Luiza Xey Hayotingizni qanday tiklashingiz mumkin 2023 yil
Download 71.1 Kb.
|
как исцелит
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshni (aqlni, miyani) tozalash
Haqiqiy muammo
Shunday qilib, bemor zararsiz, kichik oynaga qaraydi va bundan xafa bo'ladi. Men mamnuniyat bilan tabassum qilaman va: "Ajoyib, endi biz haqiqiy muammoni ko'rib chiqmoqdamiz" deyman. Men u bilan o'z-o'zini sevishning ahamiyati haqida batafsil gaplashaman. O'z-o'zini sevish, deyman, hech qachon, hech qanday bahona bilan o'zingizni biror narsa uchun tanqid qilmasligingizdan boshlanadi. Men bemorlarimdan o'zlarini nima uchun tanqid qilishlarini so'rayman va ularning uzun ro'yxatini tuzaman. Ular juda baland yoki juda kichik, juda semiz yoki juda nozik, juda aqlli yoki juda ahmoq, juda xunuk (eng go'zallar buni aytadi) yoki juda chiroyli. E'tibor bering - har doim "juda". Nihoyat, biz masalani tagiga etamiz: "Men etarlicha yaxshi emasman." Ura! Bu erda biz haqiqiy muammoga etib keldik. Ular o'zlarini tanqid qilishadi, chunki ular etarlicha yaxshi emasligiga ishonishni o'rgandilar. Mening barcha bemorlarim har doim hayron bo'lishadi, biz qanday masalani mohiyatiga ( tagiga ) tez etib keldik. Va biz ularning ortiqcha vaznini, shaxsiy muammolarini, pul muammolarini va hokazolarni muhokama qilishimiz shart emasligini tushunishni boshlaydilar. Biz butun kuchimizni faqat bitta muammoni hal qilishga yo'naltirishimiz kerak: o'zimizga bo'lgan sevgi va hurmatning etishmasligi. U QAYERDAN KELIB CHIQADI ? “O'tmishning menga hukmronligi yo'q” Boshni (aqlni, miyani) tozalash Endi orqaga ( utmishga ) qaraymiz va nimaga ishonishimizni kuramiz. Ba'zi odamlarga o'tmishdagi bema'ni va keraksiz narsalardan xalos bo'lish hissiy jihatdan juda qiyin bo'ladi. Aytaylik, siz kvartirangizni tozalayapsiz. Undagi ba'zi narsalarga mehr bilan qaraysiz va ularni yanada go'zal qilish uchun ularni changdan tozalaysiz. Boshqa narsalarni tuzatish kerak va siz bu haqiqatni ham jimgina qayd qilasiz. Sizning kvartirangizdagi ba'zi narsalar shu qadar eskirganki, ular bilan xayrlashish vaqti keldi. Eski jurnal va gazetalarni, keraksiz kitoblarni bemalol tashlab yuborishingiz mumkin, bundan g'azablanish va xafa bo'lishning hojati yo'q. Xuddi shu narsa boshni (miyani) tozalashni amalga oshirganimizda sodir bo'ladi. Xafa bo'lmang, chunki ba'zi e'tiqodlarimiz eskirgan va ulardan xalos bo'lish vaqti keldi. Ular bizning hayotimizni tinchgina tark etsinlar. Biz bugun o'zimizga kechki ovqat tayyorlash uchun axlatni kovlamaymizku. Kelajakdagi hayotni yaratish uchun aqliy axlatni kovlashning hojati yo'q. Keling, ba'zi cheklangan e'tiqodlarimizni ko'rib chiqaylik. "Men etarlicha yaxshi emasman" degan cheklangan ishonch. Uning ildizlari, otaning farzandiga doimo, u ahmoq ekanligini aytib turganidir. Cheklangan e'tiqod: "Men o'zimni etarlicha sevmayman". Uning kelib chiqishi quyidagicha: qizi otasi yoqtirgan narsani qilishga harakat qilardi. Ular biron bahona bilan ham kelisha olmagan va har doim tortishardi. Qizi otasining roziligini izladi, lekin buning o'rniga qattiq tanqid oldi. Uning tanasi og'riq bilan to'la edi. Otasi ham xuddi shunday og'riqni boshdan kechirardi. Uning xafaligi uziga dard keltirganidek, otasini ham xafaligi uning uzida og‘riq keltirishini u tushunmasdi. Cheklangan e'tiqod "Hayot xavfli!". Uning kelib chiqishi: qo‘rqib ketgan ota... Yana bir mijozim hayotni shavqatsiz va og‘ir deb bilardi. Unga kulish qiyin edi, ba'zan kulib qo'ysa, bundan keyin qandaydir yomon narsa bo'ladigandek qo'rqib ketardi. U tarbiyalanganda shuni takrorlashgan: "Kulma, agar kulsang, bundan yaxshi narsa bo'lmaydi". Download 71.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling