va boshqalar.
asl shakli va m a’nosini aniqlash bo'yicha izlanishlar olib boriladi.
Etimologiya tilshunoslikning juda qadimiy sohasi b o ‘lib, eram izdan
awalgi davrlarda yashagan filosof va filologlar ham so‘zlaming kelib chiqish
tarixi bilan shug‘ulianganlar. Etimologiyada so‘zlaming haqiqiy va birinchi
asl m a’nolari, shakllari til tarixi ham da boshqa tillardagi shu so‘z to ‘g ‘ri
kelgan o‘zakka ega bo‘lgan so‘zlar bilan qiyoslash asosida aniqlanadi. Bunda
so‘zlarning kelib chiqish tarixi, m a’nosi chuqur tahlil qilinadi.
Tilshunoslikda yangi so‘zning kelib chiqish tarixini o'rganish, aniqlash
nisbatan oson, lekin eski so‘zlarning etimologiyasini, ya’ni qachon paydo
bo'lgani va qaysi tildan olinganini, uning dastlabki m a’no anglatish xusu-
siyatlarini tahlil qilish ancha murakkabdir. Biror so‘zning kelib chiqishini
aniqlashda mazkur so'zning boshqa tillardagi tovush strukturasi va m a’nolari
bilan qiyoslanadi. Lekin bu jarayon ham har doim aniq natija beravermaydi.
Chunki b a ’zan so‘zlarning tashqi shakli, tovush tarkibi bir-biriga yaqin
bo'Isa ham , ularning m a’nolari turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘pgina
adabiyotlarda bitik so‘zining xitoy tilidagi yozuv cho ‘tkasi m a’nosidagi bi
so‘zi bilan bog‘lab talqin qilinadi.
M ahm ud Koshg‘ariyning XI asrda maydonga kelgan filologik «Devonu
lug‘otit turk» asarida bitik terminining uch m a’nosi qayd qilingan: 1. Kitob.
Do'stlaringiz bilan baham: