M. F. Ziyoyeva 1- resðublika tibbiyot kolleji direktori


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/53
Sana20.04.2020
Hajmi1.82 Mb.
#100343
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
Bog'liq
yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya


A va B ðaratiflar klinikasi. Eðidemiologiyasi, ðatogenezi,

morfologiyasi (ðatologik anatomiyasi) va klinikasi jihatidan A va B

ðaratiflar asosan qorin tifiga o‘xshaydi, ammo ayrim o‘ziga xos

xususiyatlarga ham ega. Yakuniy tashxis laboratoriya ma’lumotlariga

asoslangan.

Yashirin davr odatda biroz qisqa (5–10 kun), lekin cho‘zilishi

ham mumkin. Kasallik ko‘ðincha o‘tkir boshlanib, gerðes ðaydo

bo‘lishi mumkin, bu esa qorin tifiga xos emas. Qorinda og‘riq ko‘ð

hollarda xuruj shaklida bo‘lib aððendisit va xolesistitni eslatadi.

Harorat egri chizig‘i noto‘g‘ri tiðda bo‘ladi. Rozeolalar kasallikning

dastlabki davrlaridayoq ðaydo bo‘ladi va juda ko‘ð miqdorda (ayniqsa

B ðaratifda) uchraydi. Òoshmalar ðolimorf (ko‘ð shaklga ega)

bo‘lib, ayrim hollarda teri yuzasidan ko‘tarilgan bo‘ladi. Intoksi-

katsiya sust rivojlanganligi tufayli Status thyðhosus kam uchraydi;

shunga mos ravishda asoratlari ham kam kuzatiladi. Ba’zida ich ketadi.

Bundan tashqari B ðaratif kasalligi qisqa davom etishi (hamma

davrlarining qisqaligi) bilan xarakterlanadi. U ko‘ðincha o‘tkir


167

MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari

gastroenterit ko‘rinishida kechadi yoki shu sindrom ðaydo bo‘lishi

bilan boshlanadi, tifga xos bo‘lgan belgilar esa shundan keyin

rivojlana boshlaydi.

Paratiflar nisbatan yengil kechib, bunda kasallik asoratlari va

o‘lim hollari kam uchraydi.

Òashxisi. Òif-ðaratif kasalliklarini aniqlash eðidemiologik ma’lu-

motlarni hisobga olgan holda klinik va laboratoriya tekshiruvlari

natijalariga asoslangan.

Qorin tifiga tashxis qo‘yishda qonning umumiy manzarasini

aniqlash katta ahamiyatga ega. Kasallikning birinchi 2–3 kunida

unchalik yuqori bo‘lmagan leykositoz kuzatilishi mumkin. Kasallik

avj olgan davrda 30–35% bemorlarda leykoðeniya uchraydi. 55–60%

hollarda normositoz kuzatiladi. Deyarli barcha hollarda trombosi-

toðeniya aniqlanadi. Kasallik og‘ir o‘tganda anemiya kuzatiladi,

ECHÒ odatda normada (ayrim hollarda ko‘tarilgan) bo‘ladi. Siydikda

og‘ir hollarda intoksikatsion xarakterga ega bo‘lgan albuminuriya va

silindruriya kuzatiladi.

Òif-ðaratif kasalliklarida qon, siydik, najas va o‘t suyuqligi

bakteriologik tekshiriladi.

Òashxis qo‘yishda qo‘llaniladigan eng ishonchli laboratoriya

tekshirish usullaridan biri – qonni ekish (gemokultura)dir. Bemorda

tana harorati ko‘tarilgan vaqtda kasallikning istalgan kunida tek-

shirish uchun qon olish mumkin. Gemokulturada ijobiy natijalarni

oshirish maqsadida monelik qiluvchi holatlar bo‘lmaganda qon

olishdan 15–20 minut oldin teri ostiga 1 ml 0,1% li adrenalin erit-

masi yuboriladi.

Kasallikning birinchi haftasida venadan steril shðris bilan 10 ml

qon olinadi, keyingi davrlarda 15–20 ml qon olinib, bemor yotog‘i

oldida oziq muhitga 1:100 nisbatda (oziq muhiti bu nisbatdan kam

bo‘lganda qon kasallik qo‘zg‘atuvchisiga bakteritsid ta’sir ko‘rsatishi

mumkin) ekiladi. Bir necha marta isitmalayotgan bemorlarni

tekshirishda laboratoriyaga sitrat qon yuboriladi. Buning uchun

germetik yoðilgan va oldindan sterillangan 1 ml 40% li natriy sitrat-

ning steril eritmasi bo‘lgan ðenitsillin flakonchalariga 9 ml qon sðirt

bilan tozalangan tiqinni teshish yo‘li bilan kiritiladi.

Ekmaning dastlabki natijasi odatda 2–3, yakuniy natija esa 5–10

kundan so‘ng olinadi.

Najas ekmasi (korðokultura) ko‘ðincha kasallikning ikkinchi

haftasida o‘tkaziladi. Buning uchun steril yog‘och shðatel yoki shisha



168

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

tayoqcha bilan tuvakdan 2–3 g najas olinadi va steril bankalarga

solinadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar qoldig‘i qolmasligi uchun

tuvak issiq suvda yaxshilab yuviladi. Najas bevosita Ploskirev, Levin

va boshqa muhitlarga ega bo‘lgan Petri kosachalariga ekiladi. O‘suv-

chanlikni oshirish uchun keyingi vaqtda ayrim mualliflar najas

olish oldidan bemorga ich suradigan moddalar (25 mg magniy

sulfat) berishni tavsiya qiladilar.

Korðokulturaning ijobiy natijalari kasallikning 2–3-haftalarida

olinadi.


Siydikni ekish (urinokultura). Siydik kasallikning ikkinchi

haftasidan boshlab bevosita muhitlarga ekiladi. Yot flora (mikroblar)

tushmasligiga rioya qilgan holda steril idishga 20–30 ml siydik yig‘iladi.

Duodenal zond yordamida olingan o‘t suyuqligini ekish (bilikul-

tura) uchun uni steril ðrobirkalarga yig‘iladi. Bemordan tana harorati

normaga tushganidan 8–10 kun keyin olingan hamma ðorsiyalar

(A,B,C) 0,5 ml differensial muhitlarga ega bo‘lgan Petri kosachasi

hamda 1–2 ml oddiy bulyonga ekiladi.

Serologik tekshirishlar uchun quruq steril ðrobirkalarga venadan

3–5 ml qon olinadi. Qon tindirilgandan va sentrifugaga qo‘yilgandan

so‘ng zardob boshqa ðrobirkaga olinadi va +4°C haroratda muzlat-

gichda saqlanadi. Reaksiya kasallikning birinchi haftasining oxiri –

ikkinchi hafta boshidan qo‘yiladi, chunki bu davrda qonda kasallikka

qarshi antitelolar ðaydo bo‘ladi.

Hammaboð sodda usul – Vidal reaksiyasidir. Bu reaksiyaning

mohiyati tif-ðaratif kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar qon zardo-

bida sðetsifik antitelolar – agglyutininlarni aniqlashdan iborat.

Kasallik dinamikasida titrning oshib borishida 1:200 nisbatda suyul-

tirilgan zardobdan boshlab reaksiya ijobiy hisoblanadi.

Qorin tifida bilvosita gemagglutinatsiya reaksiyasi (BGAR) Vidal

reaksiyasiga nisbatan sezgir va sðetsifik hisoblanadi. BGARning

tashxis titri 1:160 ga Vi antigen bilan 1:40 – 1:80 va undan ortiq

nisbatga teng.

Eksðress-tashxis. Immunoflyuoressensiya usuli tarkibida tif-

ðaratif mikroblari bo‘lgan materialni sðetsifik flyuoressensiyalovchi

zardoblar bilan ishlov berishga asoslangan. Antigenning antitelolar

bilan o‘zaro ta’siri natijasida luminessent mikroskoðiyada yorug‘-

lanuvchi komðleks kuzatiladi (ijobiy natija). Natija reaksiya qo‘yil-

ganidan 10–12 soat o‘tgach olinadi.


169

MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari

Xulosa qilib shuni ta’kidlash zarurki, tif-ðaratif kasalliklarining

tashxisi bakteriologik yoki serologik tekshirish usullari natijalari

bilan tasdiqlanishi mumkin. Lekin ayrim hollarda tashxis faqat klinik va

eðidemiologik ma’lumotlarga asoslangan holda ham qo‘yilishi mumkin.

Davolash. Òif va ðaratif kasalliklarida yotoq rejimi, ðarhez va

etiotroð moddalar asosiy ahamiyatga ega.

Bemor shifoxonaga yotqizilishi shart. Unga normal haroratning

kamida 7–10-kunlarigacha qat’iy yotoq rejimi tayinlanadi.

Parhez ovqatlar to‘la qimmatli, kaloriyali, vitamin va oqsillarga

boy hamda ichakda yarali jarayonlar mavjudligi tufayli qirg‘ichdan

o‘tkazilgan va kletchatkasi chegaralangan bo‘lishi kerak. Ovqat kam

ðorsiyalarda berilishi zarurligini e’tiborga olib bemorni tez-tez

ovqatlantirish lozim. 2-ðarhez tavsiya etiladi. Bemorlarni shifoxona-

dan chiqarishdan 5–7 kun oldin 15-ðarhezga o‘tkaziladi. Bemor

isitmalayotgan davrda vitaminlar komðleksi (askorbin kislota

sutkasiga – 900 mg gacha, B

1

 va B



2

 vitaminlar 9 mg, RR – 60 mg,

R – 300 mg) tayinlanadi.

Etiotroð davolash. Levomitsetin – bemorlarni davolashda asosiy

antimikrob ðreðarat hisoblanadi. Uni 0,5–0,75 g dan sutkasiga 4

mahal normal tana haroratining 10–12-kunigacha beriladi. Òana

harorati normaga tushgandan so‘ng ðreðarat miqdori biroz kamay-

tiriladi (sutkasiga 0,5 g dan 3 mahal). Noxush belgilar ðaydo

bo‘lganda (ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq) ðreðarat

shamchalar tarzida yoki levomitsetin suksinat (sutkasiga mushak

orasiga 0,7 g dan 3 mahal) qo‘llanadi. Bu foyda bermasa yoki monelik

qiluvchi omillar (ðsoriaz, ekzema, qon ishlab chiqaruvchi a’zolar

faoliyatining ðasayishi) mavjud bo‘lsa va bemor ðreðaratni qabul

qila olmasa amðitsillin 1–1,5 g dan sutkasiga 4–6 mahal normal tana

haroratining 10–12-kunigacha ichishga buyuriladi. Mushak orasiga

0,5 g dan 6 soat oralig‘ida amðitsillin yuborish mumkin.

Qo‘zg‘atuvchining antibiotiklarga chidamliligida kuniga 1–2

tabletkadan 2 mahal baktrim (biseðtol) beriladi.

Organizmni dezintoksikatsiya qilish uchun venaga tomchilab 5%

li glukoza, Ringer eritmasi, natriy xloridning izotonik eritmasi

(500–1000 ml dan) hamda boshqa eritmalar tayinlanadi. Qorin

tifining og‘ir shakllarida antibiotiklar bilan birga kortikosteroidlar

(ðrednizolon, gidrokortizon) buyuriladi, ular qisqa kurslar bilan

(5–7 kun) beriladi.



170

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Antibiotiklardan keyin vaksina yuborish residivlarning oldini

olishda juda foydali hisoblanadi. Vaksina yuborishning bir necha

usullari mavjud (teri ostiga, teri ichiga va elektroforez yo‘li bilan).

Vaksinoteraðiya vaqtida organizmni ultrabinafsha nurlar bilan

umumiy nurlantirish maqsadga muvofiqdir. Vaksinani qo‘llagandan

keyin residivlar soni 3–4 marta, surunkali bakteriya tashuvchanlik

esa 2 martaga kamayadi.

Ichakdan qon ketganda bemorga tinch holat yaratilib, qorin

sohasiga muzli xaltacha qo‘yiladi. Shuningdek, qon quyilib (75–100

ml), venaga natriy xloridning 10% li eritmasidan 10 ml, vikasolning

1% li eritmasidan 1 ml, aminokaðron kislotaning 5% li eritmasidan

100–200 ml gacha yuboriladi. Qon ketgandan keyin dastlabki 10–

12 soat davomida bemor ovqatlantirilmaydi, unga faqatgina suyuqlik

va sharbatlar berish mumkin bo‘ladi. So‘ngra jele, kisel, saryog‘

tavsiya qilinadi.

Ichak teshilganda zudlik bilan oðeratsiya qilish kerak bo‘ladi.

Infeksion ðsixoz rivojlangan taqdirda mushak orasiga 1–2 ml

2,5% li aminazin, 4 ml 0,5% li novokain eritmasi, 1 ml 1% li

dimedrol va 10 ml 25% li magniy sulfat bilan yuboriladi. Bemor

bezovtalanganda bu aralashmani 6 soatdan keyin yana yuborish

mumkin. Bemorga alohida ðost tashkil qilinadi.

Kasallik residivi vaqtida 5–7 kun davomida levomitsetin yoki

amðitsillin bilan davolash kursi o‘tkaziladi.

Rekonvalessentlar to‘liq klinik sog‘ayishdan, axlat va siydik tif-

ðaratif mikroblari guruhiga uch marta, o‘t suyuqligi esa bir marta

bakteriologik tekshirilib ijobiy natija olinmagan taqdirda hamda

antibiotiklar bilan davolaganda tana harorati normaga tushgandan

kamida 21–23 kun, antibiotiklar bilan davolanmaganda esa 14

kundan keyin Vi-agglutinatsiya reaksiyasi ijobiy bo‘lmagan taqdirda

shifoxonadan chiqariladi. Axlat va siydikni birinchi bakteriologik

tekshirish antibiotiklar to‘xtatilgandan 2 kun keyin, keyingilari 1–

2 kunlik interval bilan, o‘t suyuqligi esa normal tana haroratining

10- kuni o‘tkaziladi.

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Òif-ðaratif

kasalliklari ðrofilaktikasida umumiy sanitar-gigiyenik tadbirlar

muhim rol o‘ynaydi. Bu tadbirlarga quyidagilar:  aholi ðunktlarining

sifatli ichimlik suvlari bilan ta’minlanishi, kanalizatsiyalar tashkil

qilinishi, ðashshalarni yo‘q qilish, shaxsiy gigiyena qoidalariga,


171

MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari

xususan ovqatlanishdan oldin doimo qo‘lni yuvish kabilarga munta-

zam ravishda rioya qilish kiradi. Kanalizatsiyalarni tozalash va

axlatlarni zararsizlantirish bo‘yicha nazorat o‘rnatish hamda aholi

orasida ichak infeksiyalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish

katta ahamiyatga ega.

Infeksiya o‘chog‘ida kasallik qo‘zg‘atuvchisi tarqalishiga yo‘l

qo‘ymaslik uchun bemor yoki bakteriya tashuvchisi shifoxonaga

yotqizilguniga qadar joriy dezinfeksiya o‘tkaziladi. Shifoxonaga

yotqizilgandan keyin yakunlovchi dezinfeksiya qilinadi.

Bemor bilan aloqada bo‘lganlar 21 kun davomida tibbiy nazorat

ostida bo‘lishlari zarur. Bunda ularning tana harorati har kuni

o‘lchab boriladi. Bir marta, ko‘rsatmalar bo‘yicha esa – ikki marta

najas va siydik bakteriologik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ilgari qorin tifi

bilan og‘riganlar hamda jigar va o‘t  yo‘llari kasalliklari bilan

og‘riydigan kishilarda o‘t suyuqligi ekma qilinadi va qon BGAR ga

tekshiriladi.

Sðetsifik ðrofilaktika assosiatsiyalangan vaksinalar yordamida

o‘tkaziladi. Vaksina kurak terisi ostiga 1 ml miqdorda yuboriladi.

Nazorat savollari

1. Òif-ðaratif kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilari haqida gaðirib bering.

2. Òif-ðaratif kasalliklarida ichakda qanday anatomik o‘zgarishlar

kuzatiladi?

3. Òif-ðaratif kasalliklarining xarakterli klinik belgilarini gaðirib

bering.

4. Qorin tifi hamda A va B ðaratiflarning o‘xshashligi va farqi



nimada?

5. Padalka simðtomi nima?

6. Òif-ðaratif kasalliklarida qanday asoratlar kuzatiladi?

7. Òif-ðaratif kasalliklarida qanday laboratoriya tekshirish usullari

qo‘llanadi?

8. Nima uchun tif-ðaratif kasalliklarida qat’iy yotoq rejimi va

ðarhez tayinlanadi?

9. Òif-ðaratif kasalliklarida davolash va ðarvarish qilish xusu-

siyatlari qanday?

10. Òif-ðaratif kasalliklarining sðetsifik ðrofilaktikasi qanday

o‘tkaziladi?


172

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

Botulizm (botulismus)

Botulizm – botulizm bakteriyalari va ularning toksinlari natijasida

yuzaga keladigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, markaziy nerv

sistemasining o‘choqli xarakterga ega bo‘lgan og‘ir shikastlanishi

belgilari bilan namoyon bo‘ladi.

Etiologiyasi. Botulizm qo‘zg‘atuvchilari – Clostridium botulinum

hisoblanadi. U tayoqchasimon shaklda bo‘lib, 0,6–0,9 mkm katta-

likka ega. Xivchinlari mavjudligi tufayli harakatchan, qat’iy anaerob

(faqat kislorod bo‘lmagan muhitlarda o‘sadi) bo‘lib, sðora hosil

qiladi, tashqi muhitga juda chidamli. Uning 7 ta serologik turlari farq

qilinadi – A,B,C,D,E,F va G. Barcha turlari morfologik va kultural

xossalari jihatidan o‘xshash. Ammo shulardan birortasiga nisbatan

hosil bo‘lgan anatoksin qolganlari ta’siridan himoya qila olmaydi.

Odam uchun A,B va E turlari ayniqsa ðatogen hisoblanadi. Botulizm

bakteriyasining vegetativ shakllari juda kuchli zahar – ekzotoksin

hosil qiladi. 1 ml ekzotoksin oq sichqonlar o‘limiga sabab bo‘ladigan

miqdordan 1–3 mln tasiga ega (odam uchun o‘limga sabab bo‘ladigan

miqdor 0,3 mkg ni tashkil qiladi). Botulotoksin qizdirilganda

buziladi, 100°C da qaynatilganda toksin faolligini juda tez yo‘qotadi.

Osh tuzining eng yuqori konsentratsiyasi ham toksinning buzili-

shiga sabab bo‘la olmaydi. Formalin ta’sirida u anatoksinga aylanadi.

Botulizm mikroblari noqulay tashqi muhit sharoitiga tushganda

sðoralar hosil qiladi, sðoralar tashqi muhitning noqulay sharoitiga

juda chidamli bo‘lib, ular qaynatganda 5 soatgacha, 105°C da esa 2

soatgacha chidaydi, 120°C dagina 20 minutdan keyin o‘ladi. Sðo-

ralar quritilganda bir yilgacha saqlanishi mumkin. Botulizm qo‘zg‘a-

tuvchilari tuðroqda yashaydi va u yerdan suv, sabzavotlar, mevalar

va oziq-ovqatlarga tushadi. Sðoralar anaerob sharoitida, masalan, uy

sharoitida noto‘g‘ri konservalaganda vegetativ shakllarga aylanadi va

ekzotoksin ishlab chiqaradi. Ekzotoksin odamning ichak shirasi

ta’sirida buzilmaydi.

Eðidemiologiyasi. Botulizmda uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar

hamda baliqlar infeksiya manbai hisoblanadi. Hayvonlar ichagidan

kasallik qo‘zg‘atuvchisi ekskrementlar (najas, siydik) orqali tuðroq

va suvga tushadi, u yerda sðoralarga aylanadi hamda uzoq vaqt

saqlanadi. Botulizm qo‘zg‘atuvchilarining vegetativ shakllari va

sðoralari bilan barcha qishloq xo‘jalik hamda oziq-ovqat sanoati



173

MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari

mahsulotlari: kolbasa, dudlangan go‘sht, go‘shtli va baliqli hamda

sabzavotli konservalar ifloslanishi mumkin. Qo‘zg‘atuvchi odam

najasida ham toðilishi mumkin. Odatda qo‘zg‘atuvchining o‘zi odamda

kasallik chaqirmaydi. Zaharlanish vujudga kelishi uchun oziq-ovqat

mahsulotlarida qo‘zg‘atuvchi ko‘ðayishi va botulotoksin hosil qilishi

kerak. Botulotoksin esa kasallik chaqiradi.

Ko‘ðincha odam botulizm qo‘zg‘atuvchisi bakteriyalari va tok-

sinlari bilan ifloslangan har xil oziq-ovqat  mahsulotlari: kolbasa,

vetchina (dudlangan cho‘chqa go‘shti) va boshqalarni iste’mol qilishi

natijasida zaharlanadi. Botulizm bilan kasallanish holatlarining ko‘ði

uyda konservalangan mahsulotlar – qo‘ziqorinlar, sabzavotlar,

baliqlar va boshqalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq. Ayniqsa konser-

valashda tuðroq zarralaridan yaxshi tozalanmagan qo‘ziqorinlarni

ishlatish juda xavflidir. Yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlar dastlab

yaxshilab tozalanmasa hamda termik ishlov berish qoidalari buzilsa

sðoralar hosil bo‘ladi va ekzotoksinlar ishlab chiqiladi. Zararlangan

konservali bankalar odatda shishib ko‘tariladi (bombaj) va bunday

konservalar iste’mol uchun yaroqsiz hisoblanadi. Botulizm bilan

kasallanish sðoradik va katta bo‘lmagan guruhlar orasida aniqlanishi

mumkin. Bir guruh kishilarda botulizm kasalligining bir vaqtda

uchrashi botulizm bilan zararlangan mahsulotning bir necha

kishilar tomonidan iste’mol qilinishi bilan tushuntiriladi.

Patogenezi va ðatologik anatomiyasi. Botulizm ðatogenezida

toksin asosiy rol o‘ynaydi. Òoksin odam organizmiga oshqozon-ichak

yo‘llari orqali tushadi. Botulotoksin hazm yo‘llari fermentlari

ta’sirida buzilmaydi. Botulizmning E turdagi qo‘zg‘atuvchisi kam

zaharli bo‘lgan ðrotoksin ajratib chiqaradi, bu ðrotoksin hazm

shirasi tarkibidagi triðsin ta’sirida toksinga aylanadi va uning

zaharliligi 10–100 baravargacha oshadi. Òoksin oshqozon va ichak

shilliq ðardalari orqali so‘rilib qon oqimiga tushadi. Òoksin ta’sirida

qon tomirlari birdaniga torayadi va keyinchalik kaðillar mo‘rtligi

oshadi. Qondan toksin ichki a’zolarga kiradi, ayniqsa orqa va uzun-

choq miya motoneyron (harakatlantiruvchi neyron)larining botu-

lotoksinga sezgirligi juda katta bo‘lib, bu falajlik bilan namoyon

bo‘ladi.


Katta miqdordagi botulotoksin bosh miya to‘qimalari nafas

olishining buzilishiga olib keladi. Bunda harakatlantiruvchi nerv

oxirlari zararlanadi va skelet mushaklari, ko‘krak qafasi, diafragma,


174

Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va  ðarazitologiya

halqum, hiqildoq va ko‘zni harakatlantiruvchi mushak funk-

siyalarining buzilishi tashqi nafas olishning izdan chiqishiga sabab

bo‘ladi. Halqum, hiqildoq va nafas mushaklari falajlanishi natijasida

yutinish va nafas olish buziladi, bu esa ikkilamchi infeksiya sabab

bo‘ladigan asðiratsion ðnevmoniyaga olib keladi. Bemor odatda

nafasning falajlanishi tufayli o‘ladi.

Botulizmdan o‘lgan  odamning a’zo va to‘qimalaridagi ðatologo-

anatomik o‘zgarishlar sðetsifik  bo‘lmaydi. O‘likni yorib ko‘rganda

o‘ðka, jigar, taloq, buyrak va oshqozon-ichak yo‘llarida ko‘ðlab

mayda qon quyilishlar va degenerativ o‘zgarishlar kuzatiladi. Bosh

miya to‘qimalari, ayniqsa uzunchoq miyada ganglioz hujayralar

zararlanadi. Miya tomirlarida endoteliyning nekrotik o‘zgarishlari va

tromblar toðiladi. Ko‘krak qafasi, qorin devori va qo‘l-oyoq mu-

shaklari hamda miokardda mushak tolalari shishgan bo‘lib, ko‘n-

dalang chiziqlari yo‘qoladi.

Klinikasi. Yashirin davri 12–18 soatni tashkil qiladi, lekin ayrim

hollarda 6 soatgacha qisqarishi yoki 6 kungacha cho‘zilishi mumkin.

Yashirin davrning davomliligi organizmga tushgan toksin miqdoriga

bog‘liq: toksin qancha ko‘ð miqdorda organizmga tushsa, yashirin

davr shuncha qisqa bo‘ladi va kasallik klinikasi og‘ir o‘tadi. Kasallik

klinikasida qator sindromlar farqlanadi (gastrointestinal, umum-

toksik va falajlik). Kasallik o‘tkir boshlanadi. Bemorni eðigastral

sohadagi og‘riq bezovta qiladi (ðilorosðazm), ko‘ngil aynishi, qayt

qilish va ich ketishi kuzatiladi. Ich ketishi bir kundan oshmaydi va

suvsizlanish rivojlanmaydi. Ko‘ngil aynishi va qayt qilish ham bir

sutkagacha davom etadi. Keyinchalik oshqozon-ichak yo‘llari ðarezi

(yarim falajlanish) kuzatiladi, bu ich qotishi bilan namoyon

bo‘ladi. Ko‘ðchilik bemorlarni bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, og‘iz

qurishi bezovta qiladi. Òez charchash kuzatiladi. Òana harorati odatda

normada bo‘ladi, kam hollarda ko‘tarilishi mumkin. Kasallik bosh-

langandan 1–2 kun o‘tgach, nevrologik belgilar qayd etiladi.

Oftalmoðlegik belgilar ko‘ðincha botulizmning dastlabki tiðik

belgilari hisoblanadi. Bemor yaqindan xira ko‘radi, ko‘z oldida

«tuman» yoki «to‘r» ðaydo bo‘ladi. Keyinchalik narsalar ikkita bo‘lib

ko‘rinadi (diðloðiya). Diðloðiya ko‘zni harakatlantiruvchi mushak-

larning birortasining ðarezga uchrashi tufayli vujudga keladi.

Yaqindan xira ko‘rishning sababi esa akkomodatsiyaning falaj-

lanishidir. Qovoqlar osilib qolib, ular ko‘tarilmaydi (ðtoz). Ko‘z


175

MAXSUS QISM. I. Ichak infeksiyalari

qorachiqlari kengayadi: ko‘ðincha bir ko‘zning qorachig‘i ikkin-

chisinikidan kattaroq bo‘ladi (anizokoriya), g‘ilaylik kuzatiladi,

qorachiqlarning yorug‘likka akkomodatsiyasi (moslashishi) yo‘qo-

ladi. Yutish va gaðirish erta buziladi.

Ko‘ð hollarda yumshoq tanglay falaji kuzatiladi, bemor suyuq-

likni yutishga harakat qilganda u burnidan oqib tushadi.

Hiqildoq mushaklari falaji dizartriya – nutqning buzilishiga olib

keladi, keyinchalik bemor gaðlari tushunarsiz bo‘lib qoladi, tovushi

ðasayadi va ayrim hollarda esa umuman chiqmaydi (afoniya).

Halqum mushaklari falajlanishi – bemorda disfagiya – yutishning

buzilishiga olib keladi; bunda nafaqat qattiq, balki yarim suyuq

ovqatlarni ham yutish qiyinlashadi.

Mimika, chaynov, bo‘yin, qo‘l mushaklari ham holsizlanishi va

ularning ðarezi kuzatilishi mumkin. Og‘ir hollarda nafas mushaklari

yetishmovchiligi kelib chiqadi. Sezish odatda buzilmaydi, es-hush

saqlangan bo‘ladi.

Yurak-qon tomirlar sistemasida tomir urishining tezlashishi,

giðotoniya, yurak tovushlari bo‘g‘iqligi hamda EKG da yurak

mushaklarining diffuz o‘zgarishlari kuzatiladi.

Kasallik yakunida nafas funksiyasining buzilishlari yaqqol ko‘-

rinadi, bu esa qovurg‘alararo va diafragma mushaklari ðarezi (chala


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling