"Loyiha" va "loyihalarni boshqarish" so’zlari turli sohalardagi va hukumat darajasidagi menejerlar tomonidan ishlatiladigan terminologiyada aniq belgilangan
Download 0.9 Mb.
|
Maruza matni
Natija- loyihada ko’rsatilgan talablarga javob beruvchi yaratilgan mahsulot yoki xizmat.
Loyihalarni boshqarish tizimi (LBT) - loyihalarni boshqarish jarayonlari va funksiyalarini avtomatlashtirish uchun ishlatiladigan kompyuter dasturiy mahsuloti. Homiy (sponsor) - loyihani to’liq yoki qisman moliyalashtirishni ta’minlovchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Loyiha strategiyasi (projectstrategy) - loyihaning maqsad va vazifalariga erishish jarayonlari, harakatlar va natijalarini belgilaydigan uzoq muddatli hujjat. Ishlarni taqsimlash tuzilmasi (work breakdowns tructure - WBS) - loyihaning bir-biriga bog’liq bo’lgan turli darajadagi detallari bo’yicha grafik ifodasidir. Loyihaning tuzilishi (projectstructure) - loyihani boshqarish jarayonini samarali amalga oshirish uchun zarur va etarli bo’lgan asosiy qismlari (elementlari) hisoblanadi. Xavfsizlikni boshqarish ((projectsafety management) - loyihani boshqarish funksiyasi bo’lib, u orqali loyihani amalga oshirish va korxona faoliyati, xodimlarning salomatligi va atrof-muhit muhofazasi ta’minlanadi. Kafolat majburiyatlarining bajarilishini boshqarish (warranty management) - ishlab chiqarishdagi kamchiliklarni aniqlashda tovarlarni ta’mirlash va almashtirish uchun mijozning (iste’molchi) talablarini ta’minlash uchun loyihalarni boshqarish funksiyasi. Loyiha konsepsiyasini boshqarish (projectidea management) - loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilishga hissa qo’shadigan ishlarni boshqarish funksiyasidir. Loyihadagi o(zgarishlarni boshqarish (projectchange management)- loyihani boshqarish funksiyasi bo’lib, u tashqi va ichki muhitning loyihani amalga oshirishga ta’sirini hisobga olgan holda, uning hayotiy sikli davomida moslashuvini ta’minlaydi. Loyiha sifatini boshqarish (projectquality management)- loyiha boshqaruvining funksiyasi bo’lib, u loyihaning mijozlar (iste’molchilar) ehtiyojlariga javob berishini ta’minlaydi. SHartnomani boshqarish (projectcontracts management)- loyihaning boshqaruv funksiyasi bo’lib, mijozning boshqa loyiha ishtirokchilari bilan hamkorligi ta’minlanadi. Loyihada moddiy resurslarni boshqarish (projectresource management)- loyiha uchun kerakli materiallarni (joriy yoki aylanma aktivlarini) va uskunalarni (uzoq muddatli aktivlarni) sotib olish va etkazib berishni ta’minlaydigan loyihalarni boshqarish funksiyasidir. Loyihaning mavzu maydonini boshqarish (projectscope management)- loyihani boshqarish vazifasi bo’lib, u sohaning o’ziga xos xususiyatlari, bozori, iste’molchilarning afzalliklari, mamlakatning moliya-kredit tizimi va boshqa omillar tufayli loyihani amalga oshirishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi. Loyihani boshqarish (projectmanagemen)- loyiha maqsadlariga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni, ishlarni va harakatlarni boshqarish. Vaqt parametrlari bo(yicha loyihani boshqarish (projectti memanagement)- loyihani boshqarish funksiyasi bo’lib, u alohida bosqichlarni o’z vaqtida amalga oshirilishini va ishni tartiblash yordamida loyihani amalga oshirishni, ularning davomiyligini baholashni, jadvalni (taqvim rejasini) ishlab chiqish va monitoringini ta’minlaydi. Loyiha xatarlarini boshqarish (projectrisk management)- loyihadagi risklarni tahlil qilish, javob berish va nazorat qilishni ta’minlaydigan loyihani boshqarish funksiyasi. Tizimlarni boshqarish (system approachand integration) - loyiha boshqaruv funksiyasi bo’lib, korxona va loyiha umumiy vazifalar va proseduralar bilan bog’liq bo’lgan tizimlar majmuasi sifatida qaraladi. Loyiha xarajatlarini va moliyalashtirishini boshqarish (projectcostandfinancemanagement) - loyiha budjetini shakllantirish, bajarish va nazorat qilish uchun zarur bo’lgan loyihalarni boshqarish funksiyasi. Loyihani inson resurslarini boshqarish (project humanresource management)- loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xodimlardan samarali foydalanishni ta’minlaydigan loyihalarni boshqarish funksiyasi. Loyiha menejeri (projectmanager) - loyihani amalga oshirishni bevosita boshqaruvchi va loyiha jamoasini boshqaradigan shaxs. Loyiha ishtirokchilari (projectstakeholders) - loyihani amalga oshirish jarayonida manfaatlariga ta’sir ko’rsatadigan shaxslar va korxonalar. Haqiqiy xarajatlar (actualcostforworkperformed - ACWP) - ma’lum bir davrda ishning bajarilishi uchun sarflangan mablag’. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling