M. F. Ziyayeva, M. D. XoDjasheva QaRiyaLaRDa haMshiRaLik paRvaRishi Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Uchinchi nashr toshkent «niso poligraf»


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/133
Sana03.12.2023
Hajmi2.82 Kb.
#1799528
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   133
Bog'liq
qariyalarda hamshiralik parvarishi

IV.3.10. Xrоnik kоlit
Xrоnik kоlit – yo‘g‘оn ichаkning surunkаli yallig‘lаnishi bo‘lib, 
kеksа оdаmlаrdа 60 yoshdаn kеyin ko‘p uchrаydigаn kаsаllik 
hisоblаnаdi. Аsоsiy klinik bеlgisi qаbziyat, mеtеоrizm, ich kеtishi, 


62
qоrindа оg‘riqlаr bo‘lishidir. Ko‘pinchа bu kаsаllik mе’dа, jigаr 
kаsаlliklаri bilаn birgа kеchаdi. Surunkаli qаbziyatlаr kеksа оdаmlаrdа 
to‘g‘ri ichаk shilliq pаrdаsining tushib qоlishigа, gеmоrrоygа оlib 
kеlishi mumkin, shuning uchun ko‘p kuchаnmаslik, qаbziyatlаrning 
оldini оlish lоzim. Xrоnik kоlitni dаvоlаshdа yog‘li, qоvurilgаn, 
o‘tkir оvqаtlаrni chеklаsh zаrur. Pаrhеzdа mеvа, sаbzаvоtlаr, minеrаl 
suvlаr, spаzmоlitiklаr vа ichni yumshаtuvchi, o‘tlаrdаn tаyyorlаngаn 
qаynаtmаlаr bеrilаdi.
IV.3.11. Yo‘g‘on ichak raki
Qari bemorlarda yo‘g‘on ichak rakining klinik kechishi va 
davolash. Yo‘g‘on ichak raki klinik holati – anatomo­fiziologik 
o‘zgarishlar bilan birga to‘g‘ri ichak raki boshqa lokalizatsiyasidagi 
raklar orasida 6–7-o‘rinda turadi, barcha o‘sma kasalliklari orasida 
esa 4–5 % ni tashkil qiladi. Ichaklardagi barcha o‘smalar orasida esa 
birinchi o‘rinni egallaydi (70–80%).
To‘g‘ri ichak rakiga olib keladigan kasalliklarga to‘g‘ri ichakdagi 
surunkali yallig‘lanish jarayonlari (proktitlar, yaralar), gemorroyning 
asoratlari – yoriqlar, oqmalar va asosiy poliplar kiradi.
Diagnostika. To‘g‘ri ichak rakini aniqlashda ko‘p qo‘llaniladigan 
va oddiy usullardan biri bu to‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirish 
usulidir. To‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirishda bemor qorniga 
yotgan, yon tomonga yotib tizzalarini bukkan yoki tizza-tirsak holatida 
o‘tkaziladi. Barmoq bilan o‘smani aniqlashning iloji bo‘lmaganda, 
cho‘kkalab o‘tirgan holatda tekshiriladi.
Operatsiyadan oldingi parvarish. Kolostoma qo‘yishga qaror 
qilishda yordam va bemorning roziligi olinadi. Operatsiyadan ol-
din kolostoma haqida tushuntirish ishlarini olib borish zarur. Operat-
siyadan oldingi instruktaj va kolostomani, o‘zi parvarish qilish 
bo‘yicha tushuntirishlarni bemorning operatsiya va kasallik haqidagi 
bezovtaliklari, shifokorning tushuntirishlarini hisobga olgan holda 
hamda bemorning qat’iyati va kolostomani parvarish qilishga tayyor-
garligini hisobga olgan holda olib borish kerak.
Bemor kolostomani parvarish qilish haqida tasavvurga ega bo‘lishi 
uchun uning jismoniy holatini va tayyorgarligini hisobga olgan holda 
videotasvirlar ko‘rsatish, mulyajlar yordamida xomashyo ko‘rsatiladi. 


63
Yosh o‘tishi bilan ko‘rishning pasayishi, qo‘l va barmoqlar deformatsiyasi 
sababli bemorlar operatsiyadan keyingi kolostomani qo‘yishga ishonchli 
va hatto operatsiyaning o‘zini o‘tkazishga qat’iyatini yo‘qotishlari 
mumkin. Shuning uchun tibbiy xodim bemorning oilasi bilan birgalikda 
bemorning qat’iyatini mustahkamlashga harakat qilib, bemorni bezovta 
qiladigan muammolarni birin-ketin hal qilishlari kerak.

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling