Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti a. Xudaynazarov
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konkretlashtirish usuli
- 1.2. SODDA VA MURAKKAB TIZIMLAR . Tizim
- Bog‘liqlik (kommunikativlik) hususiyati
- Maqsadga intilish hususiyati
- Sodda tizim Murakkab tizim
- 1.3. MURAKKAB TIZIMNING ELEMENTLARI, UNING YUQORI VA QUYI TIZIMLARI
Tahlil usuli o‘rganish predmetini bo‘laklarga bo‘lib o‘rganishni nazarda tutadi. Sintez usuli esa predmetning o‘rganilgan bo‘laklarini birlashtirishni va tahlil natijalarini umumlashtirishni nazarda tutadi. Tahlil tadqiqot boshida amalga oshirilsa, sintez uni yakunlaydi. Induksiya usuli - hususiy xodisalar hususiyatlaridan olingan fikr bildirishdan (ya’ni asosdan) umumiy xodisalar hususiyatlaridan olingan fikr bildirishni (ya’ni xulosani) keltirib chiqarish usulidir. Bunda hususiy fikr bildirish (asos) haqiqat deb faraz qilinadi. 6 Deduksiya usuli – umumiy fikr bildirishdan (asosdan) hususiy fikr bildirishga (xulosaga) o‘tish usulidir. Bunda umumiy fikr bildirish (asos) haqiqat deb faraz qilinadi. 7 Analogiya usuli – muayan predmetni o‘rganish natijasida hususiyatlar bo‘yicha olingan bilimlarni analogik predmetga qo‘llash usulidir. 8 6 Induksiya to‘liqsiz va to‘liq bo‘ladi. To‘liq induksiya usulini qo‘llash nihoyatda og‘ir, chunki barcha hususiy xodisa yoki ob’ektlarni o‘rganib chiqish - mushkul va harajatli tadbir. Ko‘pincha to‘liqsiz induksiya amalda qo‘llaniladi, lekin to‘liqsiz induksiya usuli yordamida olingan xulosalar ehtimolli bo‘ladi va doimo haqiqat bo‘lavermaydi. 7 Ba’zan deduksiya usulida asos “ceteris paribus” qoidasi bilan birgalikda haqiqat deb faraz qilinadi. Bu qoida “boshqa omillar o‘zgarmas”degan ma’noni anglatadi. 8 Mazkur usul, masalan, quyidagi formulaga asoslanadi: agar A ob’ekti a, b, c, d hususiyatlariga ega va B ob’ekti b, c, d hususiyatlariga ega bo‘lsa, u holda B ob’ekti ham a hususiyatiga ega. 11 Saralab olish usuli – predmet uchun ob’ektning eng muhim bo‘lgan hususiyatlari, qismlari, ularning orasidagi munosabatlarini alohida ajratib olish va boshqa ahamiyatsiz hususiyatlari, qismlari va munosabatlaridan voz kechish usulidir. Ideallashtirish usuli – muayan predmetni o‘rganish natijasida real xayotda uchramaydigan, etalon yoki ideal sifatida ko‘riladigan modelni yaratish va uning hususiyatlarini real xayotda uchraydigan ob’ekt hususiyatlari bilan taqqoslash usulidir. 9 Konkretlashtirish usuli – ob’ekt va predmet to‘g‘risidagi abstrakt, hamda ideallashtirilgan bilimlarni real hayotdagi xodisalar to‘g‘risidagi bilimlar orasidagi tafovutni kamaytirish usulidir. Tasniflash (klassifikatsiya) usuli – muayan ob’ektlar (elementlar) to‘plamidan muayan tasniflash alomati bo‘yicha tasniflar (klasslar, quyi to‘plamlar) ni tuzish usulidir. Tasniflash alomati – elementning hususiyati yoki tavsifidir. Alomatlar sifatiy va miqdoriy ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin. 10 Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fani - fanlararo fandir. Demak, bu fan mutaxassislik fanlarning tadqiqot usullaridan tegishli tizimlarni o‘rganishda foydalanadi. Bular: - sotsiologik usullar (kuzatuv, intervyu va so‘rovnoma orqali o‘rganish usullari); - psixologik usullar (kuzatuv, test, eksperiment va xok. orqali o‘rganish usullari); - matematik usullar (matematik modellashtirish, matematik tahlil, funksional tahlil, algebra, matematik mantiq, o‘yinlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi usullari va boshqalar); - statistik usullar (boshlang‘ich statistik tahlil, tanlanma statistik kuzatuv, korrelyasion-regression tahlil, vaqt qatorlari tahlili, indekslar usuli); - iqtisodiy tahlil usullari (iqtisodiy samaradorlik nazariyalari usullari); - davlat va huquq nazariyasi usullari; - yuridik dogmatika va germenevtika usullari; - tarihiy hujjatlar tahlili va sintezi va xok. So‘ngi asrda vujudga kelgan yangi sohalararo fanlarning quyidagi usullari tizimlarni o‘rganishda nihoyatda foydalidir: 9 Masalan, sof raqobat modeli – xayotda uchramaydigan model, ammo har qanday iqtisodiyot nazariyasi darsligida bunday model keltirilgan. 10 Ierarxik tasniflash usuli bir necha alomatlar bir-biriga nisbatan ierarxik holda turishini talab qiladi. Parallel tasniflash usuli esa bir necha alomatlar bir-biriga nisbatan mustaqil, bog‘liqsiz holda turishini talab qiladi. 12 - boshqaruv usullari; - verbal modellashtirish usuli; 11 - qarorlar qabul qilish usullari; - kibernetik va sinergetik usullar 12 . O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fanining o‘ziga hos metodologiyasi esa qanday? Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil - avvalam bor, ilmiy-metodologik fandir. Bu fan ob’ekt, xodisa va jarayonlarni yahlit holatda o‘rganish maqsadida turli usullarni o‘zida qamrab oladi. Bu usullar majmuasi biror- bir murakkab ob’ekt, xodisa yoki jarayonning husususiyatlari, tarkibiy qismlari va funksiyalarini o‘rganib olishga imkon beradi. Natijada o‘sha ob’ekt, xodisa yoki jarayon tizim ko‘rinishiga keltirilib, o‘ning ichki elementlari orasidagi munosabatlari, uning tashqi muhit bilan munosabati, elementlarining muayyan tuzilma asosida bog‘liqligi va muayan maqsad sari intilishi tushuntirib beriladi. Tizimli tahlil usuli har qanday maqsad sari intiluvchi ob’ekt, xodisa yoki jarayonni yahlit holatda ko‘rishni majburlaydi. Tizimli tahlilda ob’ekt va xodisalarni yahlit holatda ko‘rish hususiy holatda ko‘rishdan ustun turadi. Demak, tizimli tahlilda fikr soddalikdan murakkablikga emas, balki murakkablikdan soddalikka, yahlitlikdan tarkibiylikka, tizimdan elementlar sari qarab yuradi. Demak, muayan murakkab ob’ekt, xodisa yoki jarayonni tizimli tahlil qilish deganda, uni yahlit holatda, ya’ni tizim sifatida namoyon qilib, hususiyatlarini o‘rganish tushuniladi. Bunda tizimning holati va hususiyatlarini o‘rganiladi va buning natijasida uning o‘z ideal holatidan og‘ishganligi sabablari aniqlanadi. So‘ng, o‘sha sabablarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rinishidagi yechimlar tavsiya etiladi. Tizimli tahlil intuitiv qaror qabul qilishlarda qo‘llanilmaydi va ko‘pincha muammoni har-tomonlama o‘rganish, hisob-kitoblarni amalga oshirish va modellashtirish yordamida qarorlar qabul qilish jarayonlarida qo‘llaniladi. Tizim qanchalik katta va murakkab bo‘lsa, tizimli tahlil shunchalik muhim va kerakli tadqiqot instrumenti bo‘ladi. Ob’ekt, xodisa yoki jarayonlarning tizimli tadqiq qilish ko‘p 11 Verbal modellashtirish usuli – xayolan davlat-huquqiy xodisalar modelini yaratish va faraz qilingan sharoitlarda ularni ko‘zlangan yo‘nalishda o‘zgartirish o‘zgartirish. Bunday modellashtirishda miqdoriy ma’lumot deyarli qo‘llanilmaydi. Masalan, Adam Smit “ko‘rinmas qo‘l” konsepsiyasini xech qanday matematik ifodalarsiz yoritib bergan. 12 Sinergetika fani usullari tizimlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, degradatsiyasi va tugatilishini o‘rganishga katta e’tibor beradi, ammo ularning turlari va hususiyatlari ko‘proq tizimlar nazariyasi o‘rganadi. Tizimli tahlil fani esa ko‘proq tizimlar dekompozitsiyasini o‘rganishga urg‘u beradi. Mazkur darslikda biz tizimlar nazariyasi tizimlarning vujudga kelishi, rivojlanishi, degradatsiyasi va tugatilishini ham o‘rganadi deb faraz qilamiz. 13 holatlarda tuzilmaviy va funksional tadqiqotlar ko‘rinishida amalga oshiriladi, ya’ni har qanday tizim ichkaridan yoki tashqaridan o‘rganiladi. Agar tizim tashqaridan o‘rganilsa, tizimning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi yoki tizimning funksiyalari ko‘rib chiqiladi, ya’ni bu erda funksional yondashuv qo‘llaniladi. Tizimning funksiyasi nima deganda uning nima uchun kerakligi tushuniladi. 13 Funksional yondashuvda tizim harakatining maqsadi aniqlanadi va shu maqsadga erishishda tizim hususiyatlaridan qanday foydalanilishi ko‘rsatiladi. Qisqacha qilib aytganda “Tizim maqsadi nima va unga erishish uchun nima qilish kerak?” degan savolga javob izlanadi. Agar tizim ichkaridan o‘rganilsa, tizimning tuzilmasi, tarkibiy qismlari va ular orasidagi o‘zaro aloqalar ko‘rib chiqiladi, ya’ni bu – tuzilmaviy yondashuvni qo‘llash jarayonidir. Funksiyalardan holi tuzilma yo‘q bo‘lganligi kabi, tuzilmadan holi funksiyalar ham bo‘lmaydi, ya’ni ikkalasi bir-biri bilan doimo uzviy bog‘liq bo‘ladi va ularni ajratib bo‘lmaydi. Tuzilmaviy yondashuv tizimning qanday tuzilganligi, qanday qismlardan tarkib topganligi va ular qanday bog‘liqligini o‘rganishda qo‘llaniladi. Tuzilmaviy yondashuv ikkita bosqichdan iborat bo‘ladi: boshida tizimning barcha muhim qismlari aniqlanadi va ular elementlar sifatida namoyon qilinadi; keyin tizimning tuzilmasi aniqlanadi. Qisqacha qilib aytganda “Tizim - bu nima va qanday tuzilgan?” degan savolga javob izlanadi. Tashqi muhitdagi o‘zgarishlar yangi muammolar va maqsadlarga olib keladi, bu esa o‘z navbatida tizim funksiyalarining va buning oqibatida uning tuzilmasining ham o‘zgarishiga olib keladi. Shu bilan birga, agar tuzilmaning salohiyati yuqori, ammo qo‘yilgan maqsadlar bunga mos bo‘lmasa, maqsadlar va funksiyalar mos ravishda to‘g‘rilanadi. Ma’lumki, tuzilmaviy va funksional yondashuvlar tizimning dekompozitsiyasini amalga oshirishda qo‘llaniladi. Tizimli yondashuv tizimning kompozitsiyasini amalga oshirishda qo‘llaniladi. Ushbu yondashuv qo‘llanilganda tizim yahlit holatda bo‘lganligi faraz qilinib uning hususiyatlari o‘rganiladi. Tizimli yondashuvdan oldin tuzilmaviy va funksional yondashuvlar amalga oshirilgan bo‘lishi shart. Tizimli yondashuvni tor ma’noda tuzilmaviy va funksional yondashuvlar sintezi sifatida ko‘rsa bo‘ladi. Keng ma’noda tizimli yondashuv, bundan tashqari, tizim ishlashining samaradorligini 13 Masalan, prokuratura tizimining funksiyasi – huquqiy munosabatlar sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan xarakatlarining qonunchilik me’yorlariga zid kelmasligini nazorat qilish. Matematik nuqtai nazar, funksiya – bu tizimdagi kirish oqimini chiqish oqimiga o‘zgartirish usuli (ya’ni qoidasi yoki algoritmi). 14 o‘rganishni, ya’ni texnik-iqtisodiy yondashuvni ham o‘zida qamrab oladi. Dinamik yondashuv tizim elementlari va uning quyi tizimlarining dinamik modellarini ishlab chiqish va shu asosda tizimning dinamik hususiyatlari haqida xulosalar chiqarishga qaratilgan. Tizimning dinamikasi deganda uning holati, tuzilmasi, funksiyalari, ishlashi samaradorligining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borishi tushuniladi. Tizimning dinamik o‘zgarishini klassik (orqaga qayta oladigan) va noklassik (orqaga qayta olmas, evolyusion) dinamik o‘zgarish turlariga tasniflasa bo‘ladi. Biologik va ijtimoiy tizimlar, vaqt o‘tishi sari, albatta, evolyusion va orqaga qaytmas tarzda o‘zgarishadi. 14 1.2. SODDA VA MURAKKAB TIZIMLAR. Tizim - bu elementlardan tashkil topgan ob’ekt. Ushbu ta’rif umumiy bo‘lib ham sodda, ham murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Masalan, rangli qalamlar to‘plami – bu sodda tizim, chunki bu to‘plam maqsadga intilmaydi. Uning maqsadi ichkaridan emas, balki tashqaridan belgilanadi: rasm chizish tashqi muhitda maqsad qilib olinadi, ya’ni qalamlar to‘plami aslida tashqaridagi ob’ekt uchun vosita (instrument) sifatida xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, “maqsad ob’ekt ichida dasturlanmagan”. Murakkab tizim – bog‘langan elementlardan tashkil topgan va maqsadga intilayotgan ob’ektdir. Bu ta’rif faqat murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti oliy ma’lumotli yuridik kadrlarni tayyorlash tizimi sifatida quyidagi bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan va ierarxik tuzilma orqali bog‘langan elementlardan tashkil topgan: rektor, prorektorlar, kafedralar, talabalar va h.k. Bu tizim quyidagi maqsadga intiladi - yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, “ob’ekt miqyosida maqsad dasturlangan”. Har qanday murakkab tizim quyidagi to‘rtta tushuncha orqali ifodalanadi: sub’ekt, ob’ekt, muammo (masala) va tezaurus. Sub’ekt deb ob’ektning iste’molchisiga aytiladi. Masalan, avtomobilni ob’ekt, xaydovchisini esa sub’ekt desa bo‘ladi. Universitetning sub’ekti – jamiyat, chunki universitet o‘z faoliyati bilan jamiyatga naf keltiradi. Sub’ekt ba’zi tizimlarda ajralmas, ba’zilarida esa ajralgan bo‘lishi mumkin. 15 Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va uning tashqi muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim deyiladi. Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda ochiq tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi. 14 Ma’lumki, sinergetika fani murakkab tizimlarning dinamikasini o‘rganadi. Ammo xozirgi kunda, dinamik tizimlar nazariyasi ham bu masala bilan shug‘ullanishi mumkin, demak, sinergetika ilmiy yo‘nalishi yaqin istiqbolda tizimlar nazariyasi tomonidan qamrab olinishi mumkin. Statik tizimli tahlil esa ko‘proq muayyan vaqt holatida ko‘rilayotgan tizimning ichki va tashqi tomonini, uning komparativ-statik holatdagi ishlash samaradorligini o‘rganadi. 15 Masalan, avtomobil va xaydovchi xarakatlanuvchi ob’ektni hosil qilishganda, bir-biridan ajralmas bo‘lishadi. Texnik tizimlarda, ko‘pincha, tegishli sub’ekt va ob’ektlar ajralmas bo‘ladi. Ijjtimoiy tizimlarda aksincha bo‘ladi. Masalan, universitet - tizim, jamiyat esa – uni tashqaridan kuzatayotgan yuqori tizim, ya’ni sub’ektdir. 15 Ob’ekt – bir-biri bilan tuzilma orqali bog‘liq bo‘lgan va sub’ektga naf keltirishga mo‘ljallangan qo‘yi ob’ektlar, qismlar to‘plami. Masalan, avtomobil va xaydovchi tizimida avtomobil ob’ekt bo‘lib xizmat qiladi. Universitetning o‘zi – ob’ekt, jamiyat esa - sub’ekt. O‘zbek tilining so‘zlari majmuasi – ob’ekt, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi jamiyat esa - sub’ekt. Yoshlar orasidagi jinoyatlar bilan kurashish tizimida ob’ekt sifatida quyidagi bir necha organlar majmuasi ko‘rilishi mumkin: prokuratura, ichki ishlar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, o‘zini-o‘zi boshqarish, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati organlari. Muammo (masala) – sub’ektning ob’ektga nisbatan mulohaza ko‘rinishida bildirilgan tanqidiy munosabati. 16 Masalan, sub’ekt ob’ekt tomonidan keltirilayotgan naf bilan qoniqmaydigan bo‘lsa, ob’ektga nisbatan tanqidiy munosabat bildiradi, ya’ni ob’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni ko‘taradi. Tezaurus – quyi ob’ektlar, sub’ekt va ob’ekt orasidagi munosabatlarni maxsus belgilar bilan ifodalash va ular yordamida muammoni yechish maqsadida qo‘llanadigan til. Masalan, bu – matematik, lingvistik yoki dasturlash tili bo‘lishi mumkin. Murakkab tizim – bu shunday ob’ektki, u quyidagi uchta universal hususiyatlardan iborat bo‘ladi: - ob’ektning yahlitligi (elementlarning integrallashganligi) 17 ; - elementlarning bir-biri bilan tuzilma shaklida bog‘liqligi 18 ; - ob’ektning maqsadga intilishi (ya’ni ob’ektda maqsad sari intilish hususiyati mavjud). Yuqorida keltirilgan ta’rif ushbu darslikda o‘rganiladigan murakkab tizim tushunchasining to‘liq ta’rifi hisoblanadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, bundan avvalgi ta’rifda tizimning yaxlitlilik xususiyati keltirilmagan edi. Yahlitlik (integrallashganlik) hususiyati. Murakkab tizimning birorta elementini ajratib bo‘lmaydi. Demak, murakkab tizimga nisbatan hususiy tahlil emas, balki tizimli tahlilni amalga oshirish kerak, ya’ni har bir elementni tizimdan ajratmagan holda tahlil qilish lozim. Tizimdan ajralgan element o‘zining muhim hususiyatlarini yo‘qotadi, tizim doirasida esa u o‘z hususiyatlarini saqlaydi. Bunga sabab, o‘sha elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligidir. Bog‘liqlik (kommunikativlik) hususiyati. Murakkab tizimdagi elementlar bir biri bilan har hil munosabatlarda bo‘lishadi. Agar ba’zi elementlar alohida bo‘lib qolib, ularning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi aniqlanmasa, tizim haqidagi ma’lumot to‘liq bo‘lmaydi. Agar har bir elementning boshqa elementlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi 16 “Muammo” tushunchasiga boshqacha ta’rif bersa ham bo‘ladi: muammo – ob’ektning a’lo va joriy holati orasidagi tafovutni ifodalovchi mulohaza. 17 Ya’ni birorta elementni ob’ektdan uning nafliligini kamaytirmasdan ajratib bo‘lmaydi. Masalan, futbol jamoasi o‘yin davomida bir o‘yinchidan qizil kartochka tufayli ayrilib qolsa, o‘ynayveradi, ammo uning o‘yini samaradorligi pasaymay qolmaydi. 18 Tizim elementlari orasidagi bog‘liqlik tizim va tashqi muhit elementlari orasidagi bog‘liqlikdan kuchliroq bo‘ladi. 16 ma’lumot to‘liq aniqlansa, u holda tizim deterministik deb nomlanadi. Deterministik tizimlar ko‘pincha mexanika va matematika sohasida uchraydi. Ijtimoiy tizimlar esa deterministik bo‘lmaydi. Murakkab tizimdagi elementlar bir biriga nisbatan ierarxik yoki boshqacha holda joylashgan bo‘ladi. Qaysidir elementlar tizimning yuqori pog‘onasida joylashgan bo‘lsa, boshqalari – quyi yoki parallel pog‘onada joylashgan bo‘ladi. Masalan, universitet boshqaruvi tizimida rektor element sifatida eng yuqori pog‘onada tursa, prorektorlar boshqa elementlar sifatida ikkinchi pog‘onada turishadi va xok. Maqsadga intilish hususiyati. Har qanday murakkab tizim maqsadga intilgan bo‘ladi. Maqsadga intilish tizim ichida dasturlangan bo‘ladi. Murakkab tizim avtonom ravishda ishlay oladi va muayan maqsadga intiladi. Agar tizim maqsadga intilmasa, demak u murakkab tizim emas, aksincha, sodda tizim. Murakkab tizimda qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizim yoki gomeostazis hususiyati 19 mavjud bo‘ladi. Murakkab tizim qarorlar qabul qilish mexanizmi orqali yoki avtomatik tarzda yoki muvozanatga tortuvchi kuch yordamida boshqarilishi mumkin. Avtomatik tarzda boshqariladigan murakkab tizimlar kibernetik tizimlar bo‘lib, kibernetika 20 tomonidan o‘rganiladi va mazkur darslik doirasida ko‘rilmaydi. Sodda tizim Murakkab tizim Qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizimi yoki gomeostazis hususiyati yo‘q yoki munosabatlarni tartibga soluvchi hususiyati yo‘q Qaror qabul qiluvchi yoki boshqaruvchi quyi tizimi yoki gomeostazis hususiyati yoki munosabatlarni tartibga soluvchi hususiyati mavjud Maqsadga intilmaydi Maqsadga intiladi Sub’ekt tizimni bevosita harakatga keltiradi Tizim o‘zi harakatga keladi va sub’ekt uning ishlashiga dastlabki impuls beradi, hamda uning harakatiga bilvosita ta’sir qiladi Misollar: agar sub’ekt ajralgan bo‘lsa va xarakatlanayotgan dinamik tizim ob’ekt sifatida o‘rganilsa, u holda velosiped, avtomobil, samolyot – sodda tizimlar, chunki ular xaydovchisiz xarakatga kelishmaydi. Ya’ni o‘rganish ob’ekti va predmetiga ko‘ra, tizim sodda yoki murakkab bo‘lishi ham mumkin. Misollar: agar sub’ekt ajralmagan bo‘lsa va xarakatlanayotgan tizim o‘rganilsa, u holda velosiped, avtomobil, samolyot – murakkab tizimlar. Boshqa misollar: velosiped, avtomobil yoki samolyotda o‘rnatilgan GPS navigatori; robot; mexanik yoki kvarsli soat; Quyosh tizimi; korxona; o‘simlik; universitet; jamiyat; jinoyat bilan kurashish tizimi; Konstitutsiya; Mehnat Kodeksi; jinoyat qonunchiligi. 19 Muvozanatga intilish hususiyati. 20 Mashhur olim Norbert Viner kibernetika fanining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Uning fikrlari quyidagi ilmiy asarda batafsil bayon etilgan: Norbert Wiener (1948), Cybernetics or Control and Communication in the Animal and the Machine. New York: John Wiley & Sons, Inc. 17 Muvozanatga intiluvchi tizimlar fizika, astronomiya, iqtisodiyotda va xok. sohalarda uchraydi. Keyinchalik biz qaror qabul qiluvchi quyi tizimga ega bo‘lgan, hamda muvozanatga intiluvchi murakkab tizimlarni ko‘rib chiqamiz. 1.3. MURAKKAB TIZIMNING ELEMENTLARI, UNING YUQORI VA QUYI TIZIMLARI. Ob’ekt murakkab tizim sifatida namoyon qilinganda, uning tizimli tahlil uchun muhim hisoblangan tarkibiy qismlari tizim elementlari deb nomlanadi. Ob’ektning muhim bo‘lmagan qismlari tizimda aks ettirilmaydi. Har qanday murakkab tizim tuzilma shaklida bir-biri bilan bog‘langan elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Agar tizimning ayrim elementlari o‘z navbatida tuzilma shaklida bir- biri bilan bog‘langan elementlardan tashkil topgan bo‘lsa, bunday elementlar to‘plami quyi tizim deyiladi. Quyi tizim ham murakkab tizimning uchta universal hususiyatlariga ega – u maqsadga intiladi, uning biborta elementini ajratib bo‘lmaydi va ular bog‘langan bo‘ladi. Agar quyi tizim murakkab tizim bo‘la olmasa, ammo baribir bir qancha elementlarni o‘zida qamrab olsa, u tizim komponenti deyiladi. Agar A tizimi B tizimning quyi tizimi bo‘lsa, u holda B tizimi yuqori Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling