M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»
Ko‘rish buzilishi bo‘lgan qari bemorlarda
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
qariyalarda hamshiralik parvarishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inyeksiya profilaktikasi va HFKni kengaytirishda ko‘rsat malar
Ko‘rish buzilishi bo‘lgan qari bemorlarda
hamshiralik parvarishi Xavfsizlik muhitini ta’minlash. Bemorga xavfsiz muhitni ta’min- lashda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: Bemorning krovati, vannaxonasi va hojatxonasi tez yordam – chaqirish uchun qo‘ng‘iroqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Qari odamning xonada yiqilib ketmasligi uchun baland osto- – nalar, oyoq tagida turli simlar va boshqa predmetlar, gilamda burmalar bo‘lmasligi lozim. Qari bemorning tez yurishi va yugurishining oldini olish. – Qari bemorlarning oyoq kiyimi qulay, poshnasi sirpanmaydigan – bo‘lishi kerak. Hamshiraning o‘zi oyoq kiyimining polda sirpa- nishini tekshirib ko‘rishi kerak. Koordinatsiyasi buzilgan va holsizlangan bemorlarni ushla- – gichlar, tayanch ushlagichlar, yurish uchun moslamalardan foydalanishga o‘rgatish. Vaqtivaqti bilan ko‘zoynaklar holatini (oynalar holatini) va – ularning bemorning ehtiyojlariga mosligini tekshirib turish (okulist maslahati). Inyeksiya profilaktikasi va HFKni kengaytirishda ko‘rsat malar Odam tashqi ma’lumotning 80% ni predmetning tashqi ko‘rinishi va o‘lchami, harakati, rangi va ularning turliligini ko‘rish sezgisi or- qali qabul qiladi. Ko‘rish sezgisi odam faoliyatida juda muhim o‘rin 87 egallaydi. Shuning uchun qari bemor HFKni kengaytirish jarayonida turli xarakterdagi xavf rivojlanishi mumkin. Ptoz, ko‘z to‘r pardasi heyronlarining kamayishi, ko‘rish asabi funksiyasining pasayishi hamda qarilik sababli ko‘rish maydonining qisqarishi natijasida bir ko‘rishda olinadigan ma’lumot hajmini kamaytiradi. Shuning uchun yurish hajmini kengaytirish maqsadida olib borilayotgan choralar vaqtida yo‘lda qoldirilgan predmetlar tufayli baxtsiz hodisalar xavfi yuqori bo‘ladi. Ko‘rish maydonining o‘zgarishiga predmetning o‘lchami va joyning yoritilganligi ta’sir qilishini hisobga olib, qari odamning yorug‘likka sezgirligini oshiradigan sharoitlarni ta’minlash usullarini ishlab chiqish kerak. Bundan tashqari, harakatlanayotgan predmetlarni ko‘rishning pa- sayishi natijasida obyektning harakatlanish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, uni ko‘rish shuncha qiyin bo‘ladi. Keyinchaiik, faollik doirasini uy tashqarisida kengaytirish jarayonida transport ko‘p bo‘lgan yo‘llar- ning o‘tish joylarini hisobga olish kerak. Qari odamlarda kontrastlanuvchi ranglarni qabul qilish sezgisining o‘zgarishiga moslashish ham ko‘p vaqtni talab qiladi. Ayniqsa, qari odam yorug‘ joydan qorong‘i joyga o‘tganda ularda ko‘rish informatsiyasining sustlashishi tufayli qorong‘ulikka ko‘nikishigacha xavf tug‘ilishi mumkin. Shuning uchun bunday bemorlar uchun qulayliklar yaratish kerak, masalan, shu kungacha krovati yonida portativ tualetdan foydalanganlar uchun, yurish hajmi ko‘paytirilganda hojatxonagacha borishda yaxshi yoritilgan bo‘lishi kerak. Rangni ko‘rish qobiliyati pasayishining xarakterli belgisi yaxshi yoritilmagan joyda ranglarni yaxshi ajrata olmaslik hisoblanadi. To‘r pardada 3 xildagi kolbachasimon hujayralar mavjud: ko‘k, yashil va qizil. Ko‘k kolbachasimon hujayralar sezgilarining pasayishi oqibatida sariq rang oqish rangdek qabul qilinadi. To‘q ko‘k va qora ranglar qiyin ajratiladigan bo‘lib qoladi. Ko‘z gavharidagi qarish jarayoni natijasida qisqa to‘lqinli spektorning ranglari (binafsharang, ko‘k, yashil) ajratish qiyinroq bo‘lib qoladi. Aksincha, qizil, olov ranglarni qari odamlar yaxshi ajratishadi. Yuqorida keltirilganlarga xulosa qilgan holda bemorning muhitiga xavfdan himoya qilish belgilari bilan birga yoritish darajasi, ranglarni ishlatishni ham hisobga olish va bemorga xavfsizroq muhit yaratib berish kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling