62
qоrindа оg‘riqlаr bo‘lishidir. Ko‘pinchа bu kаsаllik mе’dа,
jigаr
kаsаlliklаri bilаn birgа kеchаdi. Surunkаli qаbziyatlаr kеksа оdаmlаrdа
to‘g‘ri ichаk shilliq pаrdаsining tushib qоlishigа, gеmоrrоygа оlib
kеlishi mumkin, shuning uchun ko‘p kuchаnmаslik, qаbziyatlаrning
оldini оlish lоzim. Xrоnik kоlitni dаvоlаshdа yog‘li, qоvurilgаn,
o‘tkir оvqаtlаrni chеklаsh zаrur.
Pаrhеzdа mеvа, sаbzаvоtlаr, minеrаl
suvlаr, spаzmоlitiklаr vа ichni yumshаtuvchi, o‘tlаrdаn
tаyyorlаngаn
qаynаtmаlаr bеrilаdi.
IV.3.11. Yo‘g‘on ichak raki
Qari bemorlarda yo‘g‘on ichak rakining klinik kechishi va
davolash. Yo‘g‘on ichak raki klinik holati – anatomofiziologik
o‘zgarishlar bilan birga to‘g‘ri ichak raki boshqa lokalizatsiyasidagi
raklar orasida 6–7-o‘rinda turadi, barcha o‘sma kasalliklari orasida
esa 4–5 % ni tashkil qiladi. Ichaklardagi barcha o‘smalar
orasida esa
birinchi o‘rinni egallaydi (70–80%).
To‘g‘ri ichak rakiga olib keladigan kasalliklarga to‘g‘ri ichakdagi
surunkali yallig‘lanish jarayonlari (proktitlar, yaralar), gemorroyning
asoratlari – yoriqlar, oqmalar va asosiy poliplar kiradi.
Diagnostika. To‘g‘ri ichak rakini aniqlashda ko‘p qo‘llaniladigan
va oddiy usullardan biri bu to‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirish
usulidir. To‘g‘ri ichakni barmoq bilan
tekshirishda bemor qorniga
yotgan, yon tomonga yotib tizzalarini bukkan yoki tizza-tirsak holatida
o‘tkaziladi. Barmoq bilan o‘smani aniqlashning iloji bo‘lmaganda,
cho‘kkalab o‘tirgan holatda tekshiriladi.
Operatsiyadan oldingi parvarish. Kolostoma qo‘yishga qaror
qilishda yordam va bemorning roziligi olinadi. Operatsiyadan ol-
din kolostoma haqida tushuntirish ishlarini olib borish zarur.
Operat-
siyadan oldingi instruktaj va kolostomani, o‘zi parvarish qilish
bo‘yicha tushuntirishlarni bemorning operatsiya va kasallik haqidagi
bezovtaliklari, shifokorning tushuntirishlarini
hisobga olgan holda
hamda bemorning qat’iyati va kolostomani parvarish qilishga tayyor-
garligini hisobga olgan holda olib borish kerak.
Bemor kolostomani parvarish qilish haqida tasavvurga ega bo‘lishi
uchun uning jismoniy holatini va tayyorgarligini hisobga olgan holda
videotasvirlar ko‘rsatish, mulyajlar yordamida xomashyo ko‘rsatiladi.
63
Yosh o‘tishi bilan ko‘rishning pasayishi, qo‘l va barmoqlar deformatsiyasi
sababli bemorlar operatsiyadan keyingi kolostomani qo‘yishga ishonchli
va hatto operatsiyaning o‘zini o‘tkazishga qat’iyatini yo‘qotishlari
mumkin. Shuning uchun tibbiy xodim bemorning oilasi bilan birgalikda
bemorning qat’iyatini mustahkamlashga harakat qilib, bemorni bezovta
qiladigan muammolarni birin-ketin hal qilishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: