M a ‘ ruza №2 kartoshka, sabzavot, mevalar kimyoviy tarkibining umumiy ta’rifi reja: Konservalar tayyorlanadigan meva-sabzvaotlarning kimyoviy tarkibi


Download 164.5 Kb.
bet8/14
Sana12.10.2023
Hajmi164.5 Kb.
#1699950
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
2-mavzu

Glikozidlar. Glikozidlar turli kimyoviy moddalar (spirtlar, alьdegidlar, fenollar va hokazo) bilan birikgan uglevodlardan (geksoza va pentoza) iborat.
Glikozidlar suvda eriydi. Ferment yoki kislotalar ta’siri ostida ular gidrolizlanadi va quyidagi tarkibiy qismlarga ajraladi: qand va noqand komponent – aglyukon. Glikozidlar xossalari uning tarkibiga kirgan aglyukonga bog‘liq. Ko‘plab glikozidlar meva va sabzavotga maxsus maza, hid va rang beradi.
Glikozidlarga gidrolizlanadigan oshlovchi moddalar, antotsian, amigdalin, solanin, gesperidin, naringin, vaksinin va b. guruxiga mansub ranglovchi moddalar kiradi.
Amigdalin. Bu gensiobioza va aglikondan hosil bo‘lgan glikozid, tarkibiga benzoy alьdegidi va sinilь kislotasi kiradi, umumiy ko‘rinishi quyidagicha



Bunda R – uglerodradikali.
Amigdalindanaklimevaningurug‘idabo‘ladivaungaachchiqbodomgamansubta’mvahidniberadi. Amigdalinbo‘lganjoydauniparchalovchikompleks

ferment – emulьsin bo‘ladi. Inson organizmida gidrolizlanib amigdalin zaharli sinilь kislotasini ajratadi.
C20H27NO11 + 2H2O 2C6H12O6 + C6H5CHO + HCN
Colanin. Solanin ba’zi sabzavot (tomat, baqlajon) va kartoshkada uchraydi. Turli sabzavot tarkibidagi solaninning kimyoviy tarkibi turlicha.
Solanin kartoshkaning po‘stloq va unga yaqin qatlamida yig‘ilib unga taxir ta’m beradi. Kartoshka solaninining tarkibiga (C45H71NO15) qandlar: ramnoza, galaktoza, glyukoza - va fenantren hosilasi bo‘lgan uch yadroli aromatik birikmalar turkumidan bo‘lgan aglyukon solanidin (C14H10) kiradi.
Botanik etuklikka etgan baqlajonlarda ba’zan solanin M tufayli aniq seziladigan taxir ta’m paydo bo‘ladi. Uning formulasi C31H51NO12 bo‘lib solanidin C21H33NO va galaktoza bilan ramnoza qoldiqlaridan tashkil topgan.
Tomatda solanin miqdori oz (0,004-0,008%), shuning uchun unda va undan qayta ishlab chiqilgan mahsulotda taxir ta’m yo‘q.
Gesperidin. Gesperidinssitrus mevalarda bo‘ladi. U R-vitamin kompleksi tarkibiga kiradi. Gidroliz vaqtida gesperidin ramnoza, glyukoza va glyukon gesperitin (S16N14O6) -ga parchalanadi.
Naringin. Naringin pishmaganssitrus mevalarning po‘stlog‘i, po‘stlog‘ osti oq tolasimon qatlami (alьbedo) va etida bo‘lib ularga taxir ta’m beradi. Meva etilgan sari naringin peroksidaza fermenti ta’siri ostida parchalanadi, undan glyukoza, ramnoza va taxir ta’mi bo‘lmagan aglyukon naringinen (C15H12O5) hosil bo‘ladi.

Download 164.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling