Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti a. Xudaynazarov
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4. MAKSIMAL EHTIMOLLIK QOIDASI .
- 8.5. TAVAKKALNI MINIMALLASHTIRISH QOIDASI
- 8.7. QARORLAR DARAXTI YORDAMIDA QAROR QABUL QILISH: STATIK VA DINAMIK QARORLAR.
- Qarorlar Xodisalar Natija Kutilayotgan natija Yig‘indi 50
- Tayorlanish uchun savollar
- MUSTAQIL ISHLASH UCHUN KEYSLAR. Keys 8.1. X
- Keys 8.2.
- 9-MAVZU. EHTIMOLLI SHAROITDA MURAKKAB TIZIM STATIKASINING SABAB-OQIBATLI TAHLILI: KORRELYASION-REGRESSION TAHLIL USULLARI Reja
Muqobil strategiya (Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak) Tashqi muhit holatlari Hisoblash yo‘li Foyda solig‘i past Foyda solig‘i o‘rta Foyda solig‘i yuqori Kutila- yotgan yutqa- zishlar 102 p 1 =0,5 p 2 =0,4 p 3 =0,1 Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 1000 0 0 1000*0,5 +0*0,4+ 0*0,1= 500 Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 0 200 1800 0*0,5 +200*0,4+ 1800*0,1= 260 Yechim. Bayes-Sevidj qoyidasiga ko‘ra, kutilayotgan yutkazishlarga (ya’ni 500 va 260 ga) olib keluvchi strategiyalardan minimal kutilayotgan yutkazishga (ya’ni 260 ga) keltiruvchisi tanlandi. Demak, noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish kerak. 8.4. MAKSIMAL EHTIMOLLIK QOIDASI. Maksimal ehtimollik qoidasiga ko‘ra, eng katta ehtimollikka ega bo‘lgan tashqi muhit holatidagi barcha strategiyalardan eng katta yutuq keltiruvchisi tanlanadi . Agar maksimal ehtimollik 50% dan yuqori bo‘lsa, bu qoidani amalda ehtiyotkor QQQSH lar qo‘llaydi. Agar maksimal ehtimollik 50% dan kam bo‘lsa, bu qoidani amalda ehtiyotkor bo‘lmagan QQQSH lar qo‘llaydi. Muqobil strategiya (Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak) Tashqi muhit holatlari Foyda solig‘i past Foyda solig‘i o‘rta Foyda solig‘i yuqori Ehtimolligi maksimal bo‘lgan yutuqlar p 1 =0,5 p 2 =0,4 p 3 =0,1 Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish -700 500 2100 -700 Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 300 300 300 300 Yechim. Maksimal ehtimollik qoidasiga ko‘ra, ehtimolligi maksimal bo‘lgan yutuqlarni (ya’ni -700 va 300 ni) keltiruvchi strategiyalardan maksimal yutuqni (ya’ni 200 ni) keltiruvchisi tanlanadi. Demak, noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish kerak. 8.5. TAVAKKALNI MINIMALLASHTIRISH QOIDASI. Shartli ravishda, ushbu bobda “tavakkal” deb kutilayotgan standart chetlashishni tushunamiz. Kutilayotgan standart chetlashish – bu muayan natijaning variatsiyasini o‘lchaydigan statistik ko‘rsatkichdir. Har bir -qarorining tavakkalligini hisoblash formulasi quyidagicha: 103 Tavakkalni minimallashtirish qoidasiga ko‘ra, yutuqlarning kutilayotgan standart chetlashishlariga olib keluvchi strategiyalardan minimal kutilayotgan standart chetlashishga olib keluvchisi tanlanadi: Bu qoidani amalda tavakkalni kamaytirmoqchi bo‘lgan qaror qabul qiluvchi shaxslar qo‘llaydi. Strategiya yutuqlarining kutilayotgan standart chetlashishi qanchalik yuqori bo‘lsa, strategiya bilan bog‘liq tavakkalchilik shunchalik yuqori bo‘ladi. Muqobil strategiya (Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak) Tashqi muhit holatlari Hisoblash yo‘li Foyda solig‘i past Foyda solig‘i o‘rta Foyda solig‘i yuqori Kutila- yotgan standart chetlashi shlar p 1 =0,5 p 2 =0,4 p 3 =0,1 Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish -700 500 2100 884,53 Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 300 300 300 0 Yechim. Tavakkalni minimallashtirish qoidasiga ko‘ra, yutuqlarning kutilayotgan standart chetlashishiga (ya’ni 884,53 va 0 ga) olib keluvchi strategiyalardan minimal kutilayotgan standart chetlashishga (ya’ni 0 ga) keltiruvchisi tanlandi. Demak, noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish kerak. Yakuniy qaror. Endi barcha qoidalar bo’yicha olingan yechimlarni alohida umumlashtiruvchi jadvalda aks ettiramiz. So‘ng oddiy sanash orqali qoyidar bo‘yicha eng ko‘p marotaba qabul qilingan qaror aniqlanadi. Gohida sanash o‘rniga vaznga solingan qoyidalar boyicha hisob-kitob qilinadi. 104 Yakuniy qaror. Xulosa qilib aytganda, barcha qoidalar bo‘yicha QQQSH ikkinchi strategiyani amalga oshirishni ma’qul topdi. noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish kerak. Muqobil strategiya (Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak) Tashqi muhit holatlari B aye s qoidasi B aye s- S evidj qoidasi Ma ksim al e hti mol li k qoidasi T ava kka lni mi nim mala shti rish qoidasi Foyda solig‘i past Foyda solig‘i o‘rta Foyda solig‘i yuqori p 1 =0,5 p 2 =0,4 p 3 =0,1 Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish -700 500 2100 60 500 - 700 884,53 Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 300 300 300 300 260 300 0 8.6. TO‘LIQ MA’LUMOT (YA’NI ANIQLIK) NING NARHI. Agar maksimal yutuqqa keltiradigan strategiya to‘g‘risidagi ma’lumot har bir holat uchun mavjud bo‘lsa, u holda kutilayotgan yutuq maksimal bo‘ladi. Muqobil strategiya (Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak) Tashqi muhit holatlari Maksimal kutilayotgan yutuq, ya’ni to‘liq ma’lumot sharoitidagi yutuq To‘liq ma’lumot narhi Foyda solig‘i past Foyda solig‘i o‘rta Foyda solig‘i yuqori p 1 =0,5 p 2 =0,4 p 3 =0, 1 Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish -700 500 2100 300*0,5 +500*0,4+ 2100*0,1= 560 560 - 300 = 260 Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish 300 300 300 To‘liq ma’lumot sharoitidagi yutuq va ehtimollik sharoitidagi kutilayotgan yutuq orasidagi farq – to‘liq ma’lumot narxi deyiladi. 105 Oldingi misol. Demak, to‘liq ma’lumot sharoitida, qarorlar quyidagicha bo‘ladi: agar foyda solig‘i past bo‘lsa, u holda noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasi amalga oshiriladi; agar foyda solig‘i o‘rta yoki yuqori bo‘lsa, u holda soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasi amalga oshiriladi. 8.7. QARORLAR DARAXTI YORDAMIDA QAROR QABUL QILISH: STATIK VA DINAMIK QARORLAR. Qarorlar daraxtini tuzish usuli QQQSH uchun tashqi muhitning turli holatlariga bog‘liq bo‘lgan muqobil qarorlarni generatsiya qilishga yordam beradi. Qizziqarlisi shuki, bir davrdan ikkinchi davrga o‘tilganda, muqobil qarorlar va tashqi muhit holatlari o‘zgarishadi. Tegishli yutuqlar va ularning ehtimolliklari maxsus qaror qabul qilish mezoni yordamida o‘rganiladi va natijada teegishli davr uchun optimal qaror qabul qilinadi. Daraxt “barglar” va “shohlar” dan tarkib topgan bo‘ladi. SHohlarda - maqsad funksiyasiga oid alomatlar, barglarda - maqsad funksiyasining tegishli qimatlari, bo‘g‘inlarda esa – tashqi muhit holatlari ko‘rsatiladi. Misol. Toshkent viloyati adliya boshqarmasi viloyat miqyosida yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish maqsadida keyingi yilda huquqiy targ‘ibot tadbirini o‘tkazmoqchi. Demak, ikkita muqobil qaror bor: tadbirni o‘tkazish yoki tadbirni o‘tkazmaslik. Tashqi muhit holatlari – “Kamolot” YOIH tomonidan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot o‘tkazilishi yoki o‘tkazilmasligi. Faraz qilaylik, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot o‘tkazilishi 70% ehtimollik bilan kutilyapti. Qarorlar Xodisalar Natija Kutilayotgan natija Yig‘indi 50 35 59 80 24 80 56 86 100 30 Agar haqiqatdan ham bunday ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot o‘tkazilsa va boshqarma shu paytda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirsa, u holda yil davomida qayd etilgan yoshlar orasidagi jinoyatlar soni o‘n ming kishiga nisbatan 50 tani tashkil etadi. Agar, aksincha, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot o‘tkazilmasa va boshqarma shu paytda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirsa, u holda yil davomida qayd etilgan yoshlar orasidagi jinoyatlar soni o‘n ming kishiga nisbatan 80 tani tashkil etadi. Agar 0,7 0,3 0,7 0,3 Ҳуқуқий тарғибот қилиш Ҳуқуқий тарғибот қилмаслик Маънавий- маърифий тарғибот қилиш Маънавий- маърифий тарғибот қилмаслик Маънавий- маърифий тарғибот қилиш Маънавий- маърифий тарғибот қилмаслик 106 boshqarma huquqiy targ‘ibot qilmasa, ammo ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot o‘tkazilsa, u holda huquqbuzarliklar soni o‘n ming kishiga nisbatan 60 tani tashkil etadi. Agar boshqarma huquqiy targ‘ibot qilmasa, hamda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot o‘tkazilmasa, u holda huquqbuzarliklar soni o‘n ming kishiga nisbatan 100 tani tashkil etadi. Har bir qarorning qabul qilinishi natijasi solishtirilsa, optimal qaror aniqlanadi. Bizning misolimizda “huquqiy targ‘ibot qilish” qarorining umumiy kutilayotgan natijasi (59) “huquqiy targ‘ibot qilmaslik” qarorining umumiy kutilayotgan natijasi (86) dan pastroq chiqdi. Demak, boshqarma huquqiy targ‘ibotni o‘tkazish kerak, chunki ma’naviy-ma’rifiy tadbir bilan birgalikda uning ta’siri yanada oshadi va natijada yoshlar orasidagi jinoyatlar keskin kamayadi. Bu misolimizda natija “yutkazish” ma’nosini anglatgani uchun minimal natijani tanladik. Agar natija “yutuq” ma’nosini anglatganda maksimal natijani tanlar edik. Bir davrli qarorlar daraxtida yechimni ko‘rish mumkin. Yuqoridagi misolimizdagi qarorlar statik yoki bir davrli qarorlar deyiladi. Shu bilan birga, dinamik yoki ko‘p davrli qarorlar ham bo‘ladi. Ushbu darslikda biz faqatgina statik qarorlarni ko‘rish bilan cheklanamiz. Tayorlanish uchun savollar: 1. Tizim va uning tashqi muhiti holati ehtimolligi deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring. 2. Bayes qaror qabul qilish qoyidalarini tushuntirib bering? U qaysi holda qo‘llaniladi? 3. Bayes-Sevidj, hamda maksimal ehtimollik qaror qabul qilish qoyidasini tushuntirib bering. Ular qaysi hollarda qo‘llaniladi? 4. Tavakkalni minimallashtirish qaror qabul qilish qoyidasini tushuntirib bering. U qaysi holda qo‘llanadi? 5. To‘liq ma’lumot narhi deganda nimani tushunasiz? 6. Qarorlar daraxti yordamida qaror qabul qilishni tushuntirib bering. MUSTAQIL ISHLASH UCHUN KEYSLAR. Keys 8.1. X mamlakatida aholi huquqiy madaniyatini oshirish jarayoni xozirgi kunda etarli darajada talabga javob bermayotganligi e’tirof etildi. Aholining huquqiy madaniyati nisbatan olganda past bo‘lganligi sababli hukumat keyingi 10 yillik (2016-2025) uchun aholi huquqiy madaniyatini oshirish chora-tadbirlari dasturini qabul qilmoqchi. Kelajakda jinoyatlar soni bo‘yicha ma’lumot yo‘qligi sababli, kelajakda uchta jinoyatchilik holatlari ro‘y berishi mumkinligi faraz qilindi: jinoyatchilik darajasi past, jinoyatchilik darajasi o‘rtacha, jinoyatchilik darajasi yuqori. Shu bilan birga jinoyatchilik darajasi past bo‘lishi 10 yillik davrning uch yilida (2016, 2017, 2018) va jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lishi shu davrning ikki yilida (2024, 2025) kuzatilishi bashorat qilindi. Jami uchta dastur tayorlandi va tanlab olish uchun taqdim etildi. Moliyaviy 107 imkoniyatlar faqatgina bitta dasturni amalga oshirish etarli bo‘lganligi sababli, to‘rttasidan bittasini tanlash boyicha qaror qabul qilish lozim. Adliya vazirligi “Aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida chora-tadbirlar dasturini“ ishlab chiqdi va tanlash uchun taqdim etdi. Mazkur dastur bo‘yicha huquqiy madaniyat indeksi: jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lsa 3, jinoyatchilik darajasi o‘rtacha bo‘lsa 6, jinoyatchilik darajasi past bo‘lsa 9 ni tashkil etishi mumkin ekan. Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi esa “Huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida chora-tadbirlar dasturini“ ishlab chiqdi. Uchbu dastur bo‘yicha huquqiy madaniyat indeksi: jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lsa 2, jinoyatchilik darajasi o‘rtacha bo‘lsa 7, jinoyatchilik darajasi past bo‘lsa 10 ni tashkil etishi mumkin ekan. Madaniyat va ma‘rifat masalalari bo‘yicha vazirlik esa “Huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish dasturi” ni ishlab chiqdi. Uchbu dastur bo‘yicha huquqiy madaniyat indeksi: jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lsa 4, jinoyatchilik darajasi o‘rtacha bo‘lsa 5, jinoyatchilik darajasi past bo‘lsa 8 ni tashkil etishi mumkin ekan. Ushbu keysni yechish jarayonida quyidagi savollarga javob berib keting: 1. Tizimli muammo nima? 2. O’rganish ob’ekti nima? Tizim nomini keltiring. 3. O’rganish predmetini ta’riflang (tizimdagi qanaqa jarayon o‘rganilyapti?). 4. Qaror qabul qilish usulini aniqlang (Qaror qabul qilishning qaysi usuli qo‘llanyapti?). 5. Keys shartlaridan kelib chiqqan holda tegishli belgilar kiriting, hamda qaror qabul qiluvchi shaxsning muqobil qarorlari va tashqi muhit holatlarini aniqlang. 6. Tashqi muhit ehtimolliklarini tegishli belgilar kiritgan holda hisoblab chiqing. 7. Yutuqlar jadvali (matritsasi) ni tuzing. Keysni tavakkal sharoitida qarorlar qabul qilish qoidalarini qo‘llagan holda eching. 8. Bayes qoidasi: uning mohiyatini yoriting, uni keysni yechishda qo‘llang, optimal qarorni qabul qiling va xulosa chiqaring. 9. Bayes-Sevidj qoidasi: uning mohiyatini yoriting, uni keysni yechishda qo‘llang, optimal qarorni qabul qiling va xulosa chiqaring. 108 10. Eng katta ehtimollik qoidasi: qoidasi: uning mohiyatini yoriting, uni keysni yechishda qo‘llang, optimal qarorni qabul qiling va xulosa chiqaring. 11. Standart chetlashishni minimallashtirish qoidasi: uning mohiyatini yoriting, uni keysni yechishda qo‘llang, optimal qarorni qabul qiling va xulosa chiqaring. 12. Barcha olingan natijalarni jadval ko‘rinishida umumlashtiring. 13. Olingan natijalarni solishtiring va yakuniy qaror qabul qiling. 14. Tizimli muammoni yechish bo‘yicha taklif bering. Keys 8.2. N mamlakatida jinoyatchilikka qarshi kurashish jarayoni xozirgi kunda etarli darajada talabga javob bermayotganligi e’tirof etildi. Shuning uchun HMQO keyingi 10 yillik (2016-2025) uchun uchta chora- tadbirlar dasturlarini ishlab chiqib, ulardan bittasini tanlab hukumatga qaror qabul qilish uchun taqdim etishmoqchi. Kelajakdagi aholining huquqiy madaniyat darajasi oldindan noma’lum. Aholining 100 ming kishiga to‘gri keladigan jinoyatlar soni mezon sifatida ko‘rilmoqda (ushbu ko‘rsatkich qiymatlari yutuqlar matritsasida manfiy qiymatlarda beriladi, chunki jinoyatlar soni qanchalik kam bolsa, tegishli dastur shunchalik yahshi hisoblanadi). Shu bilan birga aholining huquqiy madaniyat darajasi past bo‘lishi 10 yillik davrning ikki yilida (2016, 2017) va yuqori bo‘lishi shu davrning uch yilida (2023, 2024, 2025) kuzatilishi bashorat qilindi. Agar birinchi dastur qabul qilinsa, u holda: aholining huquqiy madaniyati darajasi past, o‘rta va yuqori bo‘lganda, aholining 100 ming kishiga to‘gri keladigan jinoyatlar soni mos ravishda 600, 400 va 200 ni tashkil etadi. Agar ikkinchi dastur qabul qilinsa, u holda: aholining huquqiy madaniyati darajasi past, o‘rta va yuqori bo‘lganda, aholining 100 ming kishiga to‘gri keladigan jinoyatlar soni mos ravishda 500, 350 va 300 ni tashkil etadi. Agar uchinchi dastur qabul qilinsa, u holda: aholining huquqiy madaniyati darajasi past, o‘rta va yuqori bo‘lganda, aholining 100 ming kishiga to‘gri keladigan jinoyatlar soni mos ravishda 450, 400 va 350 ni tashkil etadi. Ushbu keysni yechish jarayonida quyidagi savollarga javob berib keting: 1. Tizimli muammo nima? 2. O’rganish ob’ekti nima? Tizim nomini keltiring. 109 3. O’rganish predmetini ta’riflang (tizimdagi qanaqa jarayon o‘rganilyapti?). 4. Qaror qabul qilish usulini aniqlang (Qaror qabul qilishning qaysi usuli qo‘llanyapti?). 5. Keys shartlaridan kelib chiqqan holda tegishli belgilar kiriting, hamda qaror qabul qiluvchi shaxsning muqobil qarorlari va tashqi muhit holatlarini aniqlang. 6. Tashqi muhit ehtimolliklarini tegishli belgilar kiritgan holda hisoblab chiqing. 7. Yutuqlar jadvali (matritsasi) ni tuzing. Keysni tavakkal sharoitida qarorlar qabul qilish qoidalarini qo‘llagan holda eching. 8. Bayes qoidasi: uning mohiyatini yoriting, uni keysni yechishda qo‘llang, optimal qarorni qabul qiling va xulosa chiqaring. 9. Bayes-Sevidj qoidasi: uning mohiyatini yoriting, uni keysni yechishda qo‘llang, optimal qarorni qabul qiling va xulosa chiqaring. 10. Eng katta ehtimollik qoidasi: qoidasi: uning mohiyatini yoriting, uni keysni yechishda qo‘llang, optimal qarorni qabul qiling va xulosa chiqaring. 11. Standart chetlashishni minimallashtirish qoidasi: uning mohiyatini yoriting, uni keysni yechishda qo‘llang, optimal qarorni qabul qiling va xulosa chiqaring. 12. Barcha olingan natijalarni jadval ko‘rinishida umumlashtiring. 13. Olingan natijalarni solishtiring va yakuniy qaror qabul qiling. 14. Tizimli muammoni yechish bo‘yicha taklif bering. 110 9-MAVZU. EHTIMOLLI SHAROITDA MURAKKAB TIZIM STATIKASINING SABAB-OQIBATLI TAHLILI: KORRELYASION-REGRESSION TAHLIL USULLARI Reja: 9.1. Kauzallik tahlili 9.2. Bosh to‘plamlar va tanlanma reprezentativ to‘plamlar 9.3. O‘rganilayotgan tasodifiy o‘lchamning normal taqsimlanganligi 9.4. Tanlanma ma’lumotlarni korrelyasion tahlil qilish 9.5. Tanlanma ma’lumotlarni regression tahlil qilish Tizimga oid miqdoriy ma’lumotlar ko‘pincha jadval ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Huquqiy sohada turli statistik ko‘rsatkichlar bor. Ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlash maqsadida korrelyasion tahlil qo‘llaniladi. Bir ko‘rsatkichning ikkinchi ko‘rsatkichga qanaqa ta’sir etishini o‘rganish maqsadida esa regression tahlil amalga oshiriladi. Odatda ikkala tahlil turi birin-ketin amalga oshiriladi va shuning uchun korrelyasion-regression tahlil haqida gapirsa bo‘ladi. Ushbu bobda biz statik holatdagi tizimlarning tahlilini olib boramiz, ya’ni vaqt rol o‘ynamaydi deb faraz qilamiz. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling