlilning muhim vazifasidir, chunki agar bunday tuzilma haqida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, tizimning elementlari, quyi tizimlari va ular orasidagi munosabatlar haqida gapirib bo‘lmaydi. Tizimning tuzilmasini aniqlash degani – tizimning quyi tizimlari, elementlari va ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlash degani. Agar vaqt o‘tgan sari tizimning holati o‘zgarsada, lekin shu bilan birga uning tuzilmasi va funksiyalari o‘zgarmasa, bunday tizim - statsionar (yoki barqaror) tizim deyiladi. Agar vaqt o‘tgan sari tizimning qaysidir elementi rivojlanib, quyi tizimga aylansa, tizimning tuzilmasi rivojlangan bo‘ladi. Tizimning tuzilmasi – ichki va tashqi ta’sirlar sharoitida uning yahlitligini ta’minlovchi munosabatlar majmuasidir. Bunda tizimdagi barcha elementlar orasida bog‘liqliklar mavjud deb faraz qilinadi. Hususan, agar tizimdagi qaysidir elementning holatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar tizimdagi boshqa bir element holatidagi o‘zgarishlarga ta’sir qilsa, u holda tizimning o‘sha ikkita elementini bog‘liq desa bo‘ladi. Rivojlanish xarakteri bo‘yicha tuzilmalarni ekstensiv va intensiv tuzilmalarga ajratish mumkin. Ekstensiv tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda munosabatlar soni vaqt o‘tgan sari ko‘payadi, intensiv tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda esa munosabatlar sifati va shakli, hamda elementlar orasidagi kommunikativlik yaxshilanib boradi. Reduktiv tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda munosabatlar soni vaqt o‘tgan sari kamayadi, regressiv tuzilmaga ega bo‘lgan tizimlarda esa munosabatlar sifati va shakli, hamda elementlar orasidagi kommunikativlik yomonlashib boradi. Munosabatlar turi bo‘yicha tuzilmalar predmetli, funksional va tashkiliy tuzilmalarga bo‘linadi. Moddiy tuzilma – tizimni ishlashini ta’minlaydigan asosiy qismlar tarkibi. 21 Funksional tuzilma 22 – tizimning quyi tizimlari va komponentlarining funksiyalari bo‘yicha shakllantirilgan elementlar orasidagi munosabatlar majmuasidir. 21 Gohida bunday tuzilma predmetli tuzilma yoki konstruksiya deb ataladi. Moddiy tuzilmaga misol: bu yig‘ma ko‘prik bo‘laklari, avtomobil ishlashi uchun zarur bo‘lgan asosiy tarkibiy qismlar. 22 Muayan texnik ob’ektning ham funksional tuzilmasini tushuntirsa bo‘ladi. Masalan, avtomobil dvigateli tizim sifatida elektr, moylash, sovutish, yurgizish va h.k. quyi tizimlardan iborat. 19 Masalan, korxonada ishlab chiqarish bo‘limi - texnik, ta’minot va sotuv bo‘limi - tijorat, moliya va rejalashtirish bo‘limi - moliyaviy hisob-kitob va tahlil, personal bo‘limi - korxonani kadrlar bilan ta’minlash, boshqaruv apparati – korxonani boshqarish funksiyasiga ega bo‘ladi. Tizimning quyi tizimi yoki komponentining matematik modelida funksional tuzilma modelning kirish va chiqish komponentlari orasidagi munosabatni, ya’ni modelning funksiyasini ko‘rsatadi. Tizimning kirish komponenti retseptor, chiqish komponenti esa effektor deb ataladi. Tashkiliy tuzilma – tizimning “boshliq-bo‘ysinuvchi”, “rahbar- ijrochi” kabi komponentlari orasidagi munosabatlarni aks ettiradi. Bunday tuzilmalar boshqaruv tizimlarida uchraydi. Tashkiliy tuzilmalar o‘z navbatida to‘rt hil bo‘ladi: tashkiliy-funksional, tashkiliy-matritsali, tashkiliy-dasturiy (loyihaviy), tashkiliy-chiziqli. 23 Dasturiy ta’minotlarni yaratishdan oldin dasturning algoritmlashtirilgan tuzilmasi, ya’ni muayan masalani kompyuter yoyordamida yechish maqsadida ketma-ket xarakatlarning sxemasi yaratiladi. 24 1.5. MURAKKAB TIZIM TURLARI. Kelib chiqishiga ko‘ra tizimlar sun’iy va tabiiy tizimlarga bo‘linadi. Sun’iy tizimlar – inson tomonidan yaratilgan tizimlar. Misollar: avtomobil, universitet, siyosiy tizim va xok. Tabiiy tizimlar – tabiatda va jamiyatda ob’ektiv ravishda yaralgan tizimlar: atom, xujayra, inson, jamiyat va xok. Ob’ektning ideal holatga yaqinligi darajasiga ko‘ra tizimlar ideal va ideal bo‘lmagan tizimlarga bo‘linadi. Ideal tizimlar – ideal bo‘lmagan tizimlar uchun etalon bo‘lib xizmat qiluvchi tegishli namunali tizimlar. Ob’ektiv borliqda mavjudligiga ko‘ra tizimlar moddiy va abstrakt tizimlarga bo‘linadi. Abstrakt tizimlarni “qo‘lda ushlab” bo‘lmaydi va ular faqatgina odamlarning intellektual tafakkuri, tizimli bilimi yordamida yaratiladi. Ko‘p holatlarda abstrakt tizimlar mos ravishda moddiy tizimlar bilan uyg‘unlashgan holda mavjud bo‘ladi. Misol: advokaturaning tashkiliy-funksional bo‘linmalari tizimi va advokaturaning moddiy- texnik vositalari tizimi. Tashqi muhit bilan aloqa qilish bo‘yicha tizimlar ochiq va yopiq bo‘ladi. Masalan, universitet – ochiq tizim. Tashqi muhitdan universitetga axborot, moddiy va moliyaviy resurslar, ishga kiruvchi kadrlar, abiturientlar kirib keladi. Universitetdan tashqi muhitga axborot, ishdan bo‘shuvchi kadrlar, bitiruvchilar chiqib ketadi. Yopiq tizim tashqi muhit bilan nisbatan kamroq axborot, energiya, resurs va mahsulotlarni bilan almashinib turadi. Masalan, xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy xamkorlik a’zosi bo‘lmagan mamlakat yopiq iqtisodiyotga ega bo‘ladi. 23 Tashkiliy tuzilmalar to‘g‘risidagi ma’lumotni menedjment faniga oid darsliklardan olsangiz bo‘ladi. 24 Algoritmlar to‘g‘risidagi ma’lumotni informatika faniga oid darsliklardan olsangiz bo‘ladi. 20 Muvozanat holati bo‘yicha tizimlar muvozanatli va muvozanatsiz bo‘ladi. Muvozanat yoki muvozanatsizlik holati ham dinamik, ham statik tizimda kuzatilishi mumkin. Masalan, vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida talab va taklif xajmlari eksponensial o‘sish sur’atlarda o‘zgarsa va shu bilan birga ularning xajmi bir-biriga doimo tengligi saqlanib borsa, u holda bozordagi talab va taklif xajmlarining dinamik muvozanati haqida gapirsa bo‘ladi. Agar vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida talab va taklif xajmlari bir hil o‘sish sur’atlarda o‘zgarsa va shu bilan birga ularning xajmi bir-biriga doimo tengligi saqlanib borsa, bunday dinamik muvozanat – statsionar muvozanat deb, bunday dinamik tizim esa – statsionar tizim deb ataladi. Statsionar tizimda muvozanat bo‘lishi shart emas, ammo uning xarakati shakli bir-hil bo‘ladi. Muvozanat holati tiklanishi bo‘yicha tizimlarni barqaror va barqarorsiz tizimlarga ajratsa bo‘ladi. Agar tizimda tashqi ta’sir natijasida muvozanat buzilsa va bu muvozanat keyinchalik tez orada tiklansa, bunday tizim barqaror tizim deb ataladi. Agar vaqt o‘tgan sari tizim holati yoki tizim holati bilan birga uning tarkibiy tuzilmasi ham o‘zgarsa, bunday tizim dinamik tizim deb ataladi. Aksincha, agar vaqt o‘tgan sari tizimning holati va tarkibiy tuzilmasi o‘zgarmasa, bunday tizim statik tizim deb ataladi. Dinamik tizimlar o‘z navbatida klassik va evolyusion tizimlarga bo‘linadi. Agar vaqt o‘tgan sari tizim holati o‘zgarib, uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgarmasa, bunday dinamik tizim klassik tizim deb ataladi. Aksincha, uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgarsa, bunday dinamik tizim evolyusion tizim deb ataladi. Masalan, jinoyatga qarshi kurashish tizimida vaqt o‘tgan sari haq to‘lash fondida moliyaviy mablag‘lar etishmasligi sababli tergovchilar maoshi kamayib ketdi. Bu esa – jinoyatlarni fosh qilish darajasining tushib ketishiga sabab bo‘ldi, chunki tizimda qo‘nimsizlik oshib ketdi. Shu bilan birga, tizimning tashkiliy-funksional, moddiy-texnik tuzilmasi va xokazo tuzilmalari saqlanib qoldi. Demak, bu erda klassik tizim haqiga gap ketyapti. Yana bir misol: ko‘p qavatli uyning holati o‘n yildan keyin quvurlarni alishtirish va devorlarni oxaklash kabi ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni talab qildi, lekin uyning arxitekturali tuzilmasi saqlanib qoldi. Evolyusion tizimga misol: Oliy Majlis oldin bir palatali edi, lekin vaqt o‘tgan sari uning tashkiliy-funksional tuzilmasi o‘zgardi – ya’ni, u ikki palatali bo‘ldi va buning natijasida qonun chiqaruvchi xokimiyati organlari tizimi takomillashdi. Evolyusion tizimlar o‘z navbatida ochiq va yopiq bo‘ladi. Ochiq evolyusion tizimlar – mashhur olim, Nobel mukofoti laureati, Ilya Prigojin 25 tomonidan “dissipativ tizimlar” deb nomlanib, ularning hususiyatlari asoslanib berilgan. Bunday tizimlar – muvozanatsiz tizimlar. Tashqi ta’sir muvozanatsiz tizimga ma’lumot yoki materiya (energiya) ni olib kiradi va buning natijasida boshida tizim o‘zining muvozanatini yo‘qotadi va unda o‘zini-o‘zi qayta tashkillashtirish jarayoni boshlanadi, ammo keyinchalik asta-sekin tizimda murakkab tuzilma yuzaga keladi va 25 Prigogine, Ilya (1967). Introduction to Thermodynamics of Irreversible Processes (Second ed.). New York: John Wiley & Sons, pp. 124-127. 21 tizim muvozanat sari intilishga boshlaydi. Lekin tizim muvozanat xolatiga etishga ulgurmaydi va tashqaridan yana ma’lumot yoki materiya (energiya) kirib kelib, muvozanat buzilishiga sabab bo‘ladi: natijada yana qayta tashkillashtirish ro‘y berib, yanada murakkabroq tuzilma vujudga keladi. Demak, dissipativ tizimda ichki va tashqi ta’sirlar orqali “o‘zini- o‘zi tashkillashtirish” jarayoni amalga oshadi va shu tariqa tizimda evolyusiya ro‘y beradi. Yopiq evolyusion tizimlarda faqatgina ichki ta’sirlar orqali “o‘zini-o‘zi tashkillashtirish” jarayonlari amalga oshadi. Maqsad soni bo‘yicha tizimlar bir maqsadli va ko‘p maqsadli tizimlarga bo‘linadi. Murakkab tizimlarning turlari tegishli jadvalda umumlashtirilgan. Tasniflash alomati Murakkab tizim turi Tizim ob’ekti yoki bevosita tizim (misollar) Tashqi muhit bilan aloqa qilish bo‘yicha ochiq Jamiyat, davlat, universitet yopiq Mexanik soat mexanizmi Gomeostazis (muvozanatga intilish) hususiyatiga ega bo‘lishiga ko‘ra Gomeostazis hususiyatiga ega bo‘lmagan (muvozanatga intilmaydigan) fizik, matematik va boshqa tizimlar Muvozanatga intilmaydigan chiziqsiz dinamik tizimlar, lazer va xok. Gomeostazis hususiyatiga ega bo‘lgan (muvozanatga intiluvchi) fizik, matematik va boshqa tizimlar Quyosh tizimi, mexanik soat mexanizmi, tenglamalar tizimi Maqsadga yo‘naltirilgan boshqaruv quyi tizimi yoki qoidasiga ko‘ra Kibernetik (avtomatlashgan) boshqaruv quyi tizimiga ega bo‘lgan Robot, antivirus dasturiy ta’minoti Qaror qabul qiluvchi boshqaruv quyi tizimiga ega bo‘lgan Universitet, ishga joylashtirish tizimi, jinoyatlar bilan kurashish tizimi Huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi quyi tizimiga ega bo‘lgan Konstitutsiya, Mehnat Kodeksi, huquqiy me’yor Muvozanat holatiga olib boruvchi qoidasiga ega bo‘lgan Buxgalteriya hisobi, Quyosh tizimi, tenglamalar tizimi Sub’ektga naf keltirishiga ko‘ra Nafli Bozor iqtisodiyoti, kadrlar tayyorlash tizimi, atmosfera, ekologik tizim Nafsiz, salbiy oqibatlarni keltiruvchi Uyushgan jinoyatlar tizimi, narkotrafik, bir partiyali siyosiy tizim, diktatura Ishlash samaradorligiga ko‘ra Samaradorligi yuqori Zamonaviy texnologiyalar, yuqori huquqiy madaniyat Samaradorligi past yoki Ahloqiy eskirgan texnologiyalar, 22 samaradorsiz byurokratik boshqaruv tizimi, bir palatali parlament Tashqi muhit holatining noaniqligi va ehtimolligi darajasiga ko‘ra Deterministik Soat mexanizmi Yarim-o‘yinli Fermer qarorlari va obi-havo holatlari, firma strategiyalari va mahsulotga talab holatlari, xorijiy investitsiyalar xajmi va huquqiy tizim turlari To‘liq-o‘yinli Bo‘ri va quyon, tergovchi va gumonlanuvchi, advokat va prokuror, oligopolik firmalar, raqiblarning strategik qarorlari Stoxastik Jinoyatlarni bashorat qilish, aksiyalar bozori, iqtisodiy inqirozlarni bartaraf etish O‘zini-o‘zi tashkillashtira olishiga ko‘ra O‘zini-o‘zi tashkillashtiruvchi Jamiyat, universitet, lazer O‘zini-o‘zi tashkillashtirmaydigan Mexanik soat, muvozanatli dinamik tizimlar Ob’ektning tirikligiga ko‘ra Tiriksiz Soat mexanizmi, termostat Tirik Ijtimoiy tizimlar, xayvonlar, insonlar, gomeostat, o‘simliklar Muvozanat holati bo‘yicha Muvozanatsiz Teng samarali ayblash va ximoya qilish mexanizmlarini qamrab olgan sud tizimi Muvozanatli Teng samarasiz ayblash va ximoya qilish mexanizmlarini qamrab olgan sud tizimi Ob’ektiv borliqda mavjudligiga ko‘ra Abstrakt Huquqiy tizim, mehnat kodeksi, matematik tizim Moddiy Ishlab chiqarish zavodi, kosmik tizim 1.6. FUNKSIONAL TIZIMLI TAHLIL VA UNING BOSQICHLARI. Funksional tizimli tahlilni qo‘llash uchun o‘rganilayotgan tizimning xozirgi (real) holati uning namunali holatidan yomonroq bo‘lishi lozim, aks holda tizimli tahlilni qo‘llashga xech qanday ehtiyoj qolmaydi. Ushbu paragrafda biz funksional tizimli tahlilga oid tushunchalarni va tahlil bosqichlarini ko‘rib chiqamiz. Funksional tizimli tahlilda tizimning tuzilmasi o‘zgarmas deb faraz qilinadi va tizimli tahlil faqatgina tizimning joriy va namunaviy holati orasidagi farqni yo‘qotishga qaratilgan bo‘ladi. Funksional tizimli muammo – bu tizimning joriy holati va namunali holati orasidagi farq. Funksional tizimli yechim – tizimning joriy holati va namunali holati orasidagi farqni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi. 23 Tizimning iste’molchilari – tizim ishlashi natijalaridan foydalanuvchi va tizim ishlashiga baho beruvchi shaxslar va sub’ektlar (fuqarolar, yuridik shaxslar, jamiyat va h.z.). Tizimning funksional modeli – tizimning maqsad (ya’ni endogen) ko‘rsatkichlarini ularga ichkaridan, hamda tashqaridan ta’sir etuvchi (ya’ni ichki omilli va tashqi omilli) ko‘rsatkichlar bilan bog‘lovchi mantiqiy, matematik hamda statistik qurilmalar majmuasi. Rasm 1.2. O‘rganish ob’ektini tizim sifatida namoyon qilish: tizim va uning komponentlari Endogen ko‘rsatkichlar – qiymatlari modelni yechish natijasida aniqlanadigan ko‘rsatkichlar. Ko‘p holatlarda maqsad, hamda oraliq maqsad ko‘rsatkichlari endogen ko‘rsatkichlar sifatida ko‘rsatiladi. Endogen ko‘rsatkichlar o‘z navbatida maqsadli (bog‘liqli) va sabab (bog‘liqsiz) ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Ekzogen ko‘rsatkichlar - qiymatlari modelning tashqarisidan beriladigan va modelni yechish natijasida aniqlanmaydigan ko‘rsatkichlar. Ko‘p holatlarda tashqi muhit holati ko‘rsatkichlari ekzogen ko‘rsatkichlar sifatida ko‘rsatiladi. Tizim quyidagi komponentlardan iborat bo‘ladi: kirish va chiqish kanallari, jarayonlar, cheklovlar, chiqish mahsuli, mahsul sifatini nazorat qiluvchi mexanizm va teskari aloqa mexanizmi. Funksional tizimli tahlil metodologiyasi bosqichma-bosqich quyidagi ilmiy-amaliy vazifalarni bajarish maqsadida qo‘llaniladi: 1) o‘rganish ob’ektini aniqlash; 2) o‘rganish predmetini (ya’ni o‘rganish ob’ektiga tegishli dolzarb xodisalar va jarayonlar), hamda o‘rganish maqsadini aniqlash; 24 3) o‘rganish ob’ektini tizim sifatida namoyon qilish va tizimning joriy, hamda namunali holatini tavsiflovchi maqsad ko‘rsatkichlarini aniqlash; 4) tizimning joriy, hamda namunali holatini (ya’ni maqsad ko‘rsatkichlarining joriy, hamda optimal qiymatlarini) o‘rganish va ular orasidagi tafovutni tizimli muammo sifatida belgilab olish; 5) tizimli muammoning sabablarini aniqlash (ya’ni maqsad ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi sabab ko‘rsatkichlarni aniqlash); 6) tizimning tashqi muhitini aniqlash (ya’ni maqsad ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi ekzogen ko‘rsatkichlarni aniqlash); 7) tizimning cheklovlarini aniqlash; 8) tizimning maqsadi va tizimli muammoning sabablari orasidagi bog‘liqliklarni ifodalovchi muqobil modellarni qurish va (ularni oldingi vaqt davridagi ma’lumotlar asosida) amalda sinash; 9) eng yaxshi modellarni tanlash va o‘sha modellar yordamida tizimli muammoning sabablarini bartaraf etish (ya’ni sabab ko‘rsatkichlarning qiymatlarini tegishli optimal qiymatlarga etkazish) maqsadida tegishli chora-tadbirlarni (tizimli yechimni) ishlab chiqish; 10) agar chora-tadbirlar tizimli muammoni bartaraf etmasa, tizimni o‘rganishni qaytadan boshlash va yuqoridagi bosqichlardan qaytadan o‘tish (ya’ni teskari bog‘liqlik mehanizmini ishga solish). 1.7. MURAKKAB TIZIMLARNI TAHLIL QILISH USULLARI. Axborotning to‘liqligi darajasi tizimni tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Barcha usullarni axborotning to‘liqligi darajasi bo‘yicha tasniflash mumkin. Murakkab tizimni tahlil qilish usullari Aniqlik sharoitida tahlil qilish usullari Noaniqlik, ziddiyatlar, noravshanlik va ehtimollik sharoitida tahlil qilish usullari Miqdoriy ahborot tanqisligi sharoitida tahlil qilish usullari Bular quyidagilardan iborat: - Aniqlik sharoiti (tizimni boshqarish bo‘yicha muqobil qarorlarning maqsadga ta’siri, hamda tizimning ichki tuzilmasi va tashqi muhiti holati to‘g‘risidagi axborot to‘liq va aniq bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari; 25 - Noaniqlik sharoiti (tizimni boshqarish bo‘yicha muqobil qarorlarning samarasi, hamda tizimning tashqi muhiti holati yoki ichki tuzilmasi to‘g‘risidagi axborot noaniq bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari; - Ziddiyatlar sharoiti (o‘zaro ziddiyatli munosabatda bo‘lgan tizimlarni boshqarish bo‘yicha muqobil qarorlarning tegishli natijalarga olib kelishi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari; - Noravshanlik sharoiti (tizimning maqsadlari va cheklovlari to‘g‘risidagi axborot noravshan bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari; - Ehtimollik sharoiti (tizimni boshqarish bo‘yicha muqobil qarorlarning samarasi va tizimning tashqi muhiti holati yoki ulardan biri to‘g‘risidagi axborot ehtimolli bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari; - Miqdoriy ahborot tanqisligi sharoiti (muqobil qarorlarning samarasi, hamda tizimning ichki va tashqi muhiti holati to‘g‘risidagi miqdoriy axborot deyarli mavjud bo‘lmagan holat) dagi tahlil qilish usullari. Quyidagi jadvalda barcha tahlil qilish usullari ahborot aniqligi bo‘yicha tasniflangan holda keltirilgan. Yechish mexanizmiga ko‘ra usulning nomi Sharoit turi Bir mezonli dinamik optimallashtirish - Dinamik dasturlash* (Bellman usuli) - Variatsion hisoblash* - Optimal boshqaruv* (Pontryagin usuli) Bir mezonli statik optimallashtirish - Chiziqli dasturlash - Chiziqsiz optimallashtirish o shartsiz optimallashtirish o shartli optimallashtirish (Lagranj usuli, Kun-Taker usuli) Ko‘p mezonli dinamik optimallashtirish* Ko‘p mezonli chiziqli dasturlash* Ko‘p mezonli chiziqsiz optimallashtirish* Dinamik (klassik) tizimlarni muvozanatlashtirish* Statik tizimlarni muvozanatlashtirish* Aniqlik sharoiti Qaror qabul qilish qoidalari (Tabiat bilan o‘ynash usullari) Noaniqlik sharoiti Antagonistik o‘yinlarda qaror qabul qilish Noantagonistik o‘yinlarda qaror qabul qilish Ziddiyatlar sharoiti Noravshan to‘plamlar asosida bir yoki ko‘p mezonli qarorlar qabul qilish (ierarxik tahlil usuli va xok.) Neyronli tarmoqlar asosida qarorlar qabul qilish* Noravshanlik sharoiti Qaror qabul qilish qoidalari (Tabiat bilan o‘ynash usullari) Bashorat qilish Sotsiologik tadqiqot* (bosh komponentlar usuli, diskriminantli va omilli tahlil va xok.) Stoxastik optimallashtirish* Stoxastik o‘yinlar nazariyasi* Ehtimollik sharoiti Evristik usullar: - Aqliy hujum usuli Miqdoriy ahborot 26 - Ssenariylar usuli* - “Delfi” usuli - “Maqsadlar daraxti” usuli - “Muammolar daraxti” usuli - Morfologik tahlil usuli - SWOT-tahlili usuli - Xal qiluvchi matritsalar usuli* - Sinektika usuli* - Mettchet usuli* tanqisligi sharoiti *Yulduzcha bilan belgilangan usullar mazkur darslikda ko‘rib chiqilmaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling