Luiza Xey Hayotingizni qanday tiklashingiz mumkin 2023 yil
Download 71.1 Kb.
|
как исцелит
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozingizni bola deb tasavvur qiling.
Mashq qilish
Bir varaq qog'oz oling va ota-onangiz siz haqingizda aytgan barcha salbiy narsalarni ro'yxatini tuzing. Bunday tafsilotlarni eslab olish uchun kamida yarim soat kerak bo'ladi. Ular pul haqida nima deyishdi? Sizning tanangiz haqida nima deyishdi? Sevgi va odamlar o'rtasidagi munosabatlar haqida? Qobiliyatlaringiz haqida? Iloji bo'lsa, ushbu ro'yxatga xolis nazar bilan qarang va o'zingizga shunday deng: "Аnа..., qaerdan menda bunaqa fikrlar!" Keling, bo'sh qog'ozni olib, biroz oldinga boramiz: siz doimo kimdan salbiy so'zlarni eshitgansiz? Qarindoshlardan. O'qituvchilardan. Do'stlardan. Hukmronligi bo'lganlardan. Bularnind hammasini yozing. Bularning barchasini yozganingizda, o'zingizni qanday his qilishingizni ko'ring. Siz yozgan ikki varaq qog'oz - darhol qutulishingiz kerak bo'lgan fikrlardir! Bu faqat yashashga xalaqit beradigan fikrlar. O'zingizni bola deb tasavvur qiling. Agar biz uch yoshli bolani olib, uni xonaning o'rtasiga qo'ysak va unga bor kuchimiz bilan baqira boshlasak, u ahmoq ekanligini va nima qilish kerakligini aytsak (hatto bir-ikki marta urishimiz mumkin), keyin qo'rqib ketgan bola burchakda jimgina o'tiradi yoki uzini yomon tarzda tutadi. Bu bolaning faqat ikkita tanlovi bor. Ammo biz bunday bola aslida nimagalarga qodirligini hech qachon bilolmaymiz. Agar biz shunga o'xshash bolani olib, uni sevishimiz va juda yaxshi kurishimizni, u aqlli va zukko ekanligini, sizga uning o'ynash usuli juda yoqishini va agar u xato qilsa g'alati joyi yo'qligini (hamma ham xato qiladi), va biz uni har doim sevamiz, nima bo'lishidan qat'iy nazar - deb aytsak, bunday bolaning ( yashirin imkoniyatlarini ) salohiyatini tasavvur ham qila olmaysiz! Har birimizda (yoshimizga qaramay) hali ham shunday uch yoshli bola bor. Biz esa ko‘pincha butun vaqtimizni ichimizdagi o‘sha bechora bolani so‘kib, koyish bilan o‘tkazamiz. Va keyin biz hayotimizda nima uchun hamma narsa juda yomon ekanligiga hayron bo'lamiz. Agar sizni doim tanqid qiladigan dugonangiz bo'lsa, sizga yoqadimi? Bolaligingizda sizga shunday munosabatda bo'lgan bo'lishi mumkin va bu juda achinarli. Biroq, bu uzoq vaqt oldin bo'lgan, va agar siz hali ham o'zingizni xuddi shunday munosibatda bulsangiz, bu yanada achinarli. Shunday qilib, sizning oldingizda bolaligingizda doimo eshitgan barcha salbiy fikrlarning ro'yxati. Bu sizning o'zingiz haqidagi salbiy fikringizga qanchalik mos keladi? Sizning hayot stsenariyingizning asosi - bu sizning dastlabki yillaringizda (yoshligingizda) qanday "dasturlashtirilgan" ligidir. Biz hammamiz yaxshi, ibratli farzandlarmiz, ular bizga aytgan va va'z ( targ'ib ) qilgan narsalarni "haqiqat" deb osongina qabul qilamiz. Lekin yana aytaman, buning uchun oilangizni ayblamaslik, balki yuqori darajadagi tushunish darajasiga ko‘tarilish muhimdir. Siz o'tmishni o'zgartira olmaysiz, lekin o'zingiz uchun ajoyib kelajak yaratishingiz mumkin. Biz bu yerga cheklovlarimizni yengish uchun keldik. "Ular" bizga aytganlariga qaramay, biz o'zimizning o'ziga xosligimizga qoyil qolish uchun keldik. Demak, siz o'z cheklovlaringizni engishingiz kerak, men esa o'zimnikini engishim kerak. ENDI NIMA QILAMIZ? “Men muammolarimni ko'rib, o'zgarishga qaror qildim” Download 71.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling