M a ' r u z a №9 Metallarni bosim bilan ishlash asoslari. Metallarni bolg‘alash
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
M A \' R U Z A № 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.4-rasm. Polat zagotovkalarni sovuqlayin bosim bilan ishlashgacha (a) va ishlashdan keyin (b) mikrostrukturasi.
keyin (b) makrostrukturasi.
Bunday jarayon modelini sxematik tarzda qirralari bilan yonma-yon qo'yib taxlangan tangalarning bir oz qiyalatilgandagi vaziyatiga o'xshatish mumkin. Bunda tangalar bir-biriga nisbatan sirpanib siljishi bilan birga qiyalanish tekisligiga qarab bir oz buriladi ham. Metallarni sovuqlayin bosim bilan ishlashda bu murakkab jarayondagi strukturaviy o'zgarish oqibatida uning puxtaligi, qattiqligi, elastiklikligi, ortib, plastikligi kamayadi (7.4 –rasm). 7.4-rasm. Po'lat zagotovkalarni sovuqlayin bosim bilan ishlashgacha (a) va ishlashdan keyin (b) mikrostrukturasi. Bunday fizik puxtalanish naklyop deb ataladi. Metallarni (masalan, po'latlarni 1000 0 C ga) qizdirib ishlashda donlar bog'lanish puxtaligi kamayganligi sababli avval metallmas materiallar, keyin donlar deformasiyalana boradi va qisman parchalanadi. Lekin po'latning rekristallarnishi (qayta kristallanish) sababli deformasiyalanayotgan donlar ayni vaqtda qayta kristalanib dastlabki holiga qaytadi. Metallmas materiallar esa deformasiyalanganligicha qoladi, chunki ular qayta kristallanishga berilmaydi. Shu sababli ularning tola yo'nalishi bo'yicha puxtaligi ortadi. Agar metallarni bosim bilan ishlashda qayta kristallanish to'la kechsa, bu ishlovga qizdiririb ishlash, qayta kristallanish sodir bo'lmasa, sovuqlayin ishlash deyiladi. Metallarning qayta kristallana boshlanish temperaturasini quyidagi formula bo'yicha aniqlash mumkim: 5 4 , 0 в а e T Т Bu yerda Tabs – metallning absolyut suyuqlanish temperaturasi.Masalan, temir uchun Tr - temperatura 450 0 C mis uchun 280 0 C, alyuminiy uchun 100 0 C. Demak, temir 400 0 C gacha qizdirib ishlansa ham buni sovuqlayin ishlash deyiladi, chunki bu temperaturada metall donlari qayta kristallanib dastlabki holiga qaytmaydi. Metallarni qizdirib bosim bilan ishlash uchun ular xiliga, markalariga qarab to'la qayta kristallanish kechadigan temperaturada qizdirilishi kerak. Metallarni bosim bilan ishlashdan avval ularning plastikligini oshirish uchun ular malum temperaturada qizdiriladi. Uglerodli konstruksion po'latlarning qizdirish temperaturasini belgilashda Fe-Fe 3 C holat diagrammasidan yoki spravochniklardan foydalaniladi. Akademik S.I.Gubkin bu temperaturani metallning absolyut suyuqlanish temperaturasining 0,70-0,95 qiymatidan olishni tavsiya etadi. Malumki, qizdirish temperaturasi zarur temperaturadan past bo'lsa, metall plastikligi ham past bo'ladi. O'ta qizdirilsa, donlari yiriklashadi, sirt yuzasi uglerodining kuyishi oksid pardalar hosil bo'lishiga olib keladi. Qizdirish tezligining haddan tashqari ortishi sirt yuzalari bilan ichki qatlamlar temperaturalari tafovuti hisobiga termik kuchlanishlar,qayta kristallanish temperaturalarida fazalar o'zgarganda strukturaviy kuchlanishlar ham hosil bo'ladi. Bu kuchlanishlarning qo'shilishi natijasida zagotovkaning deformasiyalanishida bazan darz ketishga olib kelishi mumkin. Ayniqsa bu hol issiqlikni yomon o'tkazadigan, murakkab shaklli yirik zagotovkalarni qizdirishda katta xavf tug'diradi. Shu sababli bunday zagotovkalarni fazalar o'zgarish temperaturasiga sekin bir tekisda qizdirish kerak. Keyin esa tezroq qizdirish mumkin, chunki bu temperatura sharoitida metall plastikligining ortishi xavf tug'dirmaydi. 16-rasmda metallarni qizdirib bosim bilan ishlashda ishlash temperaturasiga ko'ra donlar o'lchamining o'zgarishi grafik ravishda sxematik ko'rsatilgan. Ishlov berishdan avval zagotovka donlar o'lchami a bo'lgan deylik. Bu zagotovkani zarur temperaturagacha qizdirib, uni shtamp bo'shlig'iga o'tkazamiz. Malumki, bu vaqt ichida zagotovka bir oz soviydi. Uni egri chiziq bo'yicha belgilaymiz. Bu temperaturada donlar o'lchami hali birmuncha qattiqligicha qoladi. Dastlabki ishlovdagi zarb zagotovka donlarini maydalaydi. Lekin bunda sarflangan kinetik energiyaning bir qismi issiqlikka o'tishi sababli zagotovka temperaturasi pasaymay, bir oz ko'tariladi va buni d- chiziq bo'yicha belgilaymiz. Keyingi zarbgacha uning temperaturasi bir oz pasayadi va uni Сu egri chiziq bo'yicha belgilaymiz. Agar bosim bilan ishlov berish ж temperaturada tugallansa, uning donlari з o'lchamli bo'ladi. Biroq, ishlov berish davom ettirilganda har bir zarb ishlovdan keyin donlar o'lchami temperatura o'zgarishida IK, LM, NO egri chiziqlar bo'yicha o'zgara boradi. Binobarin, donlar o'lchami ham o'zgara boradi. Demak, zagotovkalarni yuqori temperaturada bosim bilan ishlansa, uni kutilgan shaklga keltirish uchun kamroq mehnat saroflansa-da, lekin donlar yirikroq bo'ladi va aksincha. Shuning uchun metallarni bosim bilan qizdirib ishlashda ularni qizdirish temperaturasi, qizdirish tezligi, shu temperaturada tutish vaqtini belgilashda yuqorida qayd etilgan masalalarga etibor berish lozim. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling