Kolostomani qo‘yish joyining ahamiyati. Kolostomani qo‘yish
joyini hal qilish teridagi burmalar borligi va boshqa sabablar tufayli
qiyinlashishi mumkin. Shuning uchun bu masala operatsiyagacha hal
qilinishi kerak.
O‘z-o‘zini parvarish qilish uchun sharoit yaratish kerak, bemor
turgan, o‘tirgan, yotgan holatlarida o‘z qo‘llari bilan harakatlanish
qobiliyatini hisobga olish kerak. Kolostomani tanaga oson yopishtirish
mumkin bo‘lgan joyini tanlash.
Operatsiyadan keyingi parvarish. Kolostoma bo‘lganda o‘z-o‘zini
parvarish ko‘nikmalariga o‘rga tish va oila hamda parvarish qiluvchi
shaxslarning birgalikdagi harakatining zarurligi. Obyekt qari bemor
bo‘lishiga qaramay o‘z-o‘zini erta parvarish qilish uchun sharoit
yaratib, uni shunga stimulatsiya qilish kerak.
O‘z-o‘zini parvarish bo‘yicha instruktajning hammasini bir
martada emas, qismlarga bo‘lib, sekinlik bilan olib borish kerak. Agar
bemor parvarish qilishni xohlamay, buni oilasiga qo‘yib bersa, buning
o‘zining sabablari bo‘lishi kerak. Buning sababi uning erinchoqligi,
o‘z-o‘zini parvarish qila olishiga ishonmasligi bo‘lishi mumkin.
Instruktajga bemorni shoshiltirmasdan yetarli vaqt ajratish kerak.
Stoma almashtirilayotganda bemor hammasini buzib qo‘ydim deb
o‘ylamasligi uchun inventarning ifloslanishiga olib kelmaydigan sharoit
yaratish kerak. Agar bemor o‘z-o‘zini parvarish qilishning qandaydir
qismini bajara olmasa, bunda oilasining yordami talab qilinadi.
Bemorga instruktaj oila a’zolari ishtirokida berilishi kerak, chunki
bemor kasalxonadan chiqqandan keyin ular qiyin vaqtlarda yordam
bera olishlari kerak. Bemorning terisi quruq bo‘lganligi sababli terida
muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun bemorga stomani
almashtirayotganda terini ham parvarish qilishi, ya’ni uni avval
yumshoq mato bilan artib, keyin iliq suv bilan yuvish kerakligini
tushuntirish kerak.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |