M a ' r u z a №9 Metallarni bosim bilan ishlash asoslari. Metallarni bolg‘alash


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana15.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1271988
1   2   3   4   5
Bog'liq
M A \' R U Z A № 9

QIZDIRISH QURILMALARI 
Metallurgik va temirchilik korxonalarida zagotovkalarni zarur temperaturagacha qisqa vaqtda 
bir tekis qizdirish uchun foydalaniladigan qizdirish qurilmalari zarur rejimga oson rostlanishi, aniq 
kuzatilishi, metall ximiyaviy tarkibining o'zgarmasligi, arzon ёqilg'ilarda ishlashi kabi talablarga 
javob berishi kerak. Qizdirish qurilmalari alangali pechlar va elektr qizdirish qurilmalariga 
ajratiladi. Alangali pechlar yuqorida qayd etilgan asosiy talablarga to'la javob bermasada, 
universalligi, yani ularda turli kattalikdagi zagotovkalar qizdirishi sababli temirchilik 
korxonalarida keng tarqalgan. 
1. 
A l a n g a l i p e ch l a r. Bu pechlarga quduq tipidagi regenerativ va rekuperativ, 
metodik va kamerali pechlar kiradi. 


a) q u d u q t i p i d a g i p e ch . Bu pechlardan yirik va uzun quymalarni bosim bilan 
ishlash (masalan,prokatlash) oldidan zarur temperaturagacha qizdirishda foydalaniladi, bu tipdagi 
zamonaviy pechlar avtomatik ravishda ishlaydi. 
Yonish mahsulotlari issiqligidan regeneratorlarni qizdirishda foydalaniladigan pechlarga 
regenerativ pechlar deyiladi. 
7.5-rasm. Quduq tipidagi rekupirativ pech yacheykasining sxemasi: 
1-rekuperator, 2-gaz truba, 3- kanallar, 4-qopqoq, 5-quymalar, 6-gorelka.
Agar yonuvchi gaz va havoni qizdirishda foydalanilsa, rekuperativ pechlar deyiladi. Bunday 
pechlarda yoqilg'i 15-20 % tejaladi. 7.5-rasmda quduq tipidagi rekuperativ pechning bir 
yacheykasi keltirilgan. Pechga quymani kiritish uchun pech qopqog'i 4 ko'tarish krani bilan olib 
qo'yiladi. So'ngra unga quymalar 5 kiritilib qopqoq yopiladi. Keyin rekuperatorlarda qizdirilgan 
yonuvchi gaz va havo trubalari orqali gorelka 6 ga uzatiladi va gorelka mundshtukidan chiqishi 
bilan ёqiladi. Yonish mahsulotlari esa pechning yonidan kanallar 3 orqali rekuperatorlar 1 ga 
o'tadi. 
K a m ye r a l i p e ch l a r. Bu pechlar qattiq, suyuq yoqilg'i va gazda ishlaydi, ularda 
qizdiriluvchi zagotovkalar yoqilg'i bilan bevosita munosabatda bo'lmay, balki yonish mahsulotlari 
issiqligi tasirida qiziydi. Pech kamerasida temperatura taxminan bir xil bo'ladi. 7.6–rasmda qattiq 
yoqilg'ida ishlaydigan bunday pechning sxemasi keltirilgan. Yoqilg'i yonish kamerasi 1 dagi 
olovdon 2 da yoqiladi. Yonish mahsulotlari pechning qizdirish kamerasi 3 orqali pechga 
yuklangan zagotovkalarni qizdirib mo'ri 4 orqali tashqariga o'tadi. Zagatovkalar zarur 
temperaturagacha qizdirilgach, shu temperaturada malum vaqt saqlab turilib, keyin ishlash uchun 
yuklash darchalari orqali olinadi. Bu pechlarda ajraluvchi gazlar bilan qariyib 50 % gacha issiqlik 
atmosferaga chiqadi. Shu sababli F.I.K. 15-35 % oralig'ida bo'ladi. Pechlarning F.I.K. ni oshirish 
maqsadida bir necha kameralarni bir karkasga yig'ib, ko'p kamerali pechlar hosil qilinadi. Ular gaz 
yoki mazutda ishlaydi. 



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling