Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sudning ijro harakatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi ajrimi namunasi AJRIM
- Sudning ijro ishini yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi namunasi
- Aniqladi
527
Qayd etilgan holatlarga huquqiy baho berar ekan, sud arizadagi vajlar hal qiluv qarorini yangi ochilgan holat bo‘yicha bekor qilishga asos bo‘la olmasligini e’tiborga olgan holda, arizani rad etish to‘g‘risida xulosaga keladi. Yuqoridagilarga ko‘ra hamda FPKning 362-, 364-, 237–238-moddalari qo‘llanilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Fuqarolik protsessual qonun hujjatlari ayrim normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 19-sonli qarori, Oliy Sud Plenumining 2008-yil 15-maydagi 14-sonli, 2010-yil 14-may 5-sonli qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan) qarorida ko‘rsatilganlardan kelib chiqib, sud
(F.I.O.) va (F.I.O.)larning da’vogar (F.I.O.)ning javobgarlar (F.I.O.) va (F.I.O.)larga nisbatan turar-joydan ko‘chirish, uyga kiritish va foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi fuqarolik ishi bo‘yicha sudning 2010-yil 21-sentabrdagi hal qiluv qarorini yangi ochilgan holat bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizasini qanoatlantirish rad qilinsin. Ajrimdan norozi tomon 10 kunlik muddat ichida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga shu sud orqali xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishi mumkin.
Raislik etuvchi: imzo (F.I.O.) FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 528
XVI BOB BO‘YICHA ILOVALAR Ijro varaqasi namunasi
I J R O V A R A Q A S I 2014-yil 14-iyun
1-155/09-sonli ish yurituvda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi 2014- yil iyun oyining 14-kuni da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan qarz summasi, bank foizi, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan fuqarolik ishini ko‘rib chiqib,
Javobgar (F.I.O.) dan da’vogar (F.I.O.) foydasiga 930.982 so‘m bank foizi undirilsin. Qarzdor to‘g‘risidagi ma’lumotlar: (F.I.O.) 1963-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, ishlamaydi, Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Qushbegi mavzesi 1-uy 88-xonadonda istiqomat qiladi. Undiruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar: (F.I.O.) 1951-yilda tug‘ilgan, millati ozarbayjon, ma’lumoti o‘rta, ishlamaydi, Toshkent shahri Uchtepa tumani Chilonzor 26-mavzesi 3-uy 69-xonadonda istiqomat qiladi.
Hal qiluv qarori 2014-yil 4-iyul kuni qonuniy kuchga kirdi. Ijro varaqasi 2014-yil 9-iyulda berildi.
Sudya: imzo F.I.O Ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror namunasi QAROR Ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish haqida
2014-yil 17-mart Toshkent shahri Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sud ijrochilar bo‘limi sud ijrochisi (F.I.O.) M.Ulug‘bek DSIning 2014-yil 19-fevraldagi qaroriga asosan qarzdor (F.I.O.)dan davlat foydasiga 481.000 so‘m jarima undirish haqidagi 2014-yil 17- martda ish yurituviga kelib tushgan 10873/7-sonli ijro hujjatlari bilan tanishib chiqib, quyidagilarni FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 529
Aniqladi: Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi talablariga javob beradi va ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o‘tmagan. Shunga ko‘ra, ijro hujjatini ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atmasdan qaytarish uchun asoslar mavjud emas. Bayon etilganlarga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-, 30-, 53-, 86- moddalarini qo‘llab,
Qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan 10873/7-sonli ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilsin. Ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan kundan boshlab ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun qarzdorga 5 kunlik muddat belgilansin. Ushbu belgilangan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati bo‘yicha undirilishi lozim bo‘lgan 481.000 so‘m undiruvchiga to‘lansin va sud ijrochisiga taqdim qilinsin. Qarzdor ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun sud ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda ijro etmagan taqdirda, undan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qaroriga asosan undirilishi lozim bo‘lgan summaning 1% miqdorida ijro yig‘imi undirilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 75-77-moddalariga asosan ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari uning hisobidan qoplanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 198 1 -moddasiga asosan (fuqarolarga eng kam oylik ish haqining besh baravari – 480.505 so‘mdan o‘n baravari – 961.050 so‘mgacha miqdorda) jarima solinishi, ularni undirish uchun majburiy ijro etish choralari qo‘llanishi, jumladan, qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklanishi to‘g‘risida ogohlantirilsin. Qarzdor muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlashni ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin davom ettirsa, shuningdek, sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232- moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilsin. Qaror nusxasi qarzdorga topshirilishi bilan bir vaqtda uning hisob raqamidagi pul mablag‘lari va mol-mulklari xatlansin. Qaror nusxasi qarzdorga ijro etish uchun, undiruvchi va ijro hujjatini chiqargan organga ma’lumot uchun yuborilsin.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 530
Qaror ustidan qaror chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida sudga, bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat berish yoki qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tuman sud ijrochilar bo‘limi sud ijrochisi: imzo (F.I.O.) Ijro harakatlarini keyinga qoldirish to‘g‘risidagi qaror namunasi QAROR ijro harakatlarini keyinga qoldirish to‘g‘risida
2014-yil 15-dekabr
Mirobod tuman sud ijrochilari bo‘limi sud ijrochisi (F.I.O.) Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2014-yil 15-noyabrdagi 1568-sonli qarzdor (F.I.O.)dan undiruvchi (F.I.O.) foydasiga qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 2014-yil 10-dekabrda qo‘zg‘atilgan 10873/7-sonli ijro ishi bilan tanishib, quyidagilarni
Ijro hujjati bo‘yicha 2014-yil 14-dekabrda qarzdor (F.I.O.) otasi vafot etganligi sababli ijro hujjati ijrosini 10 kunga keyinga qoldirib turishni so‘ragan. Ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, sud ijrochisi ijro harakatlarini qarzdorning arizasiga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan ko‘pi bilan 10 kun muddatga keyinga qoldirishi mumkin. Sud ijrochisi tomonidan ushbu holat ijro harakatlarini keyinga qoldirish uchun yetarli asos deb topildi. Bayon etilganlarga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunining 33- va 86-moddalarini qo‘llab,
Ijro harakatlari 2014-yil 15-dekabrdan 10 kunga – 2014-yil 25-dekabrga qadar keyinga qoldirilsin. Qaror nusxasi undiruvchiga, qarzdorga va ijro hujjatini chiqargan organga yuborilsin. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 531
Qaror ustidan qaror chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida sudga shikoyat yoki protest bildirish mumkin.
Sud ijrochisi: imzo (F.I.O.) Ijro harakatlarini to‘xtatib turish haqidagi ariza namunasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi raisi (F.I.O.)ga
(ijro harakatlarini to‘xtatib turish haqida)
Bektemir tuman sud ijrochilari bo‘limi sud ijrochisi (F.I.O.) jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudining 2008-yil 25-fevraldagi qarzdor (F.I.O.)dan undiruvchi (F.I.O.) foydasiga 235000 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 2008-yil 10-mayda qo‘zg‘atilgan 130-sonli ijro ishi yuritish ishi bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilishi jarayonida qarzdorning yashash manzili va uning mol-mulklari joylashgan joyini aniqlash imkoni bo‘lmadi. Toshkent shahar IIBB YHXBning 2008-yil 27-mart kungi ma’lumotnomasiga ko‘ra, qarzdor (F.I.O.) nomida 2001-yilda ishlab chiqarilgan, VAZ 2106 rusumli davlat raqami 10 A 1777 bo‘lgan, oq rangli yengil avtotransport vositasi mavjudligi ma’lum qilingan. Sud ijrochisining 2008-yil 3-apreldagi qarori bilan qarzdor (F.I.O.) hamda uning nomida bo‘lgan VAZ-2106 rusumli avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 35-moddasi 5-bandida qarzdor, uning mol-mulki yoki olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bola qidirilayotganida ijro ishi yuritish to‘xtatib turilishi belgilangan. Shuningdek, mazkur Qonunning 38-moddasida ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish sud ijrochisi joylashgan sud tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Yuqoridagilarga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tumanlararo sudining 2008-yil 12-yanvardagi 1-16095/08-sonli qarzdor (F.I.O.)dan undiruvchi (F.I.O.) foydasiga 2.765.000 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati ijrosini qarzdor yoxud uning mol-mulki topilguniga qadar to‘xtatib turish masalasini hal qilib berishingizni so‘rayman.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 532
Ilova:
1) Ijro varaqasi nusxasi; 2) ijro ishi yuritish haqidagi qaror nusxasi; 3) qarzdor va uning mol-mulkiga nisbatan qidiruv e’lon qilish haqidagi qaror nusxasi.
Bektemir tuman sud ijrochilari bo‘limi katta sud ijrochisi: imzo (F.I.O.)
AJRIM Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) 2014-yil avgust oyining 24-kuni da’vogar (F.I.O.)ning javobgar (F.I.O.)ga nisbatan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) ga nisbatan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining 2011-yil 16-maydagi hukmi bilan davlat foydasiga o‘tkazilgan davlat raqami 01 Y 869 CA bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashinani ro‘yxatdan chiqarishni so‘ragan. FPKning 249-moddasi, 1-qismining 4-bandida, sud mol-mulkni xatlashdan chiqarish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atilgan taqdirda, uni sotish to‘xtatilishi ko‘rsatilgan. Ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, mazkur fuqarolik ishi mazmunan ko‘rib chiqilguniga qadar yuqorida ko‘rsatilgan sudning 2014-yil 16-maydagi hukmiga asosan, davlat foydasiga qaratilgan davlat raqami 01 Y 869 CA bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashina yuzasidan ijro harakatlarini to‘xtatib turishni lozim topaman. Yuqoridagilarga asosan va FPKning 249-, 237–238-moddalarini qo‘llab, sud
Da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan fuqarolik ishi mazmunan ko‘rib chiqilguniga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining 2011-yil 16- maydagi hukmi bilan davlat foydasiga qaratilgan davlat raqami 01 Y 869 CA bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomashina yuzasidan ijro harakatlari to‘xtatilsin. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 533
Ajrim nusxasi ijro qilish uchun Yakkasaroy tuman sud ijrochilari bo‘limiga yuborilsin. Ajrim ustidan 10 kun muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga shu sud orqali xususiy shikoyat berish yoki xususiy protest keltirish mumkin.
Sudya:
imzo
(F.I.O.) Sudning ijro ishini yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi namunasi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) 2014-yil noyabr oyining 5-kuni Yakkasaroy tuman sud ijrochilari bo‘limi sud ijrochisi (F.I.O.)ning ijro ishini tugatish masalasini hal qilib berish haqidagi arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Undiruvchi “Toshissiqquvvati” IChB qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan kommunal to‘lovlari uchun qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2012-yil 23- apreldagi sud buyrug‘i bilan qarzdor (F.I.O.)dan 234 197 so‘m miqdorida qarz summasi undirilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan sud buyrug‘iga asosan Yakkasaroy tuman sud ijrochilari bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Ijro harakatlari vaqtida qarzdor (F.I.O.) 2011-yil 18-aprelda vafot etganligi aniqlangan. Shu sababli, Yakkasaroy tuman sud ijrochilari bo‘limi sud ijrochisi (F.I.O.) sudga ariza bilan murojaat qilib, suddan ijro ishini tugatish masalasini hal qilib berishni so‘ragan. O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasiga ko‘ra, undiruvchi yoki qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e’lon qilinganda, bedarak yo‘qolgan deb topilganda, agar sud hujjati yoxud boshqa organning hujjatida qo‘yilgan talablar yoki majburiyatlar huquqiy vorisga yoki bedarak yo‘qolganning mol-mulkini ishonchli boshqarib turgan shaxsga o‘tishi mumkin bo‘lmasa, ijro ishini yuritish sud tomonidan tugatiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan qonun talabidan kelib chiqib, sud ijrochisi (F.I.O.)ning arizasini qanoatlantirishni lozim topaman. Yuqoridagilarga asosan va FPKning 237–238-moddalarini qo‘llab, sud FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 534
Ajrim qiladi: Yakkasaroy tuman sud ijrochilari bo‘limi sud ijrochisi (F.I.O.)ning arizasi qanoatlantirilsin. Undiruvchi “Toshissiqquvvati” IChBning qarzdor (F.I.O.)ga nisbatan kommunal to‘lovlari uchun qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i chiqarib berish haqidagi arizasiga asosan chiqarilgan S-2-I-12522/12-sonli sud buyrug‘i yuzasidan ijro ishi tugatilsin. Ajrim ustidan 10 kun muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga shu sud orqali shikoyat berish yoki protest keltirish mumkin.
Sudya:
imzo
(F.I.O.) QAROR (avtomototransport vositasiga taqiq solish to‘g‘risida)
2014-yil 8-yanvar
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sud ijrochilari bo‘limi sud ijrochisi (F.I.O.), fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2012-yil 15- iyuldagi SB35078/11-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor (F.I.O.)dan undiruvchi UP PO “Toshissiqquvvati” foydasiga 167.299 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 2012-yil 26-oktabrda qo‘zg‘atilgan 32662/2-sonli ijro ishi bilan tanishib, quyidagilarni
Majburiy ijro harakatlari jarayonida Toshkent shahar IIBB YXXB RIB ma’lumoti bilan qarzdor (F.I.O.) dan Toshkent shahar IIB YXXB RIBning 2012-yil 19-noyabrdagi ma’lumotnomasiga binoan AAS2247256-sonli avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasiga asosan tegishli bo‘lgan 2009-yilda ishlab chiqarilgan, kuzov raqami 207203, dvigatel raqami 084162 va davlat raqam belgisi 01Y781AA bo‘lgan Matiz rusumli avtomashina ro‘yxatga olingan. Mazkur avtomototransport vositasiga taqiq solib, taqiq solish qarori va avtomototransport vositasini ro‘yxatga olish dalolatnomasini ma’lumotlar bankini yurituvchi notarial idoraga yuborishni hamda bu haqda avtomototransport vositasi qayd etilgan tegishli IIB YHXB RIBga xabar berishni lozim deb hisoblaydi. Bayon etilganlarga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 21-, 86-moddasini qo‘llab,
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 535
Qaror qildi: 1. Qarzdor Mirzo Ulugbek tumani Qodirova ko‘chasi, 2-uy 4-xonadonda yashovchi (F.I.O.)ga Toshkent shahar IIB YXXB RIBning 2011-yil 19-noyabrdagi ma’lumotnomasiga binoan AAS2247256-sonli avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasiga ko‘ra tegishli bo‘lgan 2009-yilda ishlab chiqarilgan, kuzov raqami 207203, dvigatel raqami 084162 va davlat raqam belgisi 01Y781AA bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinaga taqiq solinsin. 2. Mazkur qaror va avtomototransport vositasini ro‘yxatga olish dalolatnomasi ma’lumotlar bankini yurituvchi Mirzo Ulugbek tumanidagi 1-sonli davlat notarial idorasiga yuborilsin. 3. Avtomototransport vositasiga taqiq solinganligi to‘g‘risida Toshkent shahar IIB YXXB RIBga xabar berilsin. 4. Qaror nusxasi qarzdor va undiruvchiga ma’lumot uchun yuborilsin. 5. Qaror ustidan ushbu qaror chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida sudga, bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat berish yoki qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
Mirzo Ulug‘bek tuman sud ijrochilari bo‘limi sud ijrochisi: imzo (F.I.O.)
«TASDIQLAYMAN» Mirzo Ulugbek tuman sud ijrochilari bo‘limi boshlig‘i __________ (F.I.O.)
(Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash to‘g‘risida)
2014-yil 6-avgust
Mirzo Ulug‘bek tuman sud ijrochilar bo‘limi sud ijrochisi (F.I.O.), fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2012-yil 15-iyundagi ijro varaqasiga asosan qarzdorlar (F.I.O.)dan undiruvchi (F.I.O.) foydasiga 1/4 aliment va davlat foydasiga 62.920 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 21497-98/08- sonli ijro ishi bilan tanishib, quyidagilarni
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 536
Aniqladi: Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda, sud ijrochisi hamda undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashi lozim. Ijro hujjati yuzasidan qarzdor sud ijrochisi tomonidan ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish yuzasidan ogohlantirilgan bo‘lsa-da, uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro hujjatining ijrosini ta’minlamagan. Shu sababli qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash lozim deb hisoblanadi. Bayon etilganlarga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 21-, 42 1 -, 86-
moddalarini qo‘llab,
Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling